Mavzu. Falsafafanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli


Diniy dunyoqarashning shakllanishi


Download 358.98 Kb.
bet4/13
Sana22.11.2023
Hajmi358.98 Kb.
#1793633
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-MAVZU

Diniy dunyoqarashning shakllanishi


Afsonaviy dunyoqarashga nisbatan aniqroq bo‘lgan dunyo- qarash bu diniy dunyoqarashdir. Diniy dunyoqarash o‘zining hayotiyligi bilan farq qiladi. Diniy dunyoqarshda xudo bilan inson faoliyati ko‘proq o‘rin olgan. Ammo borliqdagi barcha mavjudot, harakat voqealarni diniy dunyoqarash ham qamrab olgan. Demak, diniy dunyoqarash deganda, voqelik taraqqiyoti ilohiy kuch, ya’ni xudoga bog‘lab ifodalanishi tushuniladi. Zero, bu dunyoqarashda barcha tabiiy va ijtimoiy hodisalar mohiyatini ichki ziddiyat va o‘zaro munosabatlardan emas balki Ollohning qudrati natijasidan izlanadi. Mo‘’jizaviy kuchga intilish paydo bo‘ladi. Diniy munosabatlar ko‘proq diniy kitoblar Qur’oni Karim, Hadislar, Tavrot, Zabur, Injilda o‘z aksini topgan. Diniy dunyoqarash ham to‘satdan paydo bo‘lmagan. Yakkaxudolik dinidan avval kishilar fetishizm (narsalarga e’tiqod) sehrgarlik, totemizm, animizm kabilarga sig‘inganlar. Dinning kelib chiqishi haqida turli fikr va qarashlar bo‘lgani singari, diniy dunyoqarshning ham kelib chiqishi haqida turlicha yondoshuvlar mavjud. Ba’zi birovlar diniy dunyoqarashning to‘la shakllanishini sinfiy jamiyatlarning paydo bo‘lishi bilan
bog‘laydilar. Ba’zilar esa uni abadiy bo‘lgan, deb e’tirof etishadi. Jumladan, quldorlik jamiyatini paydo bo‘lishi bilan poleteizm, xalq, millat dinlari paydo bo‘lib, feodalizm davrida esa jahon dinlari, buddizm (VI-V eramizgacha), xristianlik (eramizning I - asrida) islom (eramizning VII asri) kelib chiqqan. Diniy dunyoqarash diniy e’tiqodga asoslanadi. Bu degani ilohiy mavjudotlarning mavjudligini e’tirof etish va unga ishonishdir. Masalan, diniy ta’limotlar diniy e’tiqodi o‘ta kuchli bo‘lgan kishilar tomonidan madh etilgan va etilib kelinayotir. Diniy fikrlarning barchasi Allohning nomi bilan bog‘langan. XI asrda (ba’zi adabiyotlarda 1119-yil, ba’zida 1136-yil, yana birida 1145-yilda tug‘ilgan deb ko‘rsatiladi) yashab ijod etgan shayx shoir va mutafakkir Muhammad Farididdin ibn Ibrohim shayx Attori Nishopuriyning «Ilohiynoma» asarining qanday boshlanib yozilganiga e’tiborni qaratsak, diniy e’tiqodning salmog‘ini sezamiz. Chunki olim har bir hikoyatning boshlanishida Ollohga hamdu- sanolar aytib, o‘z fikrni davom ettirgan.
Diniy dunyoqarash ko‘proq dindorlar uchun o‘ta muqaddas bo‘lib hisoblangan va yuqorida keltirilgan mulohazalar sifatida asarlaridan o‘rin olgan.Diniy e’tiqodning tarixi ham juda uzoqlarga borib taqaladi. Diniy e’tiqod deganda faqat yakka xudolik emas, balki ko‘p xudolik kabi boshqa turdagi sig‘inishlar ham nazarda tutiladi (fetishizm, sehrgarlik, totemizm, anamizm kabi). Fetishizm - (portugal’cha fetishizm - volshebstvo) ibtidoiy jamiyatda paydo bo‘lgan. Madaniy taraqqiyotning pastligi natijasida shakllangan bo‘lib, o‘sha davr talabidan kelib chiqgan. Insonlar narsalarda ham ijtimoiy holat faoliyatini izlaganlar. Tabiiy kuchlar narsalarda ham rivojlanadi, deb taxmin qilganlar va shu tabiiy narsalarga sig‘in- ganlar. Qadimgi davrlarda kishilar fetishizmni shunday tushungan bo‘lsalar-da marksistik ta’limotda uning mohiyati o‘zgartirib tushuntiriladi. Ya’ni u tovar (mol – mulkga kapitalistlarning yondoshishi, deb tushuntirildi. Binobarin, kapitalistlarni tovarga sig‘inishlari boylik manbai), muqaddas bo‘lganligi uchun uni mutloqlashtirildi. Demak, davr o‘zgarishi bilan fetishizm ham o‘z mohiyatini o‘zgartirib borgan.
Sehrgarlikka sig‘inish Avstraliya, Janubiy va Shimoliy Amerika, Afrikada yashovchi qabilalar o‘rtasida keng tarqalgan. Masalan, hayvonlarni ikkiga bo‘lganlar. Toza va toza bo‘lmaganlar.
Ularning talqinida ba’zi hayvonlarni xudo o‘z qudrati bilan saqlagan va ularni ovqat bilan ta’minlagan. Totemizm – (toteman – so‘zidan olingan bo‘lib, hozirgi Shimoliy Amerika hindu qabilalaridan birining nomi). Ibtidoiy tuzum davridagi qadimiy dinlardan biri. Bu so‘z birinchi marta Dj. Longo tomonidan XVIII asrda qo‘llanilgan. Totemizmda ma’lum turdagi hayvon yoki o‘simlik turlari bilan inson guruhlarining aloqasi borligi tushunilgan. Yo‘q bo‘lib ketgan hayvonlar belgilariga, ularning ajdodlariga sig‘inganlar. Emishki, o‘sha o‘tib ketgan turlar insonlarni turli ofatlardan saqlagan.
Animizm – (lat – ruh, qalb) ham ibtidoiy jamoa davrida paydo bo‘lgan. Hodisa va narsalarga, inson faoliyatiga ta’sir etuvchi ruh va his-tuyg‘ularini animizm, deb yuritganlar. Animizmning kelib chiqish sabablari bu tabiiy qiyinchiliklarga bardosh bera olmaslik, ilmiy bilimlarni yetishmasligidir. Tabiatdagi sir-asrorlarni bilmagan kishilar his – tuyg‘u va ruhlarga ishonganlar. Diniy dunyoqarashda insonning his-tuyg‘ulari ko‘proq ahamiyatga ega. Hozirgi davrda dinning insonlarga ta’sirini hisobga olib, uning fan bilan aloqasini ko‘rsatuvchi faylasuflar ham yo‘q emas. Bunday qarash tarafdorlari diniy e’tiqod va fan insonni haqiqatga yetaklovchi sohalar, deb targ‘ib qiladilar. Ularning fikricha, bu sohalar bir – biriga zid emas.



Download 358.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling