Mavzu: Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari Fuqaro muhofazasining maqsadi va vazifalari Reja


Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining aholini tayyorlash sohasidagi vakolatlari


Download 27.92 Kb.
bet6/9
Sana23.02.2023
Hajmi27.92 Kb.
#1224155
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Ma\'ruza

3.5. Favqulodda vaziyatlar vazirligi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining aholini tayyorlash sohasidagi vakolatlari.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini tayyorlash sohasida maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini tayyorlash sohasida:
- tashkiliy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi, tadbirlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
- tashkiliy ko‘rsatmalar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va kelishadi;
- o‘quv mashqlari, mashg‘ulotlari va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qiladi va keng foydalanilishini tashkil etadi;
- tizimidagi aholini tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muassasalarning tinglovchilar bilan jamlash rejalarini tegishli davr uchun shakllantiradi va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi boshlig‘iga kiritadi.
Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari aholini tayyorlash sohasida:
- ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholini, shu jumladan jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni, shuningdek, tizimidagi tashkilotlarning rahbarlari ishchi va xizmatchilarini tayyorlash tadbirlarini tashkil etadi va nazorat qiladi;
- o‘quv-amaliy tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi, ularga mahalliy aholi jalb etilishini ta’minlaydi;
- o‘quv-metodik va targ‘ibot materiallari chop etilishini hamda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholiga tarqatilishini tashkil etadi;
- mahalliy aholini favqulodda vaziyatlar xavfi to‘g‘risidagi tegishli axborot va ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
3.6. Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarning aholini tayyorlash sohasida majburiyatlari.
Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar aholini tayyorlash sohasida:
rahbarlar, mas’ul mutaxassislar, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari belgilangan tartibda tayyorgarlikdan o‘tishini ta’minlaydi;
- o‘quv mashqlari va mashg‘ulotlarga jalb etilgan rahbarlar, mas’ul mutaxassislar, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari a’zolari, xodimlar, ishchi va xizmatchilarning o‘rtacha ish haqi saqlanishini ta’minlaydi;
- belgilangan dasturlar asosida qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari a’zolari, xodimlari, ishchi va xizmatchilarini o‘qitadi hamda favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga shay bo‘lish darajasidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi;
- o‘quv jarayonini tashkil etishda zamonaviy o‘quv-moddiy baza (o‘quv xonasi, zarur ko‘rgazmali o‘quv qurollari va darsliklar) bilan ta’minlaydi;
- qayta tayyorgarlik va malaka oshirish o‘quv kurslarida tayyorgarlikdan o‘tishi lozim bo‘lgan rahbarlar, mas’ul mutaxassislar, qutqaruv tuzilmalari va fuqaro muhofazasi tuzilmalari boshliqlari ro‘yxatini Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etadi.

Download 27.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling