Mavzu: Fitosenologiyaning tarixi. Reja


Download 29.61 Kb.
bet1/5
Sana01.05.2023
Hajmi29.61 Kb.
#1418654
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Fitosenologiyaning tarixi.


Mavzu: Fitosenologiyaning tarixi.


Reja

  1. Fitosenologiya haqida tushuncha, fanining predmeti va ob’ekti

  2. Fitosenologiya fanining maqsad va vazifalari

  3. Fitosenologiya faninng rivojlanish tarixi

Tayanch so’z va iboralar: fitosenologiya, ob’yekt, predmet, Gams, Lavrenko, Sukachev, fitologiya, geobotanika, O’zbekiston o’simliklar qoplami, O’zbekiston florasi, o’zbekistonlik olimlar


  1. Fitosenologiya haqida tushuncha, fanining predmeti va ob’ekti

Fitosenologiya (phyton-o’simlik, senosis-umumiy va logos-fan) Yer yuzidagi o’simliklar jamoasi haqidagi fan. Geobotanika deganda fitotsenologiyaning sinonimi yoki fitotsenologiya bilan botanik geografiyaning majmuasi yoki fitotsenologiya, botanik geografiya va o’simliklar geografiyasi kabi bo’limlarning umumiy majmuasi tushuniladi. Fitotsenologiya termini 1918 yilda Daniyalik olim Gams tomonidan taklif etilgan. Shundan buyon bu so’z geobotanika so’zining sinonimi sifatida ishlatilib kelinmoqda. U botanika va geografiya fanlarining ajralmas bir qismi bo’lib, o’simliklarning yer yuzida tarqalishi va joylashish qonuniyatlarini o’rganadi. Boshqacha qilib aytganda, Yer sharida tarqalgan o’simliklar jamoasi va undagi qavmlar (fitotsenozlar) ning tuzilishi, tarkibi va taraqqiyotini tuproq, iqlim, geologik omillarga bog’lab o’rganuvchi fan tushuniladi va u alohida o’simlik yoki florani emas, o’simliklar guruhini, qoplamini, uyushmasini dunyo floristik oblastlari bo’yicha o’rganadi.
Oʻsimlik jamoalari, jamoa hosil qiluvchi oʻsimliklarning oʻzaro va biotsenozlarning boshqa komponentlari bilan aloqasini oʻrganadi. Fitosenologiya fitotsenozlarning tashkil togtishi, almashinib turishi, yer yuzasida tarqalishi va tasnifi bilan ham shugʻullanadi. F.ning paydo boʻlishi 19-asr oxirida oʻsimlik qoplamlari toʻgʻrisidagi tushunchalarning rivojlanishi bilan bogʻliq.
Fitosenologiya bir necha yoʻnalishda rivojlandi. Nemis olimi A. Gumboldt Fitosenologiyaning geografik yoʻnalishini asoslab bergan. Mazkur yoʻnalishning rivojlanishida rus olimi V. V. Dokuchayev, rus geobotaniklari G. N. Visotskiy, A. Ya. Gordyagin, B.A.Kellerning xizmatlari katta. 19-asrga kelib fitotsenozning tuzilishi haqidagi materiallar toʻplandi (avstraliyalik botaniklar Y. Lorens, 1858; A. Kerner, 1863; finlyandiyalik botanik R. Xult, 1881 va boshqalar). ZXalqaro botanika kongressidan (1910) keyin elementar taksonomik birlik sifatida assotsiatsiya kabul qilindi, fitotsenozlarni oʻrganish va assotsiatsiyalarga ajratishda har xil yoʻnalishlar shakllandi.
Yerdagi oʻsimliklarga oid ekologik tadqiqotlar G. Valter ishlarida umumlashtirilgan. Fitotsenozlarni oʻrganishning biologik yoʻnalishini shveysariyalik botanik O. P. Dekandol asoslab berdi (1820, 1832). Bu yoʻnalish Ch. Darvinniig "Turlarning kelib chiqishi" (1859) asari nashr etilgach, rivojlana boshladi. Dekandol va Darvin izdoshlari oʻsimlik jamoalarining tarkibi, strukturasi va oʻzgarishi.faqat iklim va tuproq sharoiti bilan emas, balki oʻsimliklar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar bilan ham belgilanishini koʻrsatishgan. 19-asrning 70—80-yillarida mazkur yoʻnalish rus olimlari N. F. Levakovskiy va S. I. Korjinskiy, soʻngra (20-asrda) G. F. Morozov va V. N. Sukachev ishlarida rivojlantirildi. Fitotsenozlardagi oʻsimliklar oʻzaro aloqasining oʻrganilishi eksperiment al Fitosenologiyani yuzaga keltirdi.
Fitosenologiya oʻsimliklarning faqat tabiiy jamoasini emas, inson tomonidan yaratilgan sunʼiy jamoasi (agrotsenozlar)ni ham oʻrganadi.
Fitosenologiya. da oʻsimlik jamoalarini marshrut, statsionar, eksperimental va matematik oʻrganishdan, jumladan, matematik modellashtirishdan keng foydalaniladi. F. — oʻsimlik qoplamlarini muhofaza qilish, oqilona foydalanish, ular mahsuldorligini oshirishning ilmiy asoslaridan biri. Fitosenologiyaga oid tadqiqotlar botanika, ekologiya va umumiy biol.ga oid ilmiy jur.larda yoritiladi.
Bu fan umumbiologik fanlar toifasiga kirib, bevosita o’simliklar morfologiyasi, sistematikasi, fiziologiyasi, geografiyasi, ekologiyasi bilan chambarchas bog’liq. Ma’lumki botanika fani yer yuzasida tarqalgan o’simliklar olamini har tomonlama tatqiq qiluvchi fanlar tizimidan iborat. Botanika fani o’rganish manbalari, maqsad va vazifalari, uslublariga ko’ra ikkita bo’limga ya’ni, fitologiya va geobotanikaga bo’linadi.

Download 29.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling