Mavzu: Favqulotda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (fvdt)ning strukturaviy tuzilishini o'rganish Reja


Download 442.78 Kb.
bet6/7
Sana30.04.2023
Hajmi442.78 Kb.
#1414672
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Favqulotda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning strukturaviy tuzilishini o\'rganish

FM - ning xizmat turlari.
FM shtabi asosida quyidaga xizmatli tizimlar tashkil etiladi:

  • aloqa va tashviqot;

  • tibbiy;

  • radiatsiya va kimyoviy qurollar ta’siriga qarshi;

  • jamoat tartibini saqlash;

  • elektr ta’minoti;

  • avariya-texnikani ta’mirlash;

  • panada va qochoqlar maskanida xizmat ko’rsatish;

  • transportda xizmat yortish;

  • moddiy ta’minot va boshqa vazifalar.

Bularga maxsus topshiriklarni bajarish vazifalari topshiriladi. Yuqoridagi har bir xizmatga FM boshlig’i tomonidan rahbar etib, bo’lim, tsex, smena boshliqlari tayinlanadi.
FVDT - ning kuchlari va mablag’lari.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda asosiy rolni favqulodda vaziyatlar davlat tizimi (FVDT) kuch va vositalari o’ynaydi. FVDT kuchlariga quyidagilar kiradi:

  1. Fuqarolar muhofazasi qo’shinlari;

  2. Hududiy va ob’ektlarning harbiylashmagan umumiy-maxsus maqsadli
    tizimlari;

  3. Mahalliy hokimiyat organlarining (viloyat, shaqar va tumanlar) FVV
    qutqaruvchi komandalarining tizimlari;

4. FVVga to’g’ridan-to’g’ri hamda tezkor bo’ysunuvchi Respublika
ixtisoslashtirilgan tizimlari;
5. Vazirlaiklar va idoralarning harbiylashtirilgan hamda
professional - ixtisoslashtirilgan avariya - qutqaruv va avariya - tiklash
bo’limlari;

  1. Ob’ektlarning ixtisoslashtirilgan tizimlari;

  2. «Qizil yarim oy» hamda «Qizil xoch» jamiyati ko’ngilli otryadlari;

  3. «Vatanparvar» mudofaaga ko’maklashuvchi tashkilot.
    FVDT-ning mablag’i quyidagilardan tarkib topgan:

  • davlat byujetlari;

  • mahalliy byudjet;

  • vazirliklar va ularning bo’g’inlari hisobidan;

  • muassasa va tashkilotlarning shaxsiy mablag’lari;

  • «Qizil hoch» va «Qizil yarim oy » jamiyatining birlamchi zaxiralari
    va boshqalar.

Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, dunyo miqyosidagi favqulodda vaziyat (FV) lar ko’lami yildan – yilga ortib bormoqda. Bularga Chernobil’ AES-sidagi xalokat, temir yo’l transportidagi sodir etilayotgan falokatlar, ayniqsa, kuchli zaxarlovchi modda (KZM) larni tashish mobaynidagi falokatlar, turli tabiiy ofatlar xamda texnogen xususiyatli xalokatlarning ko’lami ortib –bormoqda. Masalan, Ashxobod (1948) va Armanistondagi (1998y) er silkinishlar, xatto tinchlik vaqtida xam ommaviy kirgan qurollarining ishlatilish xavfi saqlanib qolayotganligi urush va tinchlik davrlaridagi FV larni o’rganish zarurligini taqozo etadi. Shuning uchun xam Fuqoro muxofazasining tinchlik va urush vaqtidagi o’rni va FV larning oqibatlarini bartaraf qilishdagi vazifalari va axamiyati dolzarbligicha qolmoqda.
Ma`lum hududda yuz bergan har qanday falokat, halokat, shikastlanish, zaharlanish va boshqa turdagi ofatlar natijasida inson sog`ligiga turmush sharoitining buzilishiga,o`limiga va moddiy boyliklarga zarar etkazuvchi holatlar favqulodda vaziyatlar deb aytiladi. SHuni aloxida ta`kidlash kerakki "Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favquloddagi vaziyatlardan muhofaza qilish to`g`risida"gi O`zbekiston respublikasi qonunining 2-moddasida Favqulodda vaziyatlar tushunchasiga quyidagicha ta`rif berilgan. Odamlar qurbon bo`lishi, ularning sog`ligi yoki tabiiy atrof-muhitga zarar etkazilishi jiddiy moddiy talofatlarni keltirib chikarishi,hamda odamlar hayot faoliyati sharoitlarini izdan chikishiга olib kelishi mumkin bo`lgan yoki olib kelgan shikastlanishlar (avariyalar) halokatlar xafli tabiiy hodisalar, tibbiy yoki boshqa ofatlar natijasida muayyan hududda yuzaga kelgan vaziyat .Ushbu vaziyatdan aholini va hududlarni muhofaza qilish, ularning oldini olish usullari, vositalari,tizimlari, sa`y-xarakatlari majmuasidir. Dunyo miqesida sodir etilaetgan tabiiy ofatlarning 9/10 qismi quyidagi 4 ta turlariga to’g’ri kelishi aniqlangan: suv toshqinlari (40%), tropik tufonlar (20%), er silkinishlari (15%), va qurg’okchilik (15%) ni tashkil etarkan. Olib borilgan tadqiqot natijalariga binoan tropik tufonlar tufayli axoli orasida nobud bo’lishi bo’yicha birinchi o’rinni egallarkan, suv toshqinlari esa ko’p kuzatilishi va katta miqdordagi talafotlar bilan namoyon bo’larkan.

Download 442.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling