Mavzu: Fitopatogen viruslar manbalari va kasalliklariga qarshi kurash Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 250.58 Kb.
bet4/5
Sana06.05.2023
Hajmi250.58 Kb.
#1434323
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fitopatogen viruslar manbalari va kasalliklariga qarshi kurash

2.3.Viruslarning toza preparatlari


Viruslarning tuzilishi Hayotda viruslarning xilma-xil turlari uchraydi. Viruslar bir-biridan oʻlchami, shakli va hayot sikli jihatidan farq qiladi. Agar bu siz uchun qiziq boʻlsa, sizga ViralZone veb saytini tavsiya etamiz. Tasodifiy virus nomlariga bossangiz, turli xil oʻlcham va shakldagi viruslarni topasiz!Viruslar quyidagi umumiy xususiyatlarga ega:

  • Kapsid deb ataluvchi oqsil qobiq

  • Kapsid ichida joylashgan DNK yoki RNKdan tashkil topgan genom

  • Gʻilof deb ataluvchi membrana qavati (hamma viruslarda ham uchramaydi)

Keling, ushbu jihatlarni batafsil koʻrib chiqamiz.
Viruslarning tuzilishi. Eng tashqi qavat – gʻilof membrana. Gʻilof ichida kapsid, uning ichida esa nuklein kislotali genom joylashgan.
Rasm quyidagi manzildan olingan: “Scheme of a CMV virus.” Emmanuel Boutet tomonidan olingan, CC BY-SA 2.5. Moslashtirilgan rasm CC BY-SA 2.5 litsenziyasi orqali tasdiqlangan.Virus kapsidlari Kapsid virusning oqsil qobigʻi boʻlib, bir qancha oqsil molekulalaridan tashkil topgan (bitta yirik oqsil molekulasidan emas). Kapsidni hosil qiluvchi oqsillar kapsomer deb ataladi. Kapsid oqsillari virus genomi orqali kodlanadi (sintezlanadi), yaʼni bu oqsillar viruslar boshqaruvi ostida xoʻjayin hujayra tomonidan sintezlanadi. Kapsidlar turli xil shakllarda boʻladi, lekin koʻpincha quyidagi turlari koʻproq uchraydi:

  1. Ikosaedrik – ikosaedrik kapsidlarning 20 ta tomoni boʻlib, 20 ta tomonli geometrik shakli ikosaedr nomi bilan ataladi.

  2. Tolasimon – tolasimon kapsidlar ingichka, chiziqli va ipga oʻxshash tuzilishi sababli shunday nom olgan. Ular yana tayoqchasimon yoki spiralsimon deb atalishi mumkin.

  3. Bosh-dum – bu turdagi kapsidlarga ikosaedrik va tolasimon kapsidlar oʻrtasidagi gibrid deb qarash mumkin. Ular odatda ikosaedrik bosh va tolasimon dum kabi qismlardan tashkil topgan boʻladi.

Ikosaedrik (deyarli sferik), tolasimon (tayoqchasimon) va bosh-dumli (ikosaedrik bosh tolasimon dumga birikkan) virus kapsidi turlari.
Rasm quyidagi manzildan olingan “Non-enveloped icosahedral virus,” “Non-enveloped helical virus,” va “Head-tail phage,” Anderson Brito tomonidan, CC BY-SA 3.0. Oʻzgartirilgan rasm CC BY-SA 3.0 litsenziyasi orqali tasdiqlangan.Virus gʻiloflari Baʼzi viruslarda kapsidlar bilan birga uni tashqaridan oʻrab turuvchi, lipiddan tashkil topgan gʻilof deb ataluvchi membrana ham mavjud.Ushbu gʻilofga ega viruslar undagi lipidlarni oʻzi sintez qila olmaydi. Buning oʻrniga ular xoʻjayin hujayradan oʻzlariga kerakli lipidni “qarzga oladi”. Gʻilof tarkibidagi virus orqali kodlanuvchi oqsillar koʻpincha virusning xoʻjayin organizmga yopishishiga yordam beradi.
Gʻilofli ikosaedrik viruslarning tuzilishi Rasm quyidagi manzildan olingan: “Enveloped icosahedral virus,” by Anderson Brito, CC BY-SA 3.0. Oʻzgartirilgan rasm CC BY-SA 3.0 litsenziyasiga ega.Garchi gʻiloflar keng uchrasa-da (xususan, hayvon viruslarida), ular hamma virusda ham boʻlavermaydi (yaʼni bu hamma viruslarga xos universal xususiyat emas).Virus genomi Har bir virusning nuklein kislotadan tashkil topgan genetik materiali (genomi) mavjud. Biz va boshqa biz kabi hujayraviy hayot shakllarida DNK asosiy genetik materialdir. Viruslarda esa nuklein kislotalarning ikki turi – DNK yoki RNKdan bittasi genom vazifasini bajarishi mumkin.Biz koʻpincha DNKni ikki qavatli, RNKni esa bir qavatli deb hisoblaymiz, chunki bizning hujayralarimizda ular shunday tuzilgan. Lekin viruslarda bunday holatning toʻrt xil turi boʻlishi mumkin: qoʻsh zanjirli DNK, qoʻsh zanjirli RNK, bir zanjirli DNK, bir zanjirli RNK. Virus genomi turli xil shakl va oʻlchamlarda boʻlib, ular odatda boshqa tirik organizm genomlaridan koʻra kichikroq boʻladi. Shuni taʼkidlash kerakki, DNK va RNKli viruslar tirik organizmlarniki bilan bir xil genetik koddan foydalanadi. Agar bunday boʻlmaganda, ular xoʻjayin hujayra ichida umuman koʻpaya olmagan boʻlardi!Har kunlik hayotimizda virusni yuqtirish deganda gripp yoki suvchechak kabi kasalliklarda yuzaga keladigan yoqimsiz simptomlar toʻplami koʻz oldimizga keladi. Lekin virusni yuqtirib olganimizda tanamizda aslida nima sodir boʻladi?Mikroskopik jihatdan olib qaralganda virusning yuqishi deganda koʻp virus hujayralarimizdan koʻpayish uchun foydalanayotgani tushuniladi. Virusning hayot sikli deganda virus organizmni tanib, uning ichiga kirishi va oʻzidagi DNK yoki RNKdan foydalanib qaytadan shakllanishi va xoʻjayin organizmdan foydalanib koʻproq virus hosil qilishi bosqichlari tushuniladi.
Odatdagi viruslarda hayot sikli beshta katta bosqichga boʻlinadi: (lekin ushbu bosqichlar turli xil viruslarda har xil amalga oshishi mumkin):
Virus yuqishi bosqichlari, (RNKli virus uchun tasvirlangan)

  1. Xoʻjayin hujayraga yopishish. Virus hujayra yuzasidagi retseptorga birikadi.

  2. Virusning hujayra ichiga kirishi. Virus hujayra ichiga endositoz orqali kiradi. Sitoplazmada kapsid boʻlinib (parchalanib), RNKli genomni ajratadi.

  3. Replikatsiya va gen ekspressiyasi. RNKli genomdan nusxa olinadi va hujayra ribosomalaridan foydalanib virus oqsillari sintezlanadi. Kapsid oqsillarini oʻz ichiga oluvchi virus oqsillari sintezlanadi.

  4. Yigʻilish. Kapsid oqsillar va RNKli genom birgalikda jamlanib, yangi viruslarni hosil qiladi.

  5. Hujayradan tashqariga chiqish. Hujayra qobigʻining yorilishi orqali yangi viruslar hujayrani tark etadi va boshqa hujayralarni zararlaydi.


  1. Download 250.58 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling