Chunki, bu bilan odamlar fanning nafaqat
yaratuvchanlik, balki barbod etish imkoniyatining
cheksizligiga ishonch hosil qildirlar. Davlat hamda
xususiy sarmoyadorlar fanni moliyaviy jihatdan
ta’minlay boshladilar va ilmiy-tadqiqot institutlari
miqdori keskin ko‘payib bordi. Ilmiy faoliyati
ommaviy mutaxassislikka aylandi.
Insonning kosmosga chiqishi fan-texnika inqilobining
yana bir muhim bosqichi bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda elektron hisoblash mashinalari fan-texnika inqilobining ramzi sifatida
namoyon bo‘lmoqda. Sababi, inson tobora EHMning zimmasiga mantiqiy funksiyani
ham yuklamoqda va istiqbolda boshqaruv hamda ishlab chiqarishni majmuali tarzda
avtomatlashtirishni ko‘zlamoqda (Noosfera).
Shunigdek, FTI sharoitida sun’iy-kimyoviy mahsulotlarni keng qo‘llanila
boshlanganligini, biotexnologiyaning rivojlanganligini, qishloq xo‘jaligida mineral
o‘g‘itlar hamda pestitsidlardan foydalanish natijasida hosildorlikning oshirilishini
(yashil inqilob) ham ta’kidlash lozim.
FTIning asosiy yo‘nalishalri –
ishlab chiqarishni
, uni nazorat qilish majmuali
avtomatlashtirish; energiyaning yangi turlarini kashf etilishi va foydalanilishi; yangi
materiallar ishlab chiqarish. Biroq, FTI mohiyatan biron-bir alohida yirik ilmiy
kashfiyot yoki ilmiy yo‘nalish va texnik taraqqiyotga bog‘liq bo‘lmaydi. FTI butun
texnologik bazaning hamda ishlab chiqarish usulining qayta qurilishini anglatadi. U
materiallar hamda energetik jarayonlardan foydalanishdan boshlanib, mashinalar
tizimi va tashkil etish hamda boshqaruv shakllari bilan insonning ishlab chiqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |