FAT fayl tizimi - FAT fayl tizimi, o‘z nomiga quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan oddiy jadval orqali ega bo‘lgan: - fayl ѐki uning fragmentlari uchun ajratilgan, mantiqiy diskning bevosita adreslanuvchi qismlari (uchastkalari); - disk makoni bo‘sh sohalari; - diskning defektli sohalari (bu sohalar defekt joylariga ega bo‘lib, ma’lumotlarni o‘qish va ѐzishni xatosiz bajarishga kafolat bermaydi).
FAT fayl tizimida, ixtiѐriy mantiqiy disk ikki sohaga: tizimli soha va ma’lumotlar sohasiga bo‘linadi.
Mantiqiy disk tizimli sohasi, formatlash vaqtida initsiallashtiriladi, keyinchalik esa, fayl strukturasi bilan ishlaganda yangilanadi. Mantiqiy disk, ma’lumotlar sohasi oddiy fayl va fayl kataloglarni o‘z ichiga oladi; bu ob’ektlar ierarxiyani tashkil etadi, bu ob’ektlar ildiz katalogga bo‘ysunadi.
Katalog elementi fayl ob’ektini tavsiflaydi, u oddiy fayl ѐki fayl-katalog bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar sohasiga, tizimli sohadan farqli ravishda, OT ning foydalanuvchi interfeysi orqali murojaat qilinadi.
Tizimli soha quyidagi tashkil etuvchilardan iboratdir (mantiqiy adres sohasida ketma-ket joylashgan): - yuklanish ѐzuvi (Boot Record, BR); - rezervlangan sektorlar (Reserved. Sectors, Res.Sec); - fayllarni joylashtirish jadvali (FAT); - ildiz katalog (Root Directory, R Dir).
Do'stlaringiz bilan baham: |