Mavzu: Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi Favqulodda vaziyatlar, ularning turlari va xususiyatlari Fuqaro muhofazasining maqsadi va vazifalari Reja


Aholini tayyorlash shakllari va davriyligi


Download 27.92 Kb.
bet5/9
Sana23.02.2023
Hajmi27.92 Kb.
#1224155
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-Ma\'ruza

3.3. Aholini tayyorlash shakllari va davriyligi.
Aholini tayyorlash, ularning nazariy bilimlarini va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, FVDT kuch va vositalarining hamkorlikda harakat qilishini takomillashtirish, shuningdek, tayyorgarlik darajasini baholash quyidagi shakllardagi tadbirlarni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi:
Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida - 5 yilda bir marta uch kecha-kunduzgacha;
tumanlar va shaharlarda - 3 yilda bir marta uch kecha-kunduzgacha;
davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarda - 1 yilda bir marta bir kecha-kunduzgacha;
qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarini o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysunadigan kuch va vositalar jalb etilishi mumkin;
Maxsus-taktik o‘quv mashqlari:
tashkilotlarda - 3 yilda bir marta olti soatgacha;
o‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarda - 1 yilda bir marta olti soatgacha.
Kompleks o‘quv mashqlari:
xodimlar soni 200 dan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda hamda 400 dan ortiq o‘ringa ega bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalarida - 2 yilda bir marta bir kecha-kunduzgacha;
qolgan tashkilotlarda - 2 yilda bir marta olti soatgacha.
O‘ta muhim va toifalangan ob’ektlarda o‘tkaziladigan o‘quv mashqlariga ushbu ob’ektlarning xavfi doirasiga tushuvchi hududda yashayotgan aholi jalb etiladi.
«Yosh qutqaruvchi» musobaqalari umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida 1 yilda bir marta o‘tkaziladi.
O‘quv mashqlari, mashg‘ulotlar va musobaqalar, shuningdek, boshqa amaliy tadbirlarga jalb qilinayotgan tashkilotlar rahbarlari, mutaxassislari, qutqaruv tuzilmalari shaxsiy tarkibi va aholi xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilishi zarur.
3.4. Aholining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha tayyorgarligini oshirish hamda faol ishtirokini ta’minlash.
Har haftaning chorshanba kunlari tashkilotlarda va mahallalarda aholining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha tayyorgarligini oshirish hamda faol ishtirokini ta’minlash tadbirlari o‘tkaziladi.
FVDT tarkibidagi vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan ushbu kun davomida quyidagi asosiy tadbirlar keng qamrovda amalga oshiriladi:
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan aholi, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan seminarlar va mavzuli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi, ularga targ‘ibot-tashviqot materiallari tarqatiladi va zarur tadbirlar yuzasidan tavsiyalar beriladi;
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi bilan suhbatlar o‘tkaziladi, ma’ruzalar o‘qiladi, ularga eslatmalar, bukletlar va lifletlar tarqatiladi, shuningdek, favqulodda vaziyatlar, shu jumladan, yong‘inlarga olib keladigan omillarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, ular sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish usullari o‘rgatiladi;
aholi ko‘p to‘planadigan joylarda va jamoat transportida favqulodda vaziyatlar, shu jumladan, yong‘inlarning oldini olishga qaratilgan plakatlar, shuningdek, ulardagi mavjud tablolar va monitorlarga, Internet saytlariga ijtimoiy roliklar joylashtiriladi;
ommaviy axborot vositalari orqali axborot-tahliliy va mavzuli teleko‘rsatuvlar efirga uzatiladi, sohaga oid dolzarb masalalar bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkaziladi, radioeshittirishlar uzatiladi va maqolalar chop etiladi.

Download 27.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling