Mavzu: Fanga kirish. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fanining tarixi va rivojlanish tendensiyalari


Download 0.72 Mb.
bet1/2
Sana23.02.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1223636
  1   2
Bog'liq
1-Mavzu

Mavzu: Fanga kirish. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish fanining tarixi va rivojlanish tendensiyalari

1– Ma’ruza.

Maruzachi: O.Mamatov

  • Umumiy tushunchalar.
  • Sanoat tarmoqlari korxonalarining samaradorligini oshirishda boshqarish tizimini o‘rganish istiqbollari.
  • 2. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish haqida tushuncha.

RЕJA

Dastlabki regulyatorlar


Bug’ mashinasining
maketi
Polzunov tomonidan yartilgan bug’ mashinasining sxemasi
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish – texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarga tobora kengroq kirib borib, fan va texnikani rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi. Shuningdek, avtomatlashtirish avvallo inson boshqarishga qodir bo‘la olmagan yangi, yuqori intensiv jarayonlarni amalga oshirishga, tabiatda ma’lum bo‘lmagan yangi, samarali materiallarni yaratishga imkon beradi.
Texnologik jarayonlarning murakkablashuvi va jadallashuvi zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish faqat mikroprotsessor va boshqaruvchi hisoblash texnikasini qo‘llab, keng avtomatlashtirish natijasida samarali bo‘lishiga olib keladi vaholanki daslab ular juda sodda ko’rinishda edi.

Dastlabki regulyatorlar


Polzunov tomonidan 1765 yilda yaratilgan suv sathi rostlovchi regulyator
1. Boshqarish ob`yekti;
2. Po‘kak - o‘lchash elementi;
3. Tiqin - ijro elementi; 4. Richag.
«Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» fanini o‘qitishdan maqsad, talabalarga texnologik jarayon parametrlarini nazorat qilish usullari va vositalari, axborotlarni masofaga uzatish tizimlari, ob’yektlar, rostlash qonunlari, rostlagichlar, jarayonga ta’sir etuvchi qurilmalar va avtomatik rostlash hamda boshqaruv tizimlari bo‘yicha aniq bilim berish va olingan bilimlarni soha texnologik jarayonlarini avtomatlashtirilgan funksional chizmalarini tuzish va ularni o‘qishda foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘rganish davomida talabalar quyidagilarni bilishlari kerak: texnologik jarayonlar xususiyatlarini tahlil qilish; boshqarish ob’yekti va avtomatlashtirish (boshqarish)ga bo‘lgan talablarni tuzish (shakllantirish); ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirishning sxemasini o‘qish; nazorat qilish va avtomatlashtirishning asosiy vositalarini tanlash.
Uatt tomonidan yaratilgan bug’ mashinasining maketi
Uatt regulyatorining
ko’rinishi
«Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish» fanini o‘rganish oldingi o‘quv kurslarida egallangan «Oliy matematika», «Informatika va axborot texnologiyalari», «Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalar», «Texnik tizimlarni boshqarish», «Ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari va uskunalari» hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tarmoq texnologiyasi va uskunalari kabi bilimlar asosida tashkil qilingan.
Mazkur fanni o‘rganish davomida olingan bilimlar talabalarni mavjud texnologik jarayonlarni yanada chuqurroq tahlil qilishga, shuningdek, talabalarga o‘z ixtisosliklari bo‘yicha mutaxassislik fanlarini nazariy va amaliy jihatdan mukammal egallashida, ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishida, bitiruv ishlarini bajarishida hamda mutaxassis lavozimlarida faoliyat ko‘rsatishlarida foydalidir.
J.Uatt tomonidan 1784 yilda yaratilgan tezlikni rostlovchi markazdan qochma regulyator sxemasi:
1. Tiqin – ijro elementi; 2. Yuk – o‘lchash elementi;
3. Prujina – sezish organi; 4. Mufta.
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish – uzluksiz rivojlanuvchi tizim bo‘lib, u ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari va fan- texnikaning ko‘pchilik sohalari bilan uzviy bog‘langandir. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda yuqori samaradorlikka erishishning bevosita sharti asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalash hisoblanadi. Avtomatlashtirishni rivojlantirish jarayoniga quyidagi ko‘p sonli qonuniy va tasodifiy omillar ta’sir ko‘rsatadi: texnologiya va qurilmaning holati hamda avtomatlashtirishga tayyorgarligi, xom ashyo, yarim mahsulotlar va energetik resurslarning sifati hamda barqarorligi, xodimlarning malakasi, ishchi va mutaxassislar faoliyatini tashkil etish va hokazo.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling