Mavzu: Fermentlar. Fermentlar faolligini boshkarish. Fermentlar ingibitorlari. Fermentlar kullanilishi. Tibbiy enzimologiya. Vitaminlar. Yog’da eruvchi vitaminlar. Tuzil


Vitamin D organizmda quyosh nuri ta’sirida hosil boMadi


Download 206.1 Kb.
bet4/4
Sana21.02.2023
Hajmi206.1 Kb.
#1218043
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu

Vitamin D organizmda quyosh nuri ta’sirida hosil boMadi

Juda ko‘p a’zolaming hujayralarida, T-, B-limfositlarda 1,25-dioksixolekalsiferol retseptorlarining topilishi vitaminning hujayralar, jumladan fagositlar, limfositlaming differensirovkasi va faoliyatidagi katta ahamiyatini ko‘rsatadi.
Vitamin D tankisligida ingichka ichakning shilliq qavatida dis- trofik o‘zgarishlar yuz beradi, bu esa ichakning faoliyatini ayniqsa so‘rish qobiliyatini pasaytiradi. D-gipovitaminozda lipidlar almashi­nuvi buziladi - qonda umumiy xolesterin, erkin yog‘ kislotlari va fosfatidiletanolaminlaming miqdori jigarda lipidlar almashinuvi buzilishi natijasida ortadi.
Vitamin E. Vitamin E bir-biridan aromatik yadrosidagi metil guruhlari soni va joylashishi bilan farq qiluvchi tokoferolning hosilalari-tokoferollardir. tokoferol eng yuqori aktivlikka ega. Vitamin E sariq rangli, moy ko‘rinishiga ega, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, kislota, ishqorlar va qizdirishning ta’siriga chidam-

  1. lekin oksidlovchilar ta’siriga chidamsiz. Shu bilan birga havo kislorodi va ultrabinafsha nurlarga ham. Tokoferollar faqat o‘sim- liklaming yashil qismida ayniqsa boshoqlilaming maysalarida ho­sil bo‘ladi. Ular o'simlik moylarida ko‘p bo‘ladi. Hayvon mah- sulotlarida tokoferollar kam.







Odam va hayvonlarda tokoferollar ingichka ichakda oddiy dif- fuziya yo‘li bilan so‘riladi. Ovqatda yog‘lar bo‘lganda va o‘t kis­lotalari ishtirokida, iste'mol qilingan tokoferollaming 50% so‘rila- di. Xilomikronlar tarkibida limfa va qonga tashiladi. So‘rilmagan tokoferollar najas bilan chiqariladi, metabolitlar esa konyugatlar holatida siydik bilan chiqariladi. Bir kecha-kunduzli ehtiyoj - 5 mg.
Vitamin E boshqa yog‘da eruvchi vitaminlar bilan birgalikda- gi asosiy vazifasi - organizm a’zo va sistemalari hujayralari mem- branalarining tarkibi va funksiyalarini boshqarishdir. Bu boshqarish uning kuchli hujayra ichi antioksidantlik faoliyatiga bogMiq boMib, fosfolipidlar to4yinmagan yog4 kislotalarini peroksidlanishdan saqlab, ulami tarkibini barqarorlashtirgan holda amalga oshiriladi.
Vitamin E organizm sistema va a’zolari hujayralari mem- branasi tuzilishi va funksiyasiga, membranaga bogMiq fermentlar aktivligiga, nuklein kislotalar, oqsillar, lipidlar va uglevodlar, shuningdek energiya almashinuviga boshqaruvchilik ta’sirini ko4rsatadi. U kuchli antioksidantlardan biri sanaladi va ksenobio- tiklar zararlanishida ishtirok etadi. Uning antioksidant xususiyatlari selenga bog4liq; vitamin A ning biologik faolligini oshiradi, yon zanjirlami oksidlanishdan muhofaza qiladi; tashqi muhitning nega- tiv omillariga organizmning rezistentligini oshiradi; organizmning immun sistemasini koMaradi; abort va homila tashlashning oldini oladi; ovogenez va spermatogenezni boshqaradi.
Vitamin E yetishmovchiligida eritrotsitlaming peroksidli ge- molizga moyilligi ortadi; urug4donlar atrofiyasi, homiladorlikda homilaning so'rilishi kuzatiladi; mushak distrofiyasi, jigar nekrozi, miyaning tarkibiy qismlarining, ayniqsa miyachani yumshashi kuzatiladi. Membrana retseptorlarining gormonlarga sezuvchanligi pasayadi.
Vitamin K. Vitamin К yon zanjirlari bilan farqlanuvchi 2-metil-

  1. naftoxinon hosilalari gumhini birlashtiradi. Ulaming hammasi suvda erimaydi va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Havo kis- lorodi bilan oson oksidlanadi. Vitamin К da asosan yashil o‘sim- liklar, ayniqsa karam boy. Hayvonlardan olingan mahsulotlarda esa vitamin К miqdori kam boMadi. Masalan, cho‘chqa jigarida 0,4-0,8 mkg/g. Bir kecha-kunduzli ehtiyoj - 1-2 mg.

U filloxinon (K,) va menaxinon (K^) ko‘rinishida boMadi, sun’iy ravishda uning sintetik analoglari: menadion, vikasol, sinkavitlar olingan.
Vitamin K2 (n=6)
Vitamin К odamda normal ichak mikroflorasi tomonidan sin- tezlanadi. Ovqatdagi vitamin К ko‘proq ichakning proksimal qis- midan o‘t kislotalari va pankreatik lipaza ishtirokida so‘riladi. Qonda vitamin albumin bilan birikadi, a’zo va to‘qimalarga borib, u yerda faol shakllariga aylanadi. Jigar, taloq va yurakda to‘planadi, siydik bilan chiqariladi.
Vitamin К membrana fosfolipidlari, glkoproteidlar, lipoproteid- lar va nerv hujayrasining muhim fosfolipidi - sfingozin sintezida qatnashadi. Vitamin К erkin radikal reaksiyalarning va peroksi- dlami membranalarga yopishishining to‘xtashiga ijobiy ta’sir qila­di. To‘qimalarga nur ta’sir etganda vitamin К membranalarni bir me’yorda saqlashga yordam beradi va xuddi vitamin E kabi mem- branalaming gormon retseptorlari sezgirligini oshiradi.
К vitaminining asosiy biologik ahamiyati shundan iboratki, u jigarda qon ivishini ta’minlovchi oqsillar sintezida qatnasha­di. Shu jarayonda vitamin К oqsil molekulalrida glutamin kis­lota qoldiqlarining a-karboksillanish reaksiyalarida, jumladan preprotombindan protrombin hosil bo‘lishida koferment sifatida qatnashadi. Vitamin К yetishmasligi qon ivishini sekinlashtiradi, natijada qon ketish va gemoiTagik belgilar rivojlanishiga imkoniyat tug‘iladi. Glutamin kislotaning p-karboksillanishi faqatgina vitamin К miqdoriga emas, balki membranalardagi fosfolipidlar miqdoriga ham bog‘liq.
Yogda eruvchi vitaminlaming yoshga bogliq holda qolla- nilishi, raxitni kelib chiqishi va uni oldini olish. Yog'da eruv­chi vitaminlaming miqdori yoshga bogMiqdir. Jumladan, ulaming asosiy qismi ona suti bilan kiradi va bolaning osishi, rivojlanishi ichun yetarli boladi. Bolalarda vitamin A yetarli bo‘lishi bola
organizmining immun tizimini faol ishlashini ta’minlaydi. Ular an- tigenga javoban reaksiya hosil boMishi va saqlanishini ta’minlaydi. Hozirgi vaqtda bolalami turli xil vaksinalar bilan emlashdan oldin, ulaming immun tizimi vitamin A yordamida saplementatsiya yoMi bilan faollashtiriladi, so‘ng emlanadi. Bu esa emlash samaradorligi- ni oshirishga va immun xotiraning uzoq muddat saqlanishiga olib keladi.
D-gipovitaminozda organizmdagi oqsil almashinuvida o‘zga- rishlar kuzatiladi. Taloq va timusda parchalanishini ortishi bilan uning sintezi pasaygan. Shunday hollarda bolalar va kattalarda suyaklaming demineralizatsiyasi yuz beradi, uncha kuchli boMmagan ta’sirlar suyaklar sinishiga olib keladi. Qon zardobida Ca va P miqdori ortishi hisobiga yumshoq to‘qimalarda Ca yigMladi va buyraklarda tosh hosil boMadi.
Vitamin D2 prooksidant xususiyatga ega boMgan kislotalami, hujayra membranalarining fosfolipidlarini oksidlanishidan saqlay­di. Vitamin D yetishmasligining organizmdagi modda almashinu- viga salbiy ta’siri immun sistemada ham o‘z aksini topadi.








Download 206.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling