Mavzu: Faoliyat xavfsizligini taminlashning ergonomik ko’rsatgichlarni taxlil qilish


Download 0.86 Mb.
bet1/7
Sana18.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1212453
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Faoliyat xavfsizligini taminlashning

Mavzu: Faoliyat xavfsizligini taminlashning ergonomik ko’rsatgichlarni taxlil qilish.

  • Tayyorladi:Axmatov K.

REJA:

1.Kirish.

2.Asosiy qism:

a)Faoliyat xavfsizligida yoritishning ergonomik talablari.

b) Ish o'rnini tashkil qilishning ergonomik talablari.

c)Mehnat jarayonida qurilmalarda bosimga qo’yilgan ergonomik talablar.

3.Xulosa.

4.Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH.

  • KIRISH.
  • Ergonomika - mehnatni ilmiy tashkil qilish (NOT)ning bir qismi sifatida hozirgi vaqtda ishlab chiqarishda inson va mashinaning o'zaro ta’siri to'g'risidagi fan tobora muhim o'rin tutmoqda. Bu fan ergonomika deb ataladi (grekcha ergon - ish, nomos - qonun so'zlaridan olingan). Bu fan nisbatan yaqinda paydo bo'lgan, u mehnat jarayonida inson va har xil texnik qurilmalaming o'zaro ta’sirini o'rganadi. Ergonomika ikki asosiy fandan: injenerlik psixologiyasi va texnik estetikadan tashkil topgan. Ergonomika, shuningdek, mehnatda insonning funktsional imkoniyatlaridan foydalanish yo'llarini o'rganadi. mehnat xavfsizligini va mehnat unumining o'sishini ta’minlaydigan, mehnat qilish uchun qulayliklar yaratadigan, insonning ish qobiliyatini oshirishga, kuchi va sog'lig'ini saqlashga yordam beradigan mehnat sharoitlarini ishlab chiqadi. Ergonomika atrof-muhitning insonga ta’sirini tekshiradi, shuningdek, ishchini muhitning zararli va xavfli ta’siridan himoya qilish vositalarini ishlab chiqadi. Ergonomika mehnatni ilmiy tashkil qilishning bir qismi bo'lib, uning vazifasi fan va amaliyotning eng yangi yutuqlari asosida mehnat jarayonlarini takomillashtirishdan, mehnat unumini uzluksiz o'stirib borishdan, mehnat sharoitlarini yaxshilashdan, mehnat madaniyatini oshirishdan iborat. NOT tashkiliy, texnik va iqtisodiy chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish hamda tatbiq etish yo'li bilan amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish muhitining ishchiga ta’sirini o'rganishning asosiy metodi mavjud mehnat sharoitlarini analiz qilish va ushbu sharoitlarga xos bo'lgan ishlab chiqarishdagi shikastlanish sabablarini aniqlashdir. Ish o'rnidagi ob ’ektiv omillarning mehnat xavfsizligiga, inson psixikasiga ta’siri injenerlik psixologiyasi masalalarini o'rganishda ko'rib chiqilgani sababli bu yerda ergonomikaning boshqa qismi - texnik estetika ustida to'xtalib o'tamiz. Texnik estetika texnika sohasidagi badiiy ijodiyot qonunlarixaqidagi fandir. Texnik estetika bu qonunlarni moddiy madaniyat fanlari yaratgan sharoit bilan inson o'rtasidagi o'zaro aloqani shu aloqa amalga oshiriladigan muhitda o'rganish orqali ochib beradi. Boshqacha tushunganda, mehnat jarayonida insonni o'rab turadigan hamma narsa go'zal bo'lishi kerak. Bunga zavoddagi inshootlaming ko'rinishi ham (sanoat arxitekturasi), qo'llaniladigan jarayonlar ham, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish xam, mashina hamda jixozlarning umumiy ko'rinishi va ulaming oson boshqarilishi ham, ishlab chiqarishdagi intererlarning koloristik (estetik) qiyofasi ham ishlatiladigan qurilish materiallari ham kiradi .

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling