Mavzu: faoliyatning o’zlashtirilishi va malakalarni egallash reja


Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni


Download 46.78 Kb.
bet3/8
Sana05.05.2023
Hajmi46.78 Kb.
#1432508
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
FAOLIYATNING O’ZLASHTIRILISHI VA MALAKALARNI EGALLASH 31-MAVZU

Motiv va motivatsiya tushunchasining mazmuni.
Motiv – kishini faoliyatga undaydi va unga mazmun baxsh etadi. Ish–harakat galdagi bitta oddiy vazifani bajarishga qaratilgan, nisbatan tugallangan faoliyatning tarkibi. Faoliyatga qaratilgan maqsad ozmi–ko‘pmi uzoq yoki yaqin bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bu maqsadga erishish odam tomonidan ana shu maqsad sari harakat qilish davomida uning oldida tug‘iladigan qator juz’iy maqsadlarni izchillik bilan hosil qilishdan iborat bo‘ladi. Mоtivаtsiya insоn hulq – аtvоri, uning bоg’lаnishi vа fаоlligini tushuntirib bеruvchi psiхоlоgik sаbаblаr mаjmuini bildirаdi.
Motivatsiya va motivlarning nazariy muammolari.
Jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazardan yondashish orqali tadqiq qilib kelinayotgan mavzulardan biri bu motivatsiya va motivlardir. Uzoq va yaqin chet ellarda o’ziga xos psixologik maktablar vujudga kelgan bo’lib, ularning negizida ilmiy pozisiyalar va konsepsiyalar moshiyati jishatdan farqlanuvchi g’oyalar va yo’nalishlar mujassamlashdi. Shozir ularning ayrimlariga qisqacha to’xtalib o’tamiz. Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyandalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, V.N.Myasishev, A.A.Uxtomskiy, D.N.Uznadze, S.L.Rubinshteyn, A.N.Leontev, P.M.Yakobson, V.S.Merlin, L.I.Bojovich, V.I.Selivanov, V.G.Aseev va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Ushbu mualliflarning qarashlari oldingi Hisobotda berilganligi uchun ularga qaytatdan to’xtalishga shojat yo’qdir.
Rus va sobiq sovet psixologiyasi vakillaridan tashqari Yevropa va Amerika mamlakatlarida motivasiyaga oid 30 (o’ttiz)dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Ana shu psixologik maktablarning ayrim namoyandalarining tadqiqotlari yuzasidan mulohaza yuritishga harakat qilamiz: interospektiv psixologiya, bixeviorizm, geshtalpsixologiya, psixoanaliz, strukturaviy psixologiya, assosianistik psixologiya, empirik psixologiya, analitik psixologiya, gumanistik psixologiya, antropologik psixologiya va hokazolar.
Bixeviarizmning asoschisi DJ.Uotson (1878-1938) psixologiya faninig bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya'ni ichki va tashqiga ajratadi, ular o’zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog’liq ekanligini ta'kidlab o’tadi. Bixeviorizm uchun "xulq" asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan aloqasi chetlab o’tilgandir. Shunga qaramasdan, ba'zi bixeviaristlar, jumladan E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivasiyasiga muayyan darajada e'tibor qilganlar.

Download 46.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling