Fe’llarning yasalishi. O`zbek tilida fe’llar so`z yasalish xususiyatiga ega.
Fe’llar ikki xil usul bilan yasaladi: morfologik (affiksatsiya) usuli va sintaktik
(kompozitsiya) usuli.
1. Morfologik usulga ko`ra, maxsus fe’l yasovchi affikslar yordamida
boshqa so`z turkumlaridan (ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov, taqlidiy
so`zlardan) fe’l yasaladi.
Hozirgi o`zbek tilida fe’l yasashda quyidagi so`z yasovchi affikslar
qo`llanadi:
-la affiksi: kuyla, bahola; tozala, oqla; sizla; tezla, sekinla; ufla, dodla;
shitirla, shivirla kabi. Bu affiks unumdor fe’l yasovchi affiks sanalib, barcha so`z
turkumlaridan fe’l yasaydi.
-a affiksi: tuna, o`yna; qiyna, yasha; guldura, shildira kabi. Bu affiks
yordamida ot, sifat, taqlid so`zlardan fe’l yasaladi.
-r (-ar) affiksi: eskir, qisqar, ko`kar kabi. Bu affiks yordamida sifat asosidagi
fe’l yasaladi.
-y (-ay) affiksi: ulg`ay, kuchay, qoray; ko`pay, ozay kabi. Bu affiks sifat va
ravish asosidan fe’l yasaladi.
-sira affiksi: suvsira, yotsira; sizsira, sensira kabi. Bu affiks bilan ot, sifat,
olmoshdan fe’l yasaladi.
-lan affiksi: otlan, shodlan, zavqlan, ikkilan kabi. Bu affiks tuzilishiga ko`ra
qo`shma (-la+n) bo`lib, ot, sifat, sondan fe’l yasaydi hamda fe’l nisbat (o`zlik)ni
shakllantiradi.
-lash affiksi: gaplash, bahslash, birlash, salomlash, xayrlash kabi. Bu affiks
ham tuzilishiga ko`ra qo`shma (-la+sh) bo`lib, u ot, son, undov so`zdan fe’l
yasaydi hamda fe’l nisbati (birgalik nisbat)ni shakllantiradi.
33
-i affiksi: changi, boyi, tinchi kabi. Bu affiks bilan ot va sifatdan fe’l
yasaladi.
-ik (-iq) affiksi: yo`liq, do`riq, birik, kechik kabi. Bu affiks yordamida ot,
sifat, son, ravishdan fe’l yasaladi.
-qir, -ira, -illa affikslari: hayqir, yarqira, yaltira, miltira; taqilla, gurilla,
vishilla kabi. Bu affikslar yordamida undov va taqlid so`zlardan fe’l yasaladi.
-ir (-ur) affiksi: gapir, tupur. Bu affiks ham unum so`z yasovchi affiks
bo`lib, u ot va undov so`zdan fe’l yasaydi.
-ka, -sa affikslari: ham unum so`z yasovchi affikslar bo`lib, bu affikslar
yordamida otdan fe’l yasaladi: iska, suvsa kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |