ixtisoslashgan Bagam va Kanar orollari, Monako,
Andorra, San-Marino mamlakatlari shular
jumlasidandir.
Fan-texnika inqilobining jahon xo'jaligiga
ta’siri quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
1. FTI ning jahon xo'jaligi rivojlanishining sur’atlariva darajasiga ta’siri: «uchinchi
sanoat inqilobining boshlanishi».
Jahon xo'jaligi XX asrda, ayniqsa, uning ikkinchi yarmida juda yuqori sur’atlar
bilan rivojlandi. XX asr va XXI asrning dastlabki davrida dunyo miqyosida
yaratiladigan YAMD hajmi 15 marta ko'payadi va 34 trln. AQSH dollaridan oshib
ketdi.
Reindustrlashtirish jarayoni monopoliyalarning ahamiyati katta bo`lmoqda.
Shunday monopoliyalarning asosiy shakli - transmilliy korporatsiyadir (TMK).
TMKning asosiy korxonasi 75 ming, uning xorijdagi filiallari 700 mingni tashkil
etsa ham, ularning atigi 400-500 tasi jahon xo`jaligida asosiy o`rin egallaydi.
2. FTI ning jahon xo'jaligining eng muhim nisbatlariga ta’siri: industrlashgan
jamiyatdan industrlashgandan keyingi jamiyatga tomon. Jahon xo‘jaligida XVIII-XIX
asrlargacha agrar ishlab chiqarish hukmron edi. Qishloq xo'jaligi va unga yaqin
tarmoqlar moddiy ne’matlaming asosiy manbai bo`lib kelgan. Iqtisodiy rivojlangan
mamlakatlarda XIX asrning ikkinchi va XX asrning birinchi yarmida sanoat
yetakchiligida industrial ishlab chiqarish shakllandi.
3. FTI moddiy ishlab chiqarish tarkibida katta o'zgarishlarga sabab bo`ldi. U band
aholisining soni 1,5 mlrd. kishini tashkil etuvchi eng muhim tarmoqlar - sanoat va
qishloq xo'jaligi o'rtasidagi nisbatni birinchisining foydasiga o'zgarishiga olib keldi. FTI
Do'stlaringiz bilan baham: |