Mavzu: Favqulotda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (fvdt)ning strukturaviy tuzilishini o'rganish Reja
Download 442.78 Kb.
|
Favqulotda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning strukturaviy tuzilishini o\'rganish
Mavzu: Favqulotda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning strukturaviy tuzilishini o'rganish Reja: FVDT Favqulodda Vaziyatlar Davlat Tizimining tuzilishi, vazifalari, kuch va vositalari, shaxsiy tarkibi Fuqaro himoyasini tashkiliy tuzilishi FVDT ob’ekt darajasidagi boshqarish organlarining asosiy vazifalari: FVDT - ning kuchlari va mablag’lari.FM-ning xalq xo’jaligi tarmoqlarida tashkil etilishi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 23–dekabrdagi “FVDT (Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi)” to’g’risidagi 558 sonli Qarori favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo’yicha juda muhim ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Respublikasi FVDT hududiy, funktsional va informatsion-boshqaruv kichik tizimlaridan iborat bo’lib, respublika mahalliy, ob’ekt miqyosida uchta darajada bo’ladi. Hududiy kichik tizimlar - 14ta. Ular - Qoraqalpog’iston Resiublikasida (1), hamma viloyatlarda (12) va Toshkent shahrida (1). Hududiy kichik tizimlar o’zlarining ma’muriy hududlari chegarasida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni tugatishga mo’ljallangan bo’lib, tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovulga to’g’ri keladigan bo’g’inlardan iborat bo’ladi. Funktsional kichik tizimlar vazirliklar, davlat qo’mitalari, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va kompaniyalarda tashkil etiladi. Bugungi kunda funktsional kichik tizimlarning umumiy soni - 22ta. Funktsional kichik tizimlar atrof tabiiy muhit va potentsial xavfli ob’ektlar ahvolini kuzatish va nazorat qilishga, shuningdek qaramog’idagi ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’lik ob’ektlarda favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni tugatishga mo’ljallangan bo’lib, davlat nazorati organlaridan (nazorat -inspektsiya xizmatidan), kichik tizim kuchlari va vositalaridan iborat bo’ladi. Hududiy va funktsional kichik tizimlarning vazifalari, tashkil etilishi, kuch va vositalarining tarkibi, ishlash tartibi va boshqa masalalari geofizik, tabiat - iqlim, funktsional va boshqa sharoitlarni, shuningdek xuddi shu kichik tizimdagi potentsial xavfli ob’ektlar va hodisalarni hisobga olib, tizimlarning o’zi ishlab chiqadigan, shu kichik tizimlar haqidagi tegishli Nizomlarda belgilab ko’yiladi. Bu Nizomlarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishib, tegishli kichik tizimlarning rahbarlari (Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, vazirlar va idoralarning rahbarlari) tasdiqlaydi. Informatsion-boshqaruv kichik tizimini O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etadi va u hududiy va funktsional kichik tizimlar elementlarini o’z ichiga oladi. Kichik tizim quyidagilarga tadbirlar uchun mo’ljallangan: 1. Potentsial xavfli hamma ob’ektlar va hodisalar, shuningdek hamma favqulodda vaziyatlar haqida ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, almashish, saqlash va tegishli organlarga uzatish; 2. Favqulodda vaziyatlar sodir bo’lgani (sodir bo’lish ehtimoli) haqida, favqulodda vaziyatning tusi, ko’lami va rivojlana borishi, ehtimol bo’lgan oqibatlari to’g’risida, favqulodda vaziyatlardagi hatti-harakatlar haqida FVDT ning rahbar organlariga, kundalik boshqarish organlariga, favqulodda vaziyatni tugatish kuchlari va vositalariga hamda aholiga xabar va ma’lumot berish; 3. FVDT kichik tizimlari va bo’g’inlari o’rtasida, boshqaruv punktlari kuch va vositalari o’rtasida o’zaro ma’lumot almashish; 4. Boshqaruv punktlaridagi navbatchi-dispetcherlik xizmati harakat qilishiga doimo shay bo’lib turish. FVDTning har qaysi darajasida kuyidagilar organlar bo’ladi: 1. Rahbar organlari. 2. Kundalik boshqarish organlari. 3. Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni tugatish kuch va vositalari. 4. Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun moliyaviy va moddiy resurslar rezervi. 5. Xabar berish va ma’lumot ta’minoti (ABT)tizimi. 6. Kimyoviy va boshqa potentsial xavfli ob’ektlarda hamda ularga tutash hududlarda xabar berish va ma’lumot cheklangan tizimlari, shuningdek suv omborlari gidrotexnika inshootlaridagi signalizatsiya va xabar berish tizimlari. 7. Atrof tabiiy muhit va potentsial xavfli ob’ektlar holatini kuzatish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, favqulodda vaziyatni oldindan ta’minlash. 8.FVDT boshqaruv organlari, boshqarish punktlari, kuch va vositalari favqulodda vaziyatdagi ishlarga tayyor turishini ta’minlash. 9. Sodir bo’lgan favqulodda vaziyatlar haqida, ularning rivojlana borishi, ehtimol bo’lgan oqibatlari va ularni tugatish yuzasidan ko’rilayotgan choralar haqida xabar berish, ma’lumot yig’ish va almashlashni ta’minlash va nazorat qilish. 10. Avariya-qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlar tadbirlari, jumladan evakuatsiya tadbirlari bajarilishini ta’minlash, shikastlangan aholi turmush kechirishini ta’minlash. P. Favqulodda vaziyatni tugatishga jalb qilingan vazirliklar va idoralar, kuch va vositalar hamkorligini ta’minlash hamda ularning ishini moslashtirish. 12. Favqulodda vaziyatlarni tugatish moliyaviy va moddiy resurslar (idoralar) rezervini, shuningdek FVDT maxsus sug’urta fondini tashkil etishga va ulardan foydalanishga rahbarlik qilish. 13. Favqulodda vaziyatlardan shikast ko’rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish. 14. Favqulodda vaziyatda o’ziga qarashli ob’ektlar rahbarlar tarkibini, kuch va vositalari, shuningdek xodimlarini tayyorlashni moslashtirib turish, 15. Ishlab chiqarish va texnologiya xavfsizligi, shuningdek xodimlarni favqulodda vaziyatdan muhofaza qilish tarmoq normalari va qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish. 16. Avariya-qutqarish tuzilmalari va qutqaruvchilarni attestatsiya qilishni tashkil etish. Download 442.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling