Mavzu: Falsafiy antropologiya, inson muammosi Reja


Antropologiya nima bilan shug’ullanadi?


Download 51.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana10.11.2023
Hajmi51.9 Kb.
#1762126
1   2   3
Bog'liq
5-mavzu

Antropologiya nima bilan shug’ullanadi? 
Antropologiya inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o’rnini, o’ziga hos 
hususiyatlarini o’rganish bilan shug`ullanadi. Antropologiyada inson mohiyatini 
to’laroq ochish uchun «men», «ong», «shahs», «ruh» tushunchalari qo’llanadi. 
«Men» — insonning o’zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashidir. 
«Men» ong tufayligina o’zini boshqa borliqdan farqlaydi. Boshqa narsalar 
insonga begona voqelik bo’lib tuyuladi. Shahs insonning mustaqilligini ifoda 
etadi. 
Inson o’z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana 
ehtiyojlarini qondirish inson borlig`ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq 
hayotning ma`nosi faqat moddiy ne`matlardan bahramand bo’lish, tanparastlik, 
lazzatlanish, boylikka ruju qo’yishdan iborat emas. Inson ruhi ham o’ziga hos 
oziqqa ehtiyoj sezadi. Shu bois unda ma`rifatparvarlik, odamiylik, odillik, 
rahm-shafqat, diyonat, vijdon, olihimmatlik, vatanparvarlik kabi ma`naviy 
fazilatlar shakllanadi. Yuksak ma`naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-
e`tiqodini mustahkamlaydi. 


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonni ma`naviy-ruhiy 
jihatdan kamol toptirishga qaratilgandir. 
Insonning ma`naviy ehtiyojlarini uning tabiiy-moddiy manfaatlaridan ajratish, 
unga faqat ilohiy mavjudot sifatida qarash ham biryoqlamalikka olib kelishi, 
etilgan ijtimoiy muammolar mohiyatini tug’ri tushunishga halaqit berishi 
mumkin. 
Mamlakatimizda shakllanayotgan milliy G’oya va milliy mafkura insonga 
biryoqlama qarashlarga zid ravishda, undagi moddiylik va ma`naviylikni 
uyg`unlashtirishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyoti kishilarning farovon, boy — 
badavlat, mulkdor, barcha qulayliklarga ega bo’lishini inkor etmaydi. Aksincha, 
ularni tadbirkor, uddaburon va mehnatsevar bo’lishga rag`batlantiradi. Yuksak 
ma`naviyatgina inson ehtiyojlarini oqilona qondirishga, ijtimoiy adolat o’rnatib, 
sahiy va olihimmat bo’lishga undaydi. 
Antropologiya insonning ma`naviy olamiga chuqurroq kirib borish orqali olam 
mohiyatini bilish mumkin, degan G’oyani ilgari suradi. Islom Karimov ta`rifiga 
ko’ra, ma`naviyat (ruh) insonni ahloqan poklaydigan, iymon-e`tiqodini 
mustahkamlaydigan, ezgulikka undaydigan botiniy kuchdir. Yuksak 
ma`naviyatda haqiqiy insoniy mohiyat mujassamdir. Insonning olijanob 
fazilatlari etuk shahslar timsolida o’z aksini topadi. Insonga hos bo’lgan barcha 
hususiyatlar shahs faoliyatida, uning jamiyatda tutgan o’rnida, uning o’z 
moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirishida, muayyan mafkurani amalga 
oshirishida yaqqol ko’rinadi. 
Shahsning shakllanishi va rivojlanishida tarixiy shart-sharoit, ayniqsa, G’oya va 
mafkura muhim o’rin tutadi. Bozor munosabatlariga o’tish davrida vujudga 
kelgan muammo va vazifalar yangi barkamol insonni voyaga etkazishni taqozo 
etdi. Unga hos fazilat va sifatlar Prezident Islom Karimov asarlarida asoslab 
berilgan. 
Bozor iqtisodiyoti inson ehtiyojlarini to’laroq qondirish, uning qobiliyati, 
ijtimoiy faolligini yanada kuchaytirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Bular 
quyidagilardir: 
- mehnatni tashkil etish usul va shakllarining o’zgarganligi; 
- mehnatga yangicha munosabatni rag`batlantirishga yordam beruvchi omillar; 
- o’z qobiliyati, qiziqishlariga mos bo’lgan faoliyat turlarini tanlash 
imkoniyatining yaratilganligi; 


- shahs tadbirkorligi va ishbilarmonligining qo’llab-quvvatlanishi; 
- turli mulk shakllarining vujudga kelganligi; 
- shahs erki va huquqlarining kengayganligi
- davlat va jamoat ishlarida qatnashish imkoniyatlarining yaratilganligi; 
- demokratik qadriyatlar rivoji; 
- ma`naviy meros va madaniyat yutuqlaridan erkin foydalanish imkoniyatining 
yaratilganligi kabilardir. 
Ular shahsning moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini qondirishda, uning komil 
inson sifatida rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Mustaqillik yillarida 
amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson manfaatlari, uning ezgu 
maqsadlari ro’yobga chiqishini ta`minlashga, uning barkamol sifatlar kasb 
etishiga qaratilgandir. Shahs islohot natijalaridan bahramand bo’luvchigina 
emas, balki ularni sobitqadamlik bilan amalga oshiruvchi kuch sifatida ham 
yangilanish jarayonida o’zgaradi, yuksaladi, qadr-qimmat topadi va e`zozlanadi. 
Insonning jamiyatidagi o’rni, qadr-qimmati borasida milliy istiqlol o’z oldiga 
quydagilarni maqsad va vazifa qilib qo’yadi: 
- insonning qadr-qimmatini joyiga qo’yish; 
- inson uchun bahtli hayot sharoitlarini yaratish; 
- insonning o’zligini anglashi, ijtimoiy burch va vazifalarini ado etishi, sog’lom 
avlodlar uzluksizligini ta`minlashi, kelgusi avlodlarga yahshi hotiralar qoldirishi 
va iymon-e`tiqodi butun bo’lishi uchun qulay sharoitlar yaratish. 
Bunday imkoniyatlarni amalga oshirishga halaqit beradigan nuqsonlar ham 
inson tabiati bilan bog’liqdir. Hozirga qadar inson tug’risidagi falsafiy ta`limot 
va qarashlarda, asosan, uning ijobiy hususiyatlariga, yaratuvchanligiga ko’proq 
e`tibor berib kelindi. Keyingi vaqtlarda inson borlig`ining salbiy jihatlari ham 
tahlil qilina boshlandi. 
Mustaqillik yillarida inson tabiatini chuqurroq o’rganish va undagi salbiy 
mayllarni bartaraf etishga yordam beradigan falsafiy qarashlarga ehtiyoj 
vujudga keldi. Shuni ta`kidlash joizki, ayrim kishilar millat, Vatan, halq 
manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me`yorlarni 
poymol etib, ko’proq g`arazli maqsadlarini amalga oshirishga va turli 


ihtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. Shunday niyatlar yo’lida hatto 
jinoiy guruhlarga birlashadilar, jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga 
ega bo’lgan davlat dasturlarini amalga oshirishga to’sqinlik qiladilar. 
Shuningdek, ular milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka rahna soladi, 
ma`naviy-ahloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo’lgan 
ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga etkazishga qarshilik ko’rsatadi. 
Ular turli ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi 
ekstremistlar, korrupsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraho’r, 
terrorchi va shuhratparastlar kabi jamiyat uchun nohush odamlardir. 
Insonni falsafiy bilish va tahlil etishda ana shunday kishilar mavjudligini 
e`tiborga olish muhimdir. Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta`minlashni 
o’z oldiga maqsad qilib qo’yar ekan, bunday kishilarni tarbiyalashga, ularni 
ijtimoiy foydali mehnatga jalb etishga, kishilar ongida milliy manfaat va 
ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida e`tibor beradi. 
Shahs erkinligi va tarixiy zarurat bir-biri bilan uzviy bog’liq tushunchalardir. 
Mamlakatimizning taraqqiyot yo’lida paydo bo’lgan qiyinchilik va muammolar 
mohiyatini anglash shahsni o’z bilimi va mahoratini oshirishga, yuksak 
G’oyalarga sodiq bo’lib yashash va ularni jadal amalga oshirishga undaydi. 
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida inson qobiliyatlari to’laroq namoyon 
bo’ladi. Ijtimoiy tabaqalanish jarayonida kishilarning boy va qashshoq 
guruhlarga ajralishi tabiiy qonuniy jarayondir. O’zbekistonda amalga 
oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim hususiyati — aholining 
muayyan qismining ijtimoiy himoyalanishida, ko’p bolali oilalar, nafaqaho’rlar, 
talabalar va nogironlarning davlat tomonidan himoyalanishida, ijtimoiy 
adolatning qaror topishida yaqqol namoyon bo’lyapti. Kishilarning 
boqimandalik kayfiyati, tafakkur turg`unligidan ozod bo’lishlari, o’zgargan 
yangi iqtisodiy sharoitga moslashishlari, o’z bilimi va mahoratini oshirishlari 
uchun g`amho’rlik qilish iqtisodiy islohotlarning insonparvarlik yo’nalishga ega 
ekanligidan dalolat beradi. Iqtisodiy islohotlar va bozor munosabatlariga o’tish 
sharoitida aholini kuchli ijtimoiy himoyalash tamoyili Prezident I. Karimov 
tomonidan ishlab chiqilgan o’zbek modelining muhim jihatlaridan biridir. 
Inson mohiyatini falsafiy bilish ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Inson 
falsafasi har bir yangi tarixiy davrda inson mohiyati, uning jamiyatda tutgan 
o’rni va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Insonga hos hususiyat 
va fazilatlarni bilish orqali talaba o’zida shunday sifatlarni shakllantirishga 
intiladi. 


Bunday fazilatlar falsafa va boshqa ijtimoiy fanlarni o’rganish va umuman, 
ta`lim-tarbiya jarayonida shakllanadi. Zamonaviy bilim va yuksak insoniy 
fazilatlarni egallash orqali O’zbekistonda ozod va obod jamiyat qurish vazifalari 
uyg`unligini ta`minlashga erishish butun ta`lim-tarbiya ishimizning bosh 
mezoni va uning oldida turgan muhim vazifadir. Jamiyat nima? Insoniyat azal-
azaldan jamoa bo’lib yashaydi. Yer sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy 
Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar 
oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, umumbashariy ma`noda 
jamiyat odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma davri, joy va hududi bilan 
bog’liq barcha o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. 
Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti, sivilizasiyaning 
muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo’llanadi. Har 
qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo’lib, ayrim odam va alohida shahs 
jamiyat a`zosi deb ataladi.
Tayanch tushunchalar 
Jamiyat, ijtimoiy munosabat, ijtimoiy uyushma, davlat, civilizaciya, taraqqiyot, 
milliy davlatchilik, taraqqiyotning o’zbek modeli, jamiyat tarkibi, fuqarolik 
jamiyati, oila. Inson, shahs, individ, antropologiya, inson — biologik mavjudot, 
inson — ijtimoiy mavjudot, inson faolligi, inson qadri, shahs erkinligi, burch, 
inson ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadi, ideallari, inson huquqi, barkamol inson. 

Download 51.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling