Mavzu: Farmatsevtika bozorida marketing tizimini tadbiq etish


Bozor sharoitida farmatsevtika iqtisodiyoti


Download 26.64 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi26.64 Kb.
#1521705
1   2   3   4   5
Bog'liq
Farmatsevtika bozorida marketing tizimini tadbiq etish (2)

Bozor sharoitida farmatsevtika iqtisodiyoti
0‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o'tish, har bir tashkilot va korxonalar, shu jum ladan dorixonalarda ham xo‘jalik faoliyatini olib borish texnologiyasiga katta ta’sir etadi. Aniq bir korxonaning faoliyat xususiyatlarini va
bozorning iqtisodiy qonuniyatlarini bilish yaxshi natijalarga erishishning zarur talabidir. “ Iqtisodiyot” oikonomike — grek tilida uy xo‘jaligini yuritish san’ati ma’nosini anglatadi — bu ishlab chiqarish munosabatlarining yig‘indisi, jamiyatning
iqtisodiy tuzumi. Iqtisodiyot — xalq xo'jaligi sohalarining yig‘indisi bo'lib, hayotiy zarur bo‘lgan ezguliklar va xizmatlami ta’minlab beradigan insonlarning asosiy faoliyat maydoni. Sog'liqni saqlash va dorixona xizmati — mamlakatimiz
iqtisodiyotining bir qismi. Ehtiyojlarga ega boMish insonlarga xosdir. Hammamiz hayotimizning muayyan darajasi mazmuni bo'lgan turar joy, kiyim-kechak, yegulik va boshqa xizmatlami qondirishga harakat qilamiz. O 'z navbatida tabiiy va moddiy boyliklarga egamiz. Ushbu tabiiy va moddiy resurs (ishchi kuchi, boshqarish xususiyatlari, mashinalar, yer, mineral boylik)lar ehtiyojlarimizni qondira oladigan tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar uchun ishlatiladi. Ehtiyojlarimiz cheksiz, ammo resurslar cheklangan, shuning uchun bu muammoning to ‘Iiq yechimi yo‘q va mutlaqo moddiy jihatdan to'yinganlikni amalga oshirib bo'lmaydi. Iqtisodiyot fanining izlanish sohasidagi muammolaridan bin cheklangan ishlab chiqarish resurslardan samarali foydalanish yoki insonning moddiy ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish maqsadida ularni boshqarishdir. Farmatsevtika iqtisodiyoti — aholining salomatligini saqlash uchun dori vositalari, tibbiy buyum larni ishlab chiqarish, tarqatish va xizmatlarni ayirboshlash bilan shug'ullanuvchi tarmoqlar yig'indisi. Bu fanning o ‘ziga xosligi yuqori dinamikligida: fanning mazmuni tashqi muhit (siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy) ta’siridan doim o'zgarib turadi va yangi bilimlarni (formakoiqtisodiyot va b.) kiigizishni talab qiladi. Farmatsevtika iqtisodiyoti predmetiga o‘quv fani sifatida quyidagilar kiradi: farmatsevtika faoliyatini amalga oshiradigan dori vositalar muomalasidagi subyektlar, ular va tashqi muhit o'rtasidagi xo'jalik bog‘lanishlar hamda farmatsevtik bozorda ular faoliyatining asosini tashkil etuvchi obyektlar, hodisalar va jarayonlar. Farmatsevtika iqtisodiyotini o ‘qitishdan maqsad sifatli farmatsevtik yordamni berishda rejalashtirish, istiqbollash, tahlil, nazorat qilish, hisobga olish va dori vositalar muomalasidagi subyektlami boshqa faoliyati uchun zarur bo'lgan bilim va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishdir. Farmatsevtika iqtisodiyoti fanini o ‘rganishda quydagi usullardan foydaianiladi: tizimli, marketingli, logistik, ijtimoiy, statistik, iqtisodiymatematik va boshqalar. Farmatsevtika iqtisodiyoti fannining asosiy negizlariga: obyektivlik, ishonchlilik, ilmiylik, komplekslik kiradi. Iqtisodiy rivojlanishning evolutsiyasi shuni ko'rsatadiki, insonning cheksiz ehtiyojlarini
qondirish uchun noyob iqtisodiy resurslami qo'llash muammolarini eng samarali yechimi bu xo‘jalikni bozor sharoitida tashkil qilishdir.
Xalq xo'jaligini rivojlantirishda bozor iqtisodiyoti qonunlaridan foydaianiladi:
  • Qiymat qonuni, narx belgilash qonuni Tovarning narxini bozor belgilaydi, narx erkin holatda bo'ladi. Bu qonun ham buzildi. Paxta, don, jun, sut, go'sht, kartoshka, meva va sabzavotlarga narxlarni — davlatga sotiladigan narxlarni davlatning o'zi belgilaydi. Bu m ahsulotlam i yetishtirishga ketgan mehnat to'la nazaiga olinmadi. Bu mahsulotlar davlatga juda

  • arzonga sotildi, ayniqsa, paxta, pilla.
  • Raqobat qonuni Korxonalar, firma, konsem, korporatsiyalar o'rtasida raqobat bo'lishi kerak: bozor uchun, narx sohasida, ishchi kuchi va hokazo.
  • Talab qonuni
  • Taklif qonuni Bozor iqtisodiyoti qonunlari hayotiy bo'lishi uchun — budjetni to'g'ri tashkil qilish kerak, soliq, kredit, bank tizimlarini yaxshi tashkil qilish kerak.
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko'rsatayotgan dorixona xo'jalik hisobi negizlariga amal qilishlari lozim.
    • Xo'jalik hisobining birinchi, eng muhim negizi — bu korxonalarning iqtisodiy va xo''jalik mustaqilligi hisoblanadi; bunda korxonalar: xususiy, jamoa, aksioner dorixonalar o'zlarining asosiy vositalariga, aylanma mablag'lariga ega bo'ladi. Xo'jalik hisobidagi xususiy, jam oa, aksionerlik dorixonalari:
  • Bankda hisob-kitob schyoti ochadilar.
  • Korxonalar bilan kontrakt-shartnoma asosida ish yuritadilar.
  • Mol-moddiy boyliklarni mustaqil sotib oladilar va sotadilar.
  • Biznes rejani o'zlari tuzadilar.
  • Xo'jalik hisobining ikkinchi negizi — bu xo'jalik hisobidagi xususiy, jam oa, aksionerlik dorixonalar o'z xarajatlarini o‘zlari qoplaydilar. Masalan, dorixonalar o'zlarining savdo, ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini savdo natijasida olingan daromadlaridan qoplaydilar.
  • Xo'jalik hisobining uchinchi negizi — bu dorixonalariningfoyda keltirib ishlashi, ya’ni dorixonaning olgan daromadi uning xarajatlarini qoplab yana ortib ham qolishi kerak. Xo'jalik hisobidagi dorixonalar rentabel — daromadli ishlashlari kerak.
  • Xo'jalik hisobining to'rtinchi negizi — bu korxona xizmatchilarining o'z mehnatlari natijasidan moddiy manfaatdor borishi, ya’ni yaxshi ishlagan xizmatchilar, o'z vazifasini vijdonan, to'g'ri, halol, o'z vaqtida, sifatli bajargan xizmatchilar

  • moddiy rag'batlantirilishlari zarur. Buning uchun korxonaning olgan sof foydasidan m a’lum miqdori korxona fondiga ajratiladi. Bunday korxonalarda korxona fondi tashkil etiladi. Korxona fondidan mablag'ni quyidagilarga sarflash mumkin:
  • ishlab chiqarishni kengaytirishga;
  • xodimlami mukofotlashga;
  • uy-joy qurilishiga;
  • madaniy oqortuv inshootlari qurilishiga;
  • sanatoriya, dam olish uylari, pansionatlarga yo'llanma sotib olishga;
  • har xil ommaviy kechalar
  • Mustaqillik, Navro'z, 8-mart, Yangi yil bayramlarini o'tkazishga va hokazo.

  • 5. Xo'jalik hisobining beshinchi negizi — bu korxonalarning o''zaro moddiy javobgarligi. Masalan, agar korxonalar shartnomalarni buzishsa tovarlarni o‘z vaqtida yetkazishmasa yoki to‘liq boMmagan komplektda tovar yetkazilsa, u holda ta ’minotchi korxona jarima toMaydi. Bu esa korxona oladigan sof foydani kamayishiga olib keladi.

6. Xo'jalik hisobining oltinchi negizi — bu xo‘ja lik hisobidagi korxonalarning tovar-moddiy boyliklarini, pul mablagi larini, mehnat resurslarini tejashi, iqtisod qilishi kerak.
Dori vositalarining inson salomatligi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda, ularni chetdan sotib olish, ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish va ishlatilishini boshqarishga har qanday davlat mas’ul ekanligini Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotl hamisha ta’kidlab kelmoqda. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng farmatsevtik bozor tizimini boshqarish va tartibga solish bo‘yicha davlatimizning bozor iqtisodiyotiga o ‘tish davridagi ijtimoiy va iqtisodiy ahvolini hamda mavjud obyektiv va subyektiv sabablari ni hisobga olgan holda quyidagilarni amalga oshirishni taqozo etadi:
  • dori vositalari bozorini tartibga soluvchi qonun va qonun osti hujjatlarini yaratish;
  • 0‘zbekiston farmatsevtika sanoati (“O‘zfarmsanoat”) Davlat aksiyadorlik konsernini tashkil etish;
  • farmatsevtika faoliyatlarini litsenziyalash;
  • farmatsevtika sanoati va xususiy dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalami qo'llab-quwatlash;
  • dori vositalarini ro'yxatga olish, ya’ni davlat yagona reestri tizimini yaratish;
  • dori vositalari, tibbiy buyumlar va davolash profilaktik oziqovqatlar ustidan davlat nazoratini tashkil etish;
  • respublikada dori-darm onlar sotishni tartibga solish;
  • 0‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligining dorixona muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
  • giyohvandlik vositalari, psixotrop m oddalar va prekursorlarni 0 ‘zbeksiton Respublikasi hududi orqali olib kirish, olib chiqish va tranzit tarzida o'tkazish;
  • asosiy dori vositalarining ro‘yxatini tuzish;
  • sog'liqni saqlash tizimi uchun dori vositalari va tibbiy buyumlami tanlov-tender asosida sotib olish;
  • tibbiy va farmatsevtik mutaxassislami tayyorlash hamda malakasini muntazam oshirish;
  • dori vositalari va tibbiy buyumlaming sotish narxlarini chegaralash;
  • farmatsevtika faoliyatiga taalluqli bo‘lgan maxsus adabiyotlar, ma’lumotnomalar to ‘plami, jurnallar chop etish, konferensiya, seminar, ko‘rgazmalar tashkil etish.


  • Download 26.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling