Mavzu: Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Reja: Falsafada metod va qonun tushunchasi va uning mohiyati. Qonun va qonuniyat
Download 97.87 Kb.
|
Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.
Mohiyat va hodisa.
Mohiyat narsa va hodisalarning ichki, eng muhim o‘zaro bog‘lanishlari, shu bog‘lanishlarning qonuniy aloqadorliklarini ifodalaydi. Hodisa esa shu narsa va jarayonlarni tashkil etuvchi tomonlar, xususiyatlar va bog‘lanishlarning namoyon bo‘lish shakli, mohiyatning ifodalanishidir. Masalan, hamma tirik mavjudotlarning mohiyati ulardagi modda almashish jarayoni bo‘lmasa, tiriklik jarayoni — hayot ham bo‘lmaydi. Modda almashish jarayoni butun hayot jarayonining asosiy mohiyatini tashkil etadi. Lekin bu modda almashuv jarayoni har bir tirik organizmda juda xilma-xil ko‘rinishlarda sodir bo‘ladi. Bu ko‘rinishlar — hodisalar. Mohiyat va hodisa o‘zaro umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu xususiyatlar quyidagilardan iboratdir: 1. Mohiyat ichki aloqalarni, hodisa esa tashqi aloqalarni ifodalaydi. Masalan, inson daraxtning shitirlashini, qushlarning sayrashini eshitadi. Bu hodisalarning sababi turlicha bo‘lsada, ularning mohiyati bittadir, ya’ni havo zarralarining tebranishidir. Biroq inson buni birdan payqay olmaydi. Dastlab u hodisa sifatida yuz bergan narsani faxmlaydi, so‘ng uning mohiyatini bila boshlaydi. Mohiyat narsalarning ichki aloqadorligi bo‘lgani sababli, u chuqur tahlil qilish va izlanish natijasida, amaliyot jarayonida bilib boriladi. Hodisa esa aksincha, hissiy organlar orqali bevosita idrok etiladi. U hissiy organlarimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etib, u yoki bu sezgi va idroklarimizni hosil qiladi. 2. Mohiyat bilan hodisa o‘zaro birlikda bo‘lishi bilan, ular bir-biriga qarama-qarshi ham, shu sababli ular hech vaqt bir-biriga aynan mos kelmaydi. Ularning qarama-qarshiligi borliqdagi narsalarning o‘z tabiatidan kelib chiqadi. Mohiyat hodisada yashirin bo‘ladi va uni bevosita hissiy organlar orqali bilish mumkin emas. Hodisa — narsalarning namoyon bo‘lishi shakli sifatida mohiyat bilan hech vaqt mos kelmaydi. Agar narsalarning namoyon bo‘lish shakli bo‘lgan hodisa mohiyat bilan bevosita mos kelganda edi, u holda har qanday fan ortiqcha bir narsa bo‘lib qolgan bo‘lur edi. Fanning vazifasi borliqning ko‘pdan-ko‘p hodisalari, ularning tashqi tomonlari va belgilari ostida yashirinib yotgan, ularning asosini tashkil qiladigan mohiyatlarni izlab topishdan iborat. 3. Mohiyat nisbatan doimiyligi va barqarorligi bilan hodisadan farq qiladi. Mohiyat va hodisa munosabatini daryoning yuzidagi ko‘piklar va uning ostidagi suvning tez oqimiga o‘xshatish mumkin. Bundagi daryo harakatining yuzidagi ko‘piklar hodisa bo‘lsa, ularning ostidagi suvning tez oqimlari mohiyatdir. Lekin uning ustidagi ko‘piklar ham mohiyatning o‘ziga xos ifodasidir. 4. Mohiyatning nisbiy doimiyligi va barqarorligini, hodisaning o‘zgaruvchanligini mutlaqlashtirmaslik lozim. Chunki mohiyat ham, hodisa ham o‘zgarib boradi. Lekin mohiyat hodisaga nisbatan sekin o‘zgaradi, u ma’lum barqarorlikka ega. Mohiyat va hodisa o‘zaro umumiy tomonlarga ega. Masalan: a) har qanday mohiyat hodisada namoyon bo‘ladi, hodisa esa mohiyatning u yoki bu holda ko‘rinishidir: b) mohiyat va hodisa ob’ektiv xarakterga ega bo‘lib, ular inson ongiga bog‘liq bo‘lmagan holda ham mavjuddir; v) mohiyat ham, hodisa ham doimo o‘zgarishda va rivojlanishda bo‘ladi. Biroq mohiyat va hodisa ziddiyatli xarakterga ham ega. Shu bilan birga, mohiyatning o‘zi ham ziddiyatlidir. Dialektika buyumlarning o‘z mohiyatidagi ana shu ziddiyatlarni o‘rganadi. Dialektikaning mohiyat va hodisa kategoriyalari konkret fanlarning shu sohada erishgan yutuqlarini umumlashtirish asosida doimo boyib, rivojlanib boradi. Ular inson amaliyoti va barcha fanlar yutuqlarini umumlashtirish natijasida kelib chiqqandir. Shu jihatdan mohiyat va hodisa kategoriyalari inson bilimlari tizimining hamma sohalariga tegishli bo‘lib, dunyoni bilishning metodologik vositasi sanaladi. Mohiyat va hodisa bog‘lanishlari fan va amaliyotda ham muhim o‘rin tutadi. Bunda hodisani mohiyatdan ajrata bilish muhim. Mohiyatni hodisadan ajrata bilmaslik nazariya va amaliyotda jiddiy xatolarga olib keladi. Download 97.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling