Mavzu: Favqulotda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (fvdt)ning strukturaviy tuzilishini o'rganish Reja


FVDT ob’ekt darajasidagi boshqarish organlarining asosiy vazifalari


Download 442.78 Kb.
bet4/7
Sana30.04.2023
Hajmi442.78 Kb.
#1414672
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Favqulotda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning strukturaviy tuzilishini o\'rganish

FVDT ob’ekt darajasidagi boshqarish organlarining asosiy vazifalari:

1. Favqulodda vaziyatlar oldini olish va ularni tugatish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik qilish, ob’ektlarning favqulodda vaziyatda ishlashi ishonchliligi va barqarorligini oshirish.


2. Kimyoviy va boshqa potentsial xavfli ob’ektlarda xabar berish va ma’lumot cheklangan tizimlari, shuningdek gidrotexnik inshootlaridagi signalizatsiya va xabar berish cheklangan avtomat tizimlarni yaratish ishlarini tashkil etish.
3. Boshqaruv organlari, ob’ekt kuch va vositalarining favqulodda vaziyatdagi ishlarga shay turishini ta’minlash.
4. Sodir bo’lgan favqulodda vaziyat haqida xabar berishni, ma’lumot yig’ishni ta’minlash va nazorat qilish, favqulodda vaziyatning ko’lami va rivojlana borishi, ehtimol bo’lgan oqibatlari haqida, uni tugatish uchun ko’rilayotgan choralar va qanday yordam kerakligi to’g’risida yuqori organlarga axborot uzatib turish.
5. Avariya-qutqarish va boshqa shoshilinch ishlarga, shu jumladan ob’ektlar xodimlarini evakuadiya qilishga rahbarlik qilish.
6. Favqulodda vaziyatni tugatish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervlarini yaratish.
7. Ob’ektlarning rahbarlar tarkibi, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini favqulodda vaziyatdagi ishlarga tayyorlashni tashkil etish.
FVDTning favqulodda vaziyatni tugatish kuchlari va vositalari:
1. Fuqaro muhofazasi qo’shinlari.
2. Bevosita va bilvosita Favqulodda vaziyatlar vazirligi tezkor ixtisoslashgan respublika tuzilmalari.
3. Vazirliklar va idoralarning harbiylashgan va professional ixtisoslashgan avariya-qutqarish va avariya qayta tiklash bo’linmalari.
4. Mahalliy hokimiyat organlarining (Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklarining) tuzilmalari, Favqulodda vaziyatlar vazirligining kutqaruv komandalari.
5. Ob’ektlarning ixtisoslashgan tuzilmalari.
6. Hududlar va ob’ektlarning harbiylashgan umumiy va maxsus tuzilmalari.
7. Qizil Yarim oy jamiyatining ko’ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), «Vatanparvar» MKT (mudofaaga ko’maklashuv tashkiloti).
FVDTning rahbar organlari- bu aholini va hududlarni favqulodda vaziyatdan muhofaza qilish masalalarini hal qilish vakolati doirasiga kiradigan quyidagi davlat boshqaruv organlari, mahalliy homiyat organlari va ob’ektlari ma’muriyatlari:
a) Respublika darajasida - O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, atrof-muhit holatini va potentsial xavfli ob’ektlar holatini kuzatish va nazorat qilishga mas’ul vazirliklar va idoralar, shuningdek tarkibida kimyoviy, portlovchi, yongin xavfi bor va boshqa xavfli ob’ektlar;
b) Mahalliy daraja - Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyat, shahar va tuman hokimliklari;
v) Ob’ekt darajasida-korxonalar (muassasalar, tashkilotlar) ma’muriyatlari.
FVDT, uning kichik tizimlari va bo’g’inlari ishlashini tashkil qilish uchun, favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishga shay turish uchun mas’uliyat to’laligicha tegishli rahbar organlarga yuklatiladi.
1. Aholi va ob’ekglarni harbiy harakatlar olib borish paytida eki shu
harakatlar oqibatida yuzaga keladigan xavflardan ximoyalash harakatlari va
usullariga tayyorlash.

  1. Boshqaruv, habar berish va aloqa tizimlarini tashkil qilish,
    rivojlantirish va doimiy shay holatda saqlab turish.

  2. Xalq xo’jaligi ob’eklarining barqaror ishlashini ta’minlash
    yuzasidan tadbirlar kompleksini o’tkazish.

  3. Aholini, moddiy va madaniy boyliklarini xavfsiz joylarga
    evakuatsiya qilish.

  1. Fuqaro muhofazasi xarbiy tizimlari shayligini ta’minlash

  1. Aholini umumiy va shaxsiy saqlovchi vositalari bilan ta’minlash
    tadbirlarini o’tkazish.

  1. Aholining harbiy davrdagi hayot faolligini ta’minlash .

8. Radiatsiyaviy, kimeviy va biologik vaziyat ustidan kuzatish va
laboratoriya nazorati olib borish.
9. Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni o’tkazish.
10. Harbiy davrlarda ham zarar ko’rgan xududlarda jamoat tartibini
yo’lga qo’yish va saqlab turish.
11. Aholini va hududlarni muhofaza qilish yuzasidan boshqa
tadbirlarni amalga oshirish.
Mana shu vazifalarni muvaffaqiyatli olib bormay turib, zararlangan hududlarda, ob’ektlarda mo’’tadil hayot faoliyatini yaratib bo’lmaydi. Bu ishlarni davlat organlari orqali, fuqaro muhofazasi boshchiligida butun xalq yordamida amalga oshiriladi.



Download 442.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling