Mavzu: Faoliyat xavfsizligini taminlashning ergonomik ko’rsatgichlarni taxlil qilish
Download 0.86 Mb.
|
Faoliyat xavfsizligini taminlashning
Bosim ostida ishlaydigan qurilma hamda idishlarni ro‘yxatdan o'tkazish va ularni nazorat qilish Hamma bug' qozonlari: 0,7 kgk/sm2 (0,7 ati) dan yuqori bosim va 115°C dan yuqori suv harorati ishlaydigan idishlar “Gosgortexnadzor” qo'mitalarida ro'yxatdan o'tkazilishi zarur. Qurilma yoki idishlar ular qarashli bo'lgan korxona ma’muriyatining yozma arizasi va arizaga ilova qilinadigan tegishli hujjatlar asosida ro'yxatdan o'tkaziladi. Nazorat qo'mitasi ro'yxatga o'tkazilganlik to'g'risidagi javobni hujjatlar olingandan so'ng uzog'i bilan besh kundan keyin berishi kerak. Qurilma va idishlar ishga tushirilishidan oldin va ishga tushirilgandan keyin vaqt-vaqtida texnik ko'rikdan o'tkazib turiladi. Texnik ko'rikdan o'tkazish kamida to'rt yilda bir marta ichki ko'zdan kechirishdan va kamida sakkiz yilda bir marta gidravlik sinovlardan o'tkazishdan iborat. Ko'zdan kechirishni va sinov ishlarini kotlonadzor inspektori korxona vakili ishtirokida o'tkazadi. Qozon, kompressor, avtoklav, bug' va issiq suv trubalari, ballonlami texnik ko'rikdan o'tkazish natijalari hamda ulami ishlatish mumkinligi xaqidagi xulosa va ular uchun yo'l qo'yilgan bosim hamda muddatlar fkevingi texnik ko'rikdan o'tkazilgunga qadar) qurilma yoki idishning pasportiga yozib qo'yiladi va buni ko'rikni o'tkazgan va ularni ishlatishga ruxsat bergan sliaxs o'z imzo bilan tasdiqlaydi. Qurilma yoki idishlar korxona ma'muriyatining yozm a ruxsati asosida ishga tushiriladi. Ularni ishga tushirishdan oldin barcha xizmat ko'rsatuvchi kishilar meditsina ko'rigidan o'tishlari, maxsus o'g'ishlari va bosim ostida ishlaydigan qurilma yoki idishning texnik tuzilishi (o'rnatilishi) hamda ularga xavfsiz xizmat ko'rsatish qoidalari va instruksiyalari yuzasidan olgan bilimlari tekshirilishi kerak. Korxona va qurilishlarda bosim ostida ishlaydigan bug' donlari, idishlami xavfsiz ishlatish uchun ko'pgina tashkiliy-tadbirlar o'tkazilishi lozim. Bu tadbirlar jumlasiga qurilma va idishlarning benuqson holatda bo'lishiga va xavfsiz ishlatilishiga javobgar shaxsni tayinlash, instruktsiyalar sxemalar, smena hamda remont juriallari va boshqa hujjatlar ishlab chiqish va ulami xizmat ko'rsatuvchi kishilarga be-rish kiradi. Qozonlami nazorat qilishda qozonlarni suv rejimiga oid talablami bajarilishiga e ’tibor berish va bu haqda ta’minlash xamda qozon suvlari sifatini nazorat qilish jurnaliga tegishli yozuv yozib qo'yish zarur. O'tirindi va ishlamning qalinligi xaqidagi ma’lumotlar, shuningdek qozonlarni puflash rejimi suv rejimiga oid instruktsiyaga to'g'ri kelish xaqidagi ma’lumotlar remont jurnaliga yozib qo'yiladi. Bug' qozoni qoplamasining va portlovchan klapanlaming holatini, saqlash klapnlari va manometrlar, suv ko'rsatish jihozlari hamda suv sathi signalizatorlari, ozonxonani ta’minlash, yoritish avtomatik regulyatorlarining benuqson ishlanishi muntazam nazorat qilib turishga alohida e ’tibor beriladi.
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling