Mavzu: ‘Farg’ona neftni qayta ishlash zavodida elou avt qurilmasi yordamida neftni suvsizlantirish va tuzsizlantirish’


yil 2-yarim yillikda bajarilishi ko’zda tutilayotgan chora-tadbirlar


Download 52.27 Kb.
bet9/10
Sana16.06.2023
Hajmi52.27 Kb.
#1492643
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Diplom ish Abduxoliqov M.

2021 yil 2-yarim yillikda bajarilishi ko’zda tutilayotgan chora-tadbirlar

1. “Loyihaning TIAni hukumat qarori asosida tasdiqlash;

2. Investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalarni, xalqaro va mahalliy moliyaviy institutlarning kreditlarini jalb qilish ishlarini davom ettirish;

3. Zavodning mavjud ishlab chiqarish loyihaviy quvvatini qayta tasdiqlash va foydalanilmaydigan aktivlarni hisobdan chiqarish bo’yicha ishlab chiqilgan hukumat qarorini vazirlik va idoralar bilan kelishish va Vazirlat Mahkamasida tasdiqlash;

4. Qurilish maydonlarini tayyorlash va umumiy qurilish-montaj ishlarini boshlash;

5. Ishlab chiqarilishi uzoq muddat talab qiluvchi jihozlarni ishlab chiqarish uchun buyurtma berish ishlarini davom ettirish;

6. Yuqori sifatli I-guruh moylarini seriyali ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadida zarur miqdorida zamonaviy prisadka va qo’shimchalar sotib olish;

7. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish ishlarini jaddalashtirish;

8. Jihozlarni yetkazib berish uchun Logistika tadqiqot ishlarini amalga oshirish;

9. Vaqtinchalik bino va inshoatlar qurilishi yakunlash;

10. Yangi bug’ qozonxonasi va rezervuarlarni qurish uchun materiallar va bosqichma bosqich jihozlarni qurilish maydoniga yetkazib berish.

Jami, yil boshidan boshlab 42 mln. AQSh dollarigacha bo’lgan pul mablag’larini o’zlashtirish.

“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ sanoat xavfsizligi bo‘limining ishlab chiqarish faoliyati xodimlarni xavfsiz mehnat sharoitlari bilan ta’minlash, ishchilar va aholi salomatligini muhofaza qilish hamda eng yaxshi texnologiyalardan foydalanish asosida qulay atrof-muhitni saqlab qolishga qaratilgan.


Sanoat xavfsizligi bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligining sanoat xavfsizligi, mehnat va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi talablarga to‘la rioya qilmoqda va har yili bu boradagi eng muhim ko‘rsatkichlarni yaxshilab bormoqda.
“Sanoat xavfsizligi, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati” “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ faoliyatining barcha jabhalarida amalga oshiriladi hamda xavfsiz axloq madaniyatini rivojlantirish orqali sanoat va ekologik xavfsizlikni boshqarish bo‘yicha amaldagi tizimni takomillashtirishga qaratilgan.
Sanoat xavfsizligi, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilishni boshqarish tizimi xalqaro audit natijalari bilan tasdiqlangan ISO 14001 va ISO 45001 xalqaro standartlari talablarga muvofiqligi bo‘yicha sertifikatlashtirilgan.


Download 52.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling