Mavzu: Fe’l so’z turkumi. Fe’l shakllari


Qo‘shma fe’lning komponenti bo‘lib keladi: Yol bashыnda tura qaldы Mirza (SHN). Ittifaq qыla almay, parishān barыb...(BN)


Download 19.97 Kb.
bet7/8
Sana14.03.2023
Hajmi19.97 Kb.
#1267306
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Fe’l so’z turkumi. Fe’l shakllari-fayllar.org

2. Qo‘shma fe’lning komponenti bo‘lib keladi: Yol bashыnda tura qaldы Mirza (SHN). Ittifaq qыla almay, parishān barыb...(BN).

3. Ko‘pincha takror qo‘llanadi. Bunda ham shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilish holati ko‘rsatiladi: Fыrāq otыna yana-yana keldim (Lutfiy). Tamshыy-tamshыy anы qыlay nөsh (Navoiy ML)

-u/-ү(unlidan keyin –yu/-yү) affiksi bilan yasalgan ravishdosh qadimgi yodgorliklarda keng qo‘llangan bo‘lib, eski o‘zbek tilida XV asrga qadar ancha aktiv iste’molda bo‘lgan, ma’nosi, funksiyasi bo‘yicha –a/-ә(-y) affiksli ravishdoshga yaqin turadi. Misollar: Kөz yashы yыg‘layu, tushәyin der ayaqыna (Sakkokiy). Aңa qarshu turu bilmәdi (QR). Qarыndashlarы anы avg‘a alu bardыlar (QR). Kishilәr Musa yalavachqa kәlү bashladыlar

Ravishdosh yasovchi –ban/-bәn (undoshdan keyin: -ыban/-ibәn//-uban/-ubәn) affiksi –b (-ыb/-ib//-ub/-үb) affiksiga –an/-әn qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan.Eski o‘zbek tilida she’riy asarlarda ishlatilgan bo‘lib, funksiyasi ham chegaralangan. Bu ravishdosh shakli shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilish holatini, sababini ko‘rsatadi.Misollar: CHыqtы ul mыңcha kishi atlanыban// ish qыlurg‘a barыsы qatlanыban (SHN). Quchuban yыg‘ladыm atam ayag‘ыn (Furqat). Ul anda qoldыsa aziz qadashыm//ham birgә kelibәn bolub yoldashыm.


  • Ravishdosh yasovchi –ban/-bәn (undoshdan keyin: -ыban/-ibәn//-uban/-ubәn) affiksi –b (-ыb/-ib//-ub/-үb) affiksiga –an/-әn qo‘shilishi bilan hosil bo‘lgan.Eski o‘zbek tilida she’riy asarlarda ishlatilgan bo‘lib, funksiyasi ham chegaralangan. Bu ravishdosh shakli shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilish holatini, sababini ko‘rsatadi.Misollar: CHыqtы ul mыңcha kishi atlanыban// ish qыlurg‘a barыsы qatlanыban (SHN). Quchuban yыg‘ladыm atam ayag‘ыn (Furqat). Ul anda qoldыsa aziz qadashыm//ham birgә kelibәn bolub yoldashыm.

    -g‘alы/-gәli//-qalы/-kәli affiksi bilan yasalgan ravishdosh ham turkiy tillarda qadimdan keng qo‘llanib kelgan bo‘lib, eski o‘zbek tilida ham aktiv iste’molda bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek tilida bu affiks –g‘ani(-qani/-kani) ko‘rinishida ishlatiladi.


    Download 19.97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling