4-mavzu: matlab tizimida dasturlash asoslari Reja
Download 88.72 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3. Dasturlash turlari
Array va numeric turdagi ma'lumotlar virtual (go'yoki, bo'lib ko'rinadigan, zohiriy) bo'lib hisoblanadi, chunki ularga biror bir o'zgaruvchi mansub emas. Ular ma'lumotlarning ayrim turlarini aniqlash va jamlash uchun xizmat qiladi. SHunday qilib, MATLAB tizimida umumiy holda ko'p o'lchamli massiv bo'lgan ma'lumotlarning quyidagi turlari ishlatiladi:
single — oddiy aniqlikdagi sonli massivlar; double — ikkilangan aniqlikdagi sonli massivlar; char — simvol elementlarga ega bo'lgan satrli massivlar; sparse — sonli elementlari ikkilangan aniqlikka ega bo'lgan siyraklashgan matritsalar; sell — yacheykalarning massivlari; o'z navbatida yacheykalar ham massiv bo'lishi mumkin; struct — maydonli tarkiblar massivlari, ular ham o'z ichiga massivlarni olishlari mumkin; function_handle — funktsiyalarning deskriptorlari : int32, uint32 — 32-razryadli sonlarning massivlari; intl6,uint16 — 16-razryadli butun sonlarning massivlari; int8. uint8 — 8-razryadli butun sonlarning massivlari (sonlarning qiymatlari 0 dan 255 gacha bo'lishi mumkin). Bundan tashqari yana bir foydalanuvchi tomonidan aniqlanadigan ma'lumot turi (ob'ekt) — UserObject ko'zda tutilgan. MATLABda ma'lumotlarning hamma turlari massivlar bo'lib hisoblanadi. 4.3. Dasturlash turlari Dasturiy ta'minot bozorida MATLAB tizimi ilmiy-texnikaviy hisoblar uchun mo'ljallangan yuqori darajadagi dasturlash tili bo'lib hisoblanadi. SHunday qilib, dasturlash imkoniyatining mavjudligi ushbu tilning muhim afzalliklaridan biridir. Haqiqatan ham, murakkab masalalarni dasturlash va tizimning cheksiz kengayish imkoniyatlarining mavjudligi MATLAB tizimining universitetlar va ilmiy muassasalarda keng qo'lanilishiga sabab bo'ldi. MATLAB tizimida dasturlashning quyidagi turlari mavjud: protseduraviy; operatorli; funktsional; mantiqiy; tarkibiy (modulli); ob'ektga-yo'naltirilgan; vizual-yo'naltirilgan. MATLAB tarkibiy dasturlash mahsuldorligining yorqin namunasi bo'lib hisoblanadi. Uning ko'plab funktsiya va komandalari tugallangan modullar bo'lib, ular orasida axborot almashish kirish parametrlari (ayrim hollarda global o'zgaruvchilar) orqali amalga oshiriladi. Dasturiy modullar matnli m-fayllar ko'rinishida rasmiylashtiriladi va diskda saqlanadi. Ular zarur bo'lganda dasturlarga jalb qilinadi (qo'shiladi). Download 88.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling