Mavzu: Favqulotda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (fvdt)ning strukturaviy tuzilishini o'rganish Reja


FVDT - ning kuchlari va mablag’lari.FM-ning xalq xo’jaligi tarmoqlarida tashkil etilishi


Download 442.78 Kb.
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi442.78 Kb.
#1414672
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Favqulotda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning strukturaviy tuzilishini o\'rganish

FVDT - ning kuchlari va mablag’lari.FM-ning xalq xo’jaligi tarmoqlarida tashkil etilishi.


FVDTning kundalik boshqarish organlari- bu FVDT ning tegishli hududiy va funktsional kichik tizimlarini va ularning bo’g’inlarini har kuni bevosita boshqarib turadigan boshqaruv organlari bo’lib, ular quyidagnlarni o’z ichiga oladi:
1. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari.
2. Shaharlar va tumanlarning favqulodda vaziyatlar bo’limlari.
3. Ob’ektlarning favqulodda vaziyatlar bo’limlari (sho’’balari yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslari).
4. Vazirliklar vaidoralarning davlat nazorat organlari (nazorat-inspektsiya xizmatlari).
5. Vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlar bo’limlari (sho’’balari yoki maxsus tayinlangan shaxslari).
6. Favqulodda vaziyatlar vazirligining tanglik vaziyatlarini boshqarish markazi.
7. FVDT rahbar organlarining zahiradagi boshqarish punktlari (ZBP).
8. Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarinnng (bo’limlarining) tezkor-navbatchi xizmatlari.
9. Vazirliklar, idoralar va ob’ektlarning navbatchi-dispetcherlik xizmatlari. FVDT ning kundalik boshqarish organlari doimiy diskologiya punktlarida, shahardagi va shahar tashqarisidagi ZBP (Zahiradagi boshqarish punktlari) da joylashtirilib, tabeldagi tegishli xabar berish vositalari, birlamchi ma’lumotni qayta ishlash va uzatish vositalari bilan jihozlanadi, hamda ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishga doimiy shaylikda saqlanadi.
FVDT respublika darajasidagi boshqarish organlarining asosiy vazifalari:
1. Tabiiy turdagi favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini maksimal kamaytiradigan choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish, favqulodda vaziyatlar sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari va potentsial xavfli juda muhim ob’ektlar barqaror ishlashini ta’minlash .
2. Potentsial xavfli ob’ektlar uchun texnik hujjatlar sug’urta fondi yaratish ishlarini tashkil etish.
3. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza kilish sohasidagi maqsadli va ilmiy-texnikaviy respublika dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish.
4.Markazlashgan xabar berish respublika tizimini, shuningdek ma’lumot ta’minlash va boshqarish avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va doimiy shay turish.
5.Ma’lumotni boshqarish va uzatish uchun davlat idoralar aloqa kanallaridan, radio, televidenie va boshqa texnik vositalardan markazlashgan foydalanishni ta’minlash.
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararning miqdorini kamaytirish bo’yicha oldindan choralar ko’rish maqsadida harakat qilishning respublika, idora rejalari, hokimliklar va ob’ektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek FVDTning barcha darajadagi o’zaro birgalikda harakat qilish rejalari ishlab chiqiladi.
FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni Favqulodda vaziyatlar vazirligi amalga oshiradi.

Download 442.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling