Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hozirgi zamon.
- Hozirgi-kelasi zamon
- Hozirgi zamon davom
- Kelasi zamon.
O`tgan zamon maqsad fe’li nutq so`zlangan paytdan ilgari bajarilishi maqsad qilingan, ammo voqe bo`lmagan ish-harakatni ifodalaydi. Masalan: U 26 bugun Malika bilan xoli gaplashib, ko`nglidagi hamma sir-asrorini to`kib solmoqchi edi (E.Usmonov). Ertasiga qishloqqa chiqadigan edi. O`tgan zamon maqsad fe’li -moqchi, -digan qo`shimchalarini olgan fe’l negiziga edi to`liqsiz fe’lini biriktirib (I guruh tuslovchilar bilan) tuslash bilan shakllanadi: Sh ax s Son Birlik Ko`plik Misol Zamon ko`rsat-kichi q o `s h i mch a Misol Z amo n k o `rs at - k ic h i q o `s h i mch a I o`qimoqch i edim, o`qiydigan edim, - moqchi+edi, -digan+edi -m o`qimoqchi edik, o`qiydigan edik, - moqchi+edi, -digan+edi -k II o`qimoqch i eding, o`qiydigan eding, - moqchi+edi, -digan+edi -ng o`qimoqchi edingiz, o`qiydigan edingiz, - moqchi+edi, -digan+edi -ngiz III o`qimoqch i edi, o`qiydigan edi, - moqchi+edi, -digan+edi - o`qimoqchi edilar, o`qiydigan edilar, - moqchi+edi, -digan+edi (-lar) Hozirgi zamon. Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytda bajarilgan yoki bajarilmaganini ifodalaydi. Hozirgi zamon fe’li qo`shimcha modal ma’nolariga ko`ra 2 turga bo`linadi: 1) hozirgi-kelasi zamon fe’li, 2) hozirgi zamon davom fe’li. Hozirgi-kelasi zamon fe’li nutq so`zlanib turgan paytda va undan keyin ro`y beradigan harakatni yoki doimiy harakatni ifodalaydi. Masalan: Bobur bu 27 chigal tugunlarni o`zi echilmasligini sezadi (P.Qodirov). YOshlikda zahmat chekib, ilm o`rgansang, kasb-hunar egallasang, qariganda rohat topasan (Koshifiy). Hozirgi-kelasi zamon fe’li sof fe’l negiziga –a, -y ravishdosh qo`shimchasini qo`shish va tuslash bilan hosil qilinadi: Shaxs Son Birlik Ko`plik Misol Zamon ko`rsat- kichi Shaxs- son qo`shim -chasi Misol Zamon ko`rsat- kichi SHaxs- son qo`shim -chasi I shaxs o`qiyman, boraman -y, -a -man o`qiymiz, boramiz -y, -a -k II shaxs o`qiysan, borasan -y, -a -san o`qiysiz, borasiz -y, -a -ngiz III shaxs o`qiydi, boradi -y, -a -di o`qiydilar, boradilar -y, -a -di(-lar) Hozirgi zamon davom fe’li ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytda aniq davom etayotganini bildiradi: Mustaqillikka erishganimizdan so`ng xalqimizning o`z yurti, dili, tarixini bilishga qiziqish ortib bormoqda (I.Karimov). Sh ax s Son Birlik Ko`plik Misol Zamon ko`rsat- kichi q o `s h imch a Misol Zamon ko`rsat -kichi qo`shim- cha I o`qiyapman, o`qimoqdaman, o`qiyotibman -yap, -moqda, -yotib -man o`qiyapmiz, o`qimoqdamiz , o`qiyotibmiz -yap, - moqda, -yotib -miz 28 II o`qiyapsan, o`qimoqdasan, o`qiyotibsan -yap, -moqda, -yotib -san o`qiyapsiz, o`qimoqdasiz, o`qiyotibsiz -yap, - moqda, -yotib -siz III o`qiyapti, o`qimoqda, o`qiyotibdi -yap, -moqda, -yotib -ti - -di o`qiyaptilar, o`qimoqdalar, o`qiyotibdilar -yap, - moqda, -yotib -ti(-lar) - -di(-lar) SHuningdek, murakkab fe’l tarkibida qo`llangan yot, yur, tur, o`tir ko`makchi fe’llarni tuslash bilan ham hozirgi zamon davom fe’li hosil qilinadi: o`qib yotibman, o`qib yuribman, o`qib turibman, o`qib o`tiribman kabi. Kelasi zamon. Bu zamondagi fe’llar ish-harakatning nutq so`zlanib turgan paytdan so`ng bajarilish yoki bajarilmasligini ifodalaydi. Kelasi zamon fe’li qo`shimcha modal ma’nolariga ko`ra ikki turga bo`linadi: 1) kelasi zamon gumon fe’li; 2) kelasi zamon maqsad fe’li. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling