4-mavzu: matlab tizimida dasturlash asoslari Reja
Download 88.72 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1. Dasturlashning asosiy vositalari
- 4.2. Malumotlarning asosiy turlari
4-mavzu: MATLAB tizimida dasturlash asoslari Reja 4.1. Dasturlashning asosiy vositalari 4.2. Ma'lumotlarning asosiy turlari 4.3. Dasturlash turlari 4.4. MATLAB tizimida operatorlar, komandalar va funktsiyalarning ikki tomonlamaligi 4.5. Ayrim cheklanishlar 4.6. Stsenariya va funktsiyalarning m-fayllari 4.7. Funktsiyalarda o'zgaruvchilar statusi 4.8. m-fayl-funktsiyaning tarkibi Tayanch so'z va iboralar MATLAB tizimida dasturlash tili, m-fayllardir, interpretator, kompilyatsiya, array va numeric, turdagi ma'lumotlar, fayl-stsenariyalar va fayl-funktsiyalar, m-fayl-funktsiya 4.1. Dasturlashning asosiy vositalari MATLAB tizimida dasturlar matn formatidagi m-fayllardir. MATLAB tizimida dasturlash tili quyidagi vositalarga ega: har xil turdagi ma'lumotlar; konstantalar va o'zgaruvchilar; operatorlar (matematik ifodalarning operatorlarini ham o'z ichiga oladi); biriktirilgan komandalar va funktsiyalar; foydalanuvchining funktsilari; boshqaruvchi strukturalar; sistema operatorlari va funktsiyalari; dasturlash tilini kengaytirish vositalari. MATLAB tizimida dastur kodlari yuqori darajali tilda yoziladi va ushbu til tipik interpretator bo'lib hisoblanadi, ya'ni dasturning har bir instruktsiyasi darhol taniladi va bajariladi. Hamma instruktsiyalarni, ya'ni to'liq dasturni kompilyatsiya qilish etapi mavjud emas. MATLAB bajariluvchi dasturlarni yaratmaydi. Dasturlar faqat m-fayllar ko'rinishida mavjud bo'ladi. Dasturlarning ishlashi uchun MATLAB muhiti zurur. Lekin MATLABda yozilgan dasturlarni S va S++ dasturlash tillariga translyatsiya qiluvchi kompilyatorlar yaratilgan. Ular MATLAB muhitida tayyorlangan dasturlarni bajariluvchi dasturlarga aylantirish masalasini hal qilish imkoniyatini beradi. MATLAB tizimi uchun kompilyatorlar mustaqil dasturiy vositalardir. SHuni esda tutish kerakki, MATLABning hamma instruktsiyalari ham kompilyatsiya bo'lavermaydi, ya'ni kompilyatsiyadan oldin bunday dasturni qayta ishlash talab qilinadi. Kompilyatsiya qilingan dasturlarning bajarilish tezligi 10-15 martagacha ortishi mumkin. 4.2. Ma'lumotlarning asosiy turlari Download 88.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling