Mavzu: Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja: Falsafada metod va qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat


a) Yakkalik, xususiylik va umumiylik


Download 97.87 Kb.
bet31/37
Sana16.03.2023
Hajmi97.87 Kb.
#1278329
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.

a) Yakkalik, xususiylik va umumiylik.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik borliqdagi narsa va hodisalarning har biriga xos alohida, ma’­lum guruhiga xos maxsus va hammasiga xos umumiy tomonlari, xususiyatlari hamda ular o‘rtasidagi bog‘anish va aloqadorlikni ifodalaydi.
Alohida narsa va hodisagagina xos bo‘lib, bu narsa va hodisani boshqa narsa va hodisadan farq qiluvchi, takrorlanmaydigan, individual belgi va xususiyatlar birligi yakkalik deyiladi. Yakkalik alohida narsa va hodisalarni ham, ulardagi alohida tomon, belgi va xossalarni ham aks ettiradi.
Ko‘pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning turlariga hamda tomonlariga) xos bo‘lgan o‘zaro o‘xshash, bir xil, takrorlanuvchi belgi va xususiyatlar birligini aks ettiruvchi tushuncha umumiylik deb ataladi. Umumiylik borliqdagi ko‘pchilik narsa va hodisalarga (yoki ularning tomonlariga) xos bo‘lgan umumiy belgi va xususiyatlarning fikriy in’ikosidir. Umumiylik bir sinf yoki bir turga kirgan narsa va hodisalarni ham ifodalaydi. Chunki borliqda har bir narsa va hodisa boshqa narsa va hodisalar bilan albatta, biror umumiy tomonga, xossaga, belgi va xususiyatga egadir.
Narsa va hodisalarga xos maxsus tomonlar, xusu­siyatlar birligi xususiylik kategoriyasida ifodalanadi. Xususiylik kategoriyasi narsa va hodisalardagi alohidalik va umumiylik kabi tomonlar o‘rtasidagi alohidalikka nisbatan umumiy, umumiylikka nisbatan alohida bo‘lgan tomonlar, belgilar, xususiyatlar va aloqadorliklarni ifodalaydi.
Bir butun borliqdagi hamma narsa va hodisalarga xos bo‘lgan tomonlar, belgi va xususiyatlar eng umumiylikdir. Eng umumiylik hajm jihatdan boshqa kengaytirib bo‘lmaydigan universal tushunchadir. Masalan: Ahmad  odam  tirik mavjudot, nihoyat  materiya  borliq. «Borliq» tushunchasi bu yerda eng umumiylikdir.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik bir-biri bi­lan o‘zaro dialektik munosabatda bo‘ladi. Binobarin, yakkalik bilan umumiylik xususiylik orqali bog‘langan bo‘lib, ular o‘zaro aloqadorlikdadir. Xususiylik yakkaliklardan tashkil topib, umumiylikni alohida­lik bilan bog‘laydi. Umumiylik esa yakkaliklardan ajralgan holda bo‘lmaydi, balki yakkaliklarning umu­miy xususiyatlari, belgilari, tomonlari, bog‘lanishlari shaklida har bir yakkalikning o‘zida mavjud bo‘ladi. Demak, har bir konkret narsa va hodisa yakkalik, xususiylik va umumiylikning birligidan iboratdir.
Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi shundan iboratki, ma’lum sharoitda yakkalik xususiylikka, xususiylik umumiylikka va aksincha, ular bir-biriga o‘tishi mumkin. Ob’ektiv olamda har qanday yangilik dastlab yakkalik sifatida paydo bo‘lib, so‘ngra u o‘sib, rivojlanib xususiylik va umumiylik xarakterini kasb etadi.

Download 97.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling