4-mavzu: matlab tizimida dasturlash asoslari Reja


Download 88.72 Kb.
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi88.72 Kb.
#1502211
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu

Ob'ektga-yo'naltirilgan dasturlash ham MATLAB tizimida keng qo'llaniladi va u grafika masalalarini dasturlashda aktual bo'lib hisoblanadi.
Vizual-yo'naltirilgan dasturlash esa bloklar ko'rinishida berilgan qurilma va tizimlarni modellashga mo'ljallangan Simulink paketida o'z aksini topgan.

4.4. MATLAB tizimida operatorlar, komandalar va funktsiyalarning ikki tomonlamaligi



MATLAB tizimida komandalar (klaviaturdan kiritilganda bajariladi) va dasturiy operatorlar (dasturdan bajariladigan) orasidagi farq shartlidir. Ular dasturdan ham, to'g'ridan – to'g'ri hisoblashlar rejimida ham bajarilishi mumkin. Funktsiya ma'lumotlarni o'zgartiradi. Unga kirish parametrlari – argumentlarni ko'rsatib murojaat qilinganda ma'lum qiymatlarni qaytaradi. Masalan, sin(x) ga murojaat qilinganda x argumentning sinusiga teng bo'lgan qiymatni qaytaradi. SHuning uchun arifmetik ifodalarda funktsiyadan foydalanish mumkin, masalan, 2*sin(x+1). Funktsiyalar quyidagicha yoziladi:
f_nomi(Parametrlar ro'yxati)
Faqat bitta qiymat yoki bitta massivni qaytaruvchi funktsiyalarning nomi kichik harflar bilan yoziladi. Bir necha qiymat yoki massivlarni(masalan, X, Y, Z,...) funktsiyalar quyidagi shaklda yoziladi:
[X. Y, Z. ...] = f_nomi(Parametrlar ro'yhati)
Operatorlar va funktsiyalarning ikki tomonlamaligi katta ahamiyatga ega. Operatorlarning ko'pchiligi funktsiyalar ko'rinishidagi o'zlarining analoglariga ega. Masalan «+» operatorining analogi sum funktsiyasidir .
Command argument
ko'rinishidagi komandani
Command(' argument')
ko'rinishidagi funktsiya shaklida ham yozish mumkin.
Misollar:
» help sin SIN Sine.
SIN(X) is the sine of the elements of X.
Overloaded methods
help sym/sin.m
» help('sin') SIN Sine.
SIN(X) is the sine of the elements of X.
Overloaded methods
help sym/sin.m
» type('sin')
sin is a built-in function.
» type sin
sin is a built-in function.
Bunday ikki tomonlamalik protseduraviy yoki funktsional dasturlash usulini tanlashning asosida yotadi. Bir dasturning ichida ikkala usuldan ham foydalanish mumkin.



Download 88.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling