Mavzu: Fermer xo`jaligida yerning sho`rlangan kartasini tuzish va shu asosida sho`r yuvishni tashkil etish Reja
Download 70.36 Kb.
|
Fermer xo`jaligida yerning sho`rlangan kartasini tuzish va shu asosida sho`r yuvishni tashkil etish
Yopiq zovurlarning ahamiyati shundaki, ular sizot suvlar sathiga butun dala bo’ylab yoki butun sug’oriladigan massiv bo’yicha bir xilda ta’sir ko’rsatib, sug’orishdan yoki sho’r yuvishdan keyin sizot suvlar sathi tezda pasayadi va shu tufayli sizot suvlarini maqbul chuqurlikda saqlab turish imkoniyatini tugdiradi.
Yopiq zovurlar qurilishi bilan ochiq zovurlardan tubdan farq qiladi .Ularni qurishda kovushli ekskavator bilan tegishli chuqurlikda transheya qaziladi. Transheyaning tubi tekislanib, 10-15 sm qalinlikda shag’al filtrlar to’shaladi, shag’al filtr ustidan uzunligi 33-100 sm bo’lgan sopol yoki 3-4 m asbestosement quvurlar bir-biriga kiyishtirilgan holda yotqizib chiqiladi. Quvurlar 0,003-0,004 nishablikda yotqizilishi kerak. Quvurlar tekis yotqizilib bo’lingandan keyin ularning ustiga yana shag’al filtrlar solinib transheya ehtiyotlik bilan ko’miladi va zichlanadi. Yopiq zovurlarning ish faoliyatini kuzatish uchun har 300-400 m masofada nazorat quduqlari qilinadi. Yopiq zovurlarning tarkibi joylashtirish chuqurligi, orasidagi masofa, sizot suvlariga ta’sir doirasi, sizot suvlarining zovurlarga oqib kelishi ochiq zovurlarniki singaridir. Lekin yopiq zovurlarning konstruksiyasi, tuproqning suv-fizik xossalari, suv o’tkazmaydigan qatlam chuqurligiga qarab ularning orasidagi masofaga nisbatan kamroq bo’lishi mumkin. Sug’oriladigan sho’rlangan va botqoqlanadigan yerlarda ochiq, yopiq zovurlar bilan birga tik zovurlardan ham foydalanib kelinmoqda. Tik zovurlar ochiq va yopiq zovurlarga qaraganda tuproqni tezroq va chuqur sho’rsizlantiradi, sizot suvlar sathini chuqurlashtiradi hamda ularning minerallashganlik darajalarini ko’proq kamaytiradi. Tik zovurlar ochiq va yopiq zovurlar bilan birga aralash holda qo’yilishi yoki o’zi alohida qurilgan bo’lishi mumkin. Tik zovurlarni qurish uchun oldin quduqlarning samarali ish chuqurligi, joyning relyefiga qarab joy tanlash, tuproq qatlamlarining geometrik tuzilishi, gidrogeologik sharoitlari tadqiqot qilinadi hamda shu tadqiqotlar asosida tik zovurlarni qurish ishlarining loyihasi ishlab chiqiladi. Tik zovurlar yuqorida ko’rsatilgan omillarga bog’liq holda 30-70 m dan 100-150m gacha (ba’zan bundan ham chuqur bo’lishi mumkin) chuqurlikda bo’ladi. Ularni qurish uchun dastlab 40-90 sm diametrda burg’u quduqlari kovlanadi. Burg’u quduqlarga 30-50 sm diametrlik metall quvurlar joylashtiriladi, quduq devorlari bilan metall quvur oralig’idagi bo’shliq shag’al (5-15 mm) filtrlar bilan to’ldiriladi. Quvurlarning yer yuzasida 10-15 m dan keyingi qismida teshikchalar qilinadi. Bu teshikchalardan suvlar oqib kiradi. Quvurda to’plangan suv maxsus elektr nasoslar yordamida yer yuziga chiqariladi. Tik zovurlarda geologik va gidrogeologik sharoitlarga qarab sizot suvlarining sathi 5-6 m dan 15-20 m gacha pasayadi. Ularning suv sarfi (debiti) 5-10 l/sek dan 150 - 200 l/sek gacha bo’ladi. Xulosa Bitta tik zovurning ta’sir doirasi 800-1000 m yoki 100-150 gektardan 150-300 gektargacha etadi. Tik zovurlar ma’lum maydonlarga yoki gidrogeologik sharoitlari bo’yicha maxsus yo’nalish chizig’ida joylashtiriladi. Ularning orasidagi masofa 1,5-2 sm, hatto bundan ko’p ham bo’lishi mumkin. Tik zovurlardan chiqarilgan suvlarning sifatiga qarab turli ehtiyojlarda ishlatish mumkin. Masalan chiqarilgan suvning minerallashganlik darajasi juda kam bo’lsa undan aholi va chorvani suv bilan ta’minlashda va qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda ishlatish mumkin, chiqarilgan suv kuchsiz va o’rtacha (3-6 g/l) minerallashgan bo’lsa bunday suvlarni qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orishda qo’llash uchun maxsus sug’orish texnologiyasi talab qilinadi. Tik zovurlardan chiqarilgan suvlar kuchli minerallashgan bo’lganda ular maxsus tarmoqlar orqali ochiq zovurlarga yoki kollektorlarga oqiziladi. Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida yopiq va tik zovurlardan samarali foydalanish muhim masala hisoblanadi. Zovur tarmoqlari ilmiy asoslangan talablar bo’yicha qurilganda va to’g’ri foydalanilganda, ular doimo faoliyat ko’rsatib tuproqning suv va tuz rejimlarini tartibga tushirib, unumdorligini oshirib boradi. Aksincha zovur tarmoqlari sifatsiz qurilganda va noto’g’ri foydalanilganda ularning ish faoliyati buziladi, tez ishdan chiqadi, tuproqda sho’rlanish va botqoqlanish jarayoni boshlanadi, natijada yerrning meliorativ holati yomonlashadi hamda tuproq unumdorligi keskin kamayib boraveradi. Download 70.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling