Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/22
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1385870
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

Yaqin o`tgan zamon fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan bir 
oz oldin, ammo so`zlovchining ko`z oldida (yoki uning faol ishtiroki bilan) 
bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Masalan: Go`zal vodiydagi Gullar bog`i 
ko`klam libosi bilan bezandi (SH.R.). 
Yaqin o`tgan zamon fe’li sof fe’l negiziga –di qo`shimchasini qo`shish va 
tuslash bilan (I guruh tuslovchi) shakllanadi: 
Sh
ax

Son 
Birlik
Ko`plik 
Misol 
Z
amo
n
k
o
`rs
at
-
k
ic
h

Sh
ax
s-
so
n
q
o
`s
h
i
m
-ch
as

Misol
Z
amo
n
k
o
`rs
at
-
k
ic
h

Sh
ax
s-
so
n
q
o
`s
h
i
m
-ch
as


o`qidim
-di 
-m 
o`qidik
-di 
-k 


23 
II 
o`qiding 
-di 
-ng 
o`qidingiz 
-di 
-ngiz 
III 
o`qidi 
-di 

o`qidilar 
-di 
(-lar) 
Uzoq o`tgan zamon fe’li nutq so`zlanib turgan paytdan ancha oldin 
bajarilgan yoki bajarilmagan, ammo bu haqda nutq so`zlanib turgan paytda xabar 
qilingan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: SHoyi, atlas, chit, las ko`ylak; nimcha, 
durra, peshonabog`, xullas bor boricha yo`q holicha yasalgan (N. Safarov). 
Uzoq o`tgan zamon fe’li negiziga –gan sifatdosh qo`shimchasini qo`shish va 
tuslash bilan (II guruh «B» ko`rinishdagi tuslovchilar bilan) shakllanadi: 
Sh
ax

Son 
Birlik
Ko`plik 
Misol 
Z
amo
n
k
o
`rs
at
-
k
ic
h

Sh
ax
s-
so
n
q
o
`s
h
i
m
-ch
as

Misol
Z
amo
n
k
o
`rs
at
-
k
ic
h

Sh
ax
s-
so
n
q
o
`s
h
i
m
-ch
as


o`qiganman 
-gan 
-man 
o`qiganmiz
-gan 
-miz 
II 
o`qigansan 
-gan 
-san 
o`qigansiz 
-gan 
-siz 
III 
o`qigan 
-gan 

o`qiganlar 
-gan 
(-lar) 
Uzoq o`tgan zamon fe’li nutqda aniq eslash (yoki eslatish), kutilmaganda 
eslash, eshitilganlik kabi qo`shimcha modal ma’nolarga ham ega bo`ladi. Uzoq 
o`tgan zamonning bo`lib o`tgan ish-harakatni aniq eslash ma’nosi –gan 
sifatdoshiga edi (qisqa shaklida) to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o`qigan 
edim, o`qigan eding, o`qigan edi; o`qigan edik, o`qigan edingiz, o`qigan edilar 
kabi; kutilmaganda eslash ma’nosi –gan sifatdoshiga ekan (qisqa shakli –kan) 
to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash bilan: o`qigan ekanman, o`qigan ekansan, o`qigan 
ekan; o`qigan ekanmiz, o`qigan ekansiz, o`qigan ekanlar kabi; bo`lib o`tgan ish-
harakatning so`zlovchining boshqa shaxsdan eshitganligi –gan sifatdoshiga emish 
(qisqa shakli –mish) to`liqsiz fe’lini biriktirib tuslash orqali: o`qigan emishman, 
o`qigan emishsan, o`qigan emish; o`qigan emishmiz, o`qigan emishsiz, o`qigan 
emishlar kabi shakllanadi. Masalan: Nasibaning yuzidagi bo`g`riqish yo`qolib, 


24 
uning o`rnida nafislik paydo bo`lgan edi (X.No`’mon). Mirza Bahrom unday 
ma’no chiqishini sira ko`zda tutmagan ekan, o`sal bo`ldi (A.Qahhor). 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling