Mavzu. Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Dunyoni idrok etishda falsafiy dunyoqarashning o‘ziga xosligi


Download 358.98 Kb.
bet5/13
Sana22.11.2023
Hajmi358.98 Kb.
#1793633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-MAVZU

Dunyoni idrok etishda falsafiy dunyoqarashning o‘ziga xosligi


Falsafiy dunyoqarash ham o‘zining maxsus xususiyatlariga ega. Chunki, u nazariy tomonlarga ko‘proq e’tiborni qaratadi. Falsafiy dunyoqarash olam, inson, jamiyat, tabiat haqidagi umumiy tasavvurlar va savollarga javob berishga intilgan jarayondir. Bu birinchidan, ikkinchidan esa falsafiy dunyoqarash insoniyatning milliy va umuminsoniy qadriyatlarini hisobga olib fan sifatida shakllangan. Shu ma’noda falsafaning predmeti haqida so‘z yuritganda, e’tibor berilsa, dunyoqarash ta’rifi bilan aloqada ekanligini sezish qiyin emas. Falsafiy dunyoqarash oldingi tahlil qilingan dunyoqarashlardan yana shu tomoni bilan farq qiladiki, olam va uning turli jihatlari haqida fikr yuritganda muammolarning qo‘yilishi, ularni yechish usullari, predmeti, vazifasi butunlay boshqachadir. Shu bilan bir qatorda, falsafiy dunyoqarashda umumiylik va ilmiylik ham mavjud. Falsafiy dunyoqarashda, diniy
dunyoqarashdan farqli o‘laroq, uning obyekti borliq, inson, jamiyat, zamon, vaqt muammolari bo‘lib, ularga aniq dalillar yordamida yondoshib tushuntirishga intilinadi.
Falsafiy dunyoqarash jamiyat a’zolarini loqaydlikdan toza- lashga harakat qiladi. Barcha shaxslarning hayotiy muammolarini yechib yashashga chorlaydi. Hayot qiyinchiliklarini, undagi ziddiyatlarni oldini olishga yordamlashadi. Shu ma’noda, ilmiy falsafa insonlar faoliyatida katta ahamiyatga ega. Sababi, ilmiy falsafa inson faoliyati haqida dalilli falsafiy fikrlarni o‘rtaga qo‘yadi. Uning yashashi mohiyatini yoritadi.
Ilmiy falsafaning markazida inson va jamiyat, tabiat yotadi. Ayniqsa, insonning yaratuvchi kuch ekanligini e’tirof etadi. Ilmiy falsafa olamning yaratilganligini, shu haqidagi g‘oyalarni inkor qilishga intiladi. «Dunyoviy aql», «Dunyoviy mutloq ruh», «Mutloq g‘oya»lar to‘g‘risidagi fikrlarni inkor qiladi. Chunki, ular, ilmiy falsafiy dunyoqarash tarafdorlarining fikricha, ilohiyotni bo‘rtirgan holda talqin qiladilar. Ilmiy falsafa o‘z faoliyatida, olam, undagi barcha jarayonlar, predmetlar doimiy harakatdagi materiyaning mahsuli ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Olam o‘z qonuniyatlari asosida taraqqiy etadi, deb targ‘ib qiladi. Ilmiy falsafa bilan shug‘ullanuvchilar diniy ta’limotlardagi olam va odamni xudo yaratgan degan fikrni tanqid qiladi.
Ilmiy falsafa olamni bilish, uni xarakterlash mumkin, deb mulohaza qiladi. Insonning aql idrokini cheksiz, deb biladi. Ilmiy falsafa, falsafa yaratgan nazariy bilimlardan xulosa qilgan holda, barcha hodisalarning o‘zaro munosabatini, aloqadorlik va bog‘lanishlarni mantiqiy tafakkur yordamidan anglash mumkin, deb biladi. Ilmiy falsafaning ijobiy xususiyatlaridan yana biri shuki, u nazariya va amaliyotni birlikda tahlil qiladi. Ularni bir – biridan ajratmaydi. U ana shu birlik, aloqadorlik tamoyiliga amal qiladi.
Falsafiy dunyoqarash tafakkurlash jarayoniga e’tiborni qaratadi. Insonni ijod qilishga chaqiradi va shu bilan birga o‘z mavzusini boyita boradi. Falsafiy dunyoqarashda insonning odob – axloqiga, qad- riyatlariga jiddiy e’tibor beriladi. Falsafiy dunyoqarashda milliylik bilan umuminsoniylik mujassamlashgan. Falsafiy dunyoqarash orqali fikr yuritish oliy darajadagi umuminsoniy faoliyatlarni qadriga yetish ham demakdir. O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tmishda alloma
faylasuflar tomonidan aytilgan va ma’naviy meros qilib qoldirilgan falsafiy fikrlarda, da’vatlarda umuminsoniylik xislatlari mujas- samlashganki, ular o‘z mohiyati jihatidan axloq va tarbiyaviy jihatlar negizini tashkil qiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, inson faoliyatida dunyoqarash muhim ahamiyatga ega. Shu sababli hozirgi zamonda O‘zbekiston fuqarolari, ayniqsa, yoshlari yangicha fikrlashlari, yangicha dunyoqarashga ega bo‘lishlari davr talabidir. Hayot to‘xtab qolmas ekan, inson faoliyati ham, jamiyat faoliyati ham o‘zgarib boradi. O‘zbekistonda huquqiy demokratik, adolatparvar jamiyat qurilar ekan unda yashaydigan barcha insonlar hayot imkoniyatlaridan bahramand bo‘lishga haqlidirlar. Buning uchun o‘zbek xalqi yangi falsafiy dunyoqarash bilan qurollangan bo‘lishi lozim. Bu dunyoqarash sobiq sovet tuzumi dunyoqarashidan mutloqo farq qilishi-sifat jihatidan yangilanishi tabbiiy bo‘lishi kerak. Ma’lumki, Sobiq tuzumda ko‘p fikrlilik, hur fikrlilik uncha ham qo‘llab- quvvatlanilmagan. Tashabbuskorlik, ijodkorlik qilgan shaxslar shubha ostiga olinar edi. Ijod va tashabbuskorlik bilan dunyoga kelgan fikr va amaliy faoliyatlar ming chig‘iriqdan o‘tkazilgan. O‘tganda ham byurokratlar, amaldorlar qo‘lida yillab yotar edi. Inson tafakkuri nazar-pisand qilinmasdi. Dunyoqarash yagona kom- munistik mafkuraga bo‘ysundirilgan edi. Shu sababli insonlar tor dunyoqarash doirasida fikr yuritar edilar. Falsafaning milliylik jihatlari haqida baralla fikr yuritganlar «partiya va hukumatga» qarshi bo‘lib chiqar edilar. Sobiq tuzim yemirilganda bunday yon- doshishlarning loyqa jihatlari ko‘zga tashlandi. Respublikadagi ilg‘or fikrlilar marksistik falsafa hayotni buzib talqin qilganligini seza boshladilar. Hatto onda sonda ba’zi fikri tor odamlar falsafadan voz kechish kerak, degan xom-xayollarni o‘rtaga qo‘yib, o‘z milliy falsafasini ham o‘sha falsafaga qo‘shib qo‘yaqoldilar. Bunday yondoshish nonko‘rlik bo‘lar edi. Asrlar davomida shakllangan falsafaga “xanjar” urilardi. To‘g‘ri, markscha - lenincha falsafani muqaddas g‘oyaga, hatto, diniy holatga tushirib qo‘yilgan edi. Ammo, bundan to‘g‘ri xulosa qilish zarur. Demak, falsafaga yangicha yondoshish davr talabidir.

Download 358.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling