Mavzu: Fayl boshqaruv tizimlari. Fayl tizimi funksiyalari va ma’lumotlar ierarxiyasi
Download 43.8 Kb.
|
09,03,2021 Операцион тизим фанидан мавзу
65
bir papkadagi faylga o‘z ruxsatini o‘rnatish mumkin. Har bir foydalanuvchining ruxsatlari, ma’lum amallar bo‘yicha farqlanadi. Demak, har bir fayl ob’ekti o‘zining murojaatini boshqarish ro‘yxatiga ega. Har bir fayl ob’ekti murojaat maskasiga ega (access mask-maska dostupa). Murojaat maskasi o‘z ichiga standart (standard), maxsus (specific) va qarindoshlik (generic)-murojaat huquqlariga ega: - standart murojaat huquqi-hamma himoya qilingan ob’ektlar uchun umumiy amallarni aniqlaydi; - maxsus murojaat huquqi, faylni ob’ektlarga mos bo‘lgan asosiy huquqlarni ko‘rsatadi; - qarindoshlik murojaat huquqlari tizimi tomonidan foydalaniladi, ular standart va maxsus xuquqlar kombinatsiyasini aniqlaydi. NTFS ruxsatlari Windows NT 4.0 va Windows 2000/XP operatsion tizimlari uchun ruxsatlar har xil kelitirilgan. NTFS ning Windows NT 4.0 dagi ruxsatlari. NTFS ning fayl va kataloglarga murojaati Windows 4.0 dagi ruxsatlari individual, standart va maxsus bo‘ladi. Individual ruxsatlar. Foydalanuvchiga u ѐki bu tipdagi murojaatni berish imkoniyati individual ruxsatlar deyiladi. Windows NT 4.0 da bunday ruxsatlar 6 ta: o‘qish (read), ѐzish (write), bajarish (execute), olib tashlash (delete), ruxsatlarni o‘zgartirish (Change Permissions) va egasini o‘zgartirish (Take Ownership). Standart ruxsatlar. Har gal individual ruxsatlarning kombinatsiyasidan foydalanmaslik uchun, NTFS ning standart ruxsatlari kiritilgan. - List - ko‘rish - Add - qo‘shish - Add & Read – o‘qish va ѐzish - Change -o‘zgartirish - Full Control – to‘liq murojaat. Maxsus ruxsatlar. Bu individul ruxsatlarning standart ruxsatlar bilan mos kelmaydigan kombinatsiyalari: R,W,X,D,P va O. NTFS ruxsatlarini qo‘llash. NTFS ruxsatlari foydalanuvchilar va guruhlar hisob ѐzuvlariga, xuddi umumiy tarmoq resusrlariga murojaat ruxsatlari kabi beriladi. Foydalanuvchi ruxsatni bevosita ѐki ruxsati bo‘lgan bitta ѐ bir nechta guruh a’zosi bo‘lib olishi mumkin. Windows 2000 va Windows XP OT larida individual, standart va maxsus ruxsatlar o‘rniga, foydalanuvchi interfeysda 13 ta ruxsatlar mavjud. Download 43.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling