Mavzu: Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/22
Sana23.04.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1385870
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
130629 Fe’llarning zamon, mayl va shaxs kategoriyalari. Fe’lning vazifadosh shakllari va modal shakllari. Fe’l yasalishi.

Buyruq-istak mayli. Bu mayldagi fe’l kelasi zamonga oid bo`lib ish-
harakatni bajarish yoki bajarmaslik haqida buyurish, so`rash, istash, iltimos, 
maslahat, undash-chaqirish kabi ma’nolarni anglatadi va III guruh tuslovchi 
affikslar bilan o`zgaradi: o`qiy (o`qiyin), o`qigin (o`qi), o`qisin; o`qiylik, o`qingiz, 
o`qisinlar kabi. 


31 
Buyruq-istak maylining I shaxsi istak iltimos, undash-chaqirish ma’nolarini 
(I shaxsda buyurish, iltimos ma’nolari ifodalanmaydi); II-III shaxsi buyruq, 
iltimos, maslahat o`rni bilan do`q kabi ma’nolarni ifodalaydi va ma’nolarning har 
biri o`ziga xos intonatsiya bilan ajralib turadi. Masalan: 1. O`z shaxsiy foydangni 
izlama, xalqning foydasini izla, xalqqa mashaqqat yukki tushirib, uni qiynama, 
o`zing yuk ko`taruvchi bo`l (YUsuf Xos Xojib). 2. Naqadar buyuk zamonda 
yashayotganligimizni unutmaylik (I.Karimov) birinchi misolidagi izlama, izla, 
qiynama, bo`l fe’llari II shaxs (nol ko`rsatkichli shaklda)da kelib maslahat, iltimos 
kabi ma’nolarni, ikkinchi misoldagi unutmaylik fe’li I shaxs ko`plikda kelib, shu 
harakatni bajarishga undash, shu bilan birga istak, xohish kabi ma’nolar bildiriladi. 
Shart (istak) mayli. Bu mayldagi fe’l birinchidan, ma’lum ish-harakatning 
yuzaga chiqishi uchun undan oldin bajarilishi shart bo`lgan ish-harakatni 
ifodalaydi. Bunda shart maylidagi fe’l ergash gapning kesimi vazifasida keladi. 
Masalan: Bolalaring senga qanday munosabatda bo`lishini istasang, ota-onangga 
ham shunday munosabatda bo`l (Tafakkur gulshani). Ikkinchidan, bu shakldagi 
fe’lning o`zi orzu-istak, xohish, maslahat, iltimos kabi ma’nolarni ifodalaydi va 
sodda gapning yoki qo`shma gaplarda bosh gapning kesimi vazifasida qo`llanadi: 
Qani endi inqilob bo`lsa-yu, mehnatkash xalq xonni ag`darib mamlakatni o`zi 
idora qilsa, hamma erkin nafas olsa (N.SHaripov). Qani endi bu qirlarga 
ko`klamda chiqsang. Onajon, shu suratni menga bersangiz (A.Q.) 
Ko`rinadiki, shart maylidagi fe’l kelasi zamon tushunchasini anglatib, shart-
istak ma’nosi fe’lning buyruq-istak maylidan bosh shaklga –sa qo`shimchasini 
qo`shish va tuslash orqali shakllanadi: o`qisam, o`qisang, o`qisa; o`qisak, 
o`qisangiz, o`qisalar kabi. 
Shart mayli formasidagi fe’l edi, ekan to`liqsiz fe’llar bilan; kerak, bo`lmoq, 
ehtimol kabi modal ma’noli so`zlar bilan birga qo`llanishi mumkin: o`qisa edi, 
o`qisa ekan; o`qisa kerak, o`qisa bo`ladi kabi. Bunday shaklda kelgan fe’llar tilak, 
orzu, gumon, noaniqlik kabi ma’nolarni bildiradi: Nahotki Muqaddas shu 
yotoqxonada tursa? (O.Y.). bu erda sho`r imoratning ofati bo`lsa kerak (A.Q.). 
Xo`sh, endi sizlarga nima sovg`a bersam ekan (O.). 


32 
Shuningdek, shart maylidagi fe’l qo`shma gapning bir necha turlarida ergash 
gapni bosh gapga bog`lash uchun xizmat qiladi: Ertalab derazadan qarasam
hamma yoq oppoq... (O.). To`tiqiz... dugonasini o`ylasa, xolasi o`z ko`ksida panoh 
topgandek bag`riga kirib olgan jiyanini o`ylar edi (M. Ismoiliy). 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling