Elektrodni va elektrod qoplamini tanlash


Download 131.62 Kb.
bet1/3
Sana05.05.2023
Hajmi131.62 Kb.
#1430520
  1   2   3
Bog'liq
Elektrodni va elektrod qoplamini tanlash


Elektrodni va elektrod qoplamini tanlash. Metallni elektr yoyi bilan
suyuqlantirish jarayonida quyidagi metallurgiyaviy jarayon-lar: chok metalining
oksidlanishi, chok metalining azotga va vodorodga to’yinishi, hamda legirlovchi
komponentlarni ko’payib ketishi va suyuq metallning atrofga sachrashi kuzatiladi.
Kislorod metallda yaxshi erib temir bilan reaktsiyaga kirishishida oksidlar
hosil qiladi. Bu oksidlar qattiq yoki gassimon holatda bo’lishi mumkin. Metallda
erimaydigan suyuq oksidlar shlakka o’tadi yoki qisman metallning donalari orasida
shlakk qo’shilmalar orasida qotib ketadi. Hosil bo’lgan oksidlarni qaytarish va
metallni sachrashini kamaytirish uchun elektrod qoplami tarkibiga qaytaruvchi
moddalar (ferromarganez, ferrosilitsiya va boshqalar)ni kiritish tavsiya etiladi.
Metallning choki xavo kislorodidan himoyalanganda metalldagi legirlovchi
komponentlarning kuyishi kamayadi.
Kuyib ketgan komponentlarning o’rnini to’ldirish maqsadida payvandlash
uchun legirlovchi elektrodlar ishlatiladi va elektrod qoplami tarkibi legirlovchi
moddalar kiritiladi.
Payvandlashni dastaki usulida elektr yoyi vositasi bilan bajarilganda kam
uglerodli simdan yasalgan elektrodlar ishlatiladi, shu yo’l bilan metallni
sachrashini kamaytirish mumkin. Po’latni payvandlashda ishlatiladigan metall
elektrodlar ikki guruhga:
1.Payvandlash elektrodlari.
2.Ishlash imkoniyatini qayta tiklanayotgan detallarga suyuqlantirib qoplash
elektrodlarga bolinadi.
Payvand birikmaning, yoki suyuqlantirib qoplash yo’li bilan tiklangan
detallning, qoplangan qatlamini mexanikaviy puxtaligini oshirish uchun,
elektrodlar yasaladigan pulat sim birmuncha talablarni qondirishi kerak. Jumladan
elektrodning suyuqlanganidan keyin sachramasligi. Elektrod osoyishta
suyuqlanishi uchun elektrod sim tozza, zangsiz va kuyindisiz(aks holda
payvandlanadigan joydan juda ko’p gaz paydo bo’ladi), uglerodi kam, tarkibida
marganets bo’lishi shart. Metallni tarkibidagi marganets metallning osoyishta
suyuqlanishiga imkon yaratadi.
Marganets temir oksidlarini qaytaradi va shuning uchun oksidlarning
o’glerod vositasida qaytarilish imkoniyati kamayib, kamroq gaz hosil bo’ladi.
Talab etilgan kimyoviy tarkibli va mexanikaviy xossali chok metallni hosil qilish
uchun, elektrod simi tarkibida payvandlash jarayonida kuyib ketadigan
komponentlardan(xrom va b.q.) yetarli miqdorda bo’lishi lozim.
Elektrod simining suyuqlanish harorati, asosiy metallni suyuqlanish
haroratiga yaqin bo’lishi kerak. Fizika kimyoviy xossalar yuqori bo’lgan chok
hosil qilish uchun, chok metallini(suyuqlangan vannani) havo ta'siridan
saqlashimiz uni marganets, kremniy va boshqa elementlar bilan legirlash kerak.
Legirlash uchun elektr yoyi vositasida, dastaki payvandlashda metall elektrodlar
sirtida qalin sifatli qoplam hosil qilinadi. Bu talablarni qondirish uchun
elektrodlarning sifatli qoplamlari tarkibiga barqarorlovchi(stabillovchi),
himoyalovchi va legirlovchi komponentlar kiritiladi.
Bu komponentlarni biz ayrim-ayrim ko’rib chiqamiz: barqarorlovchi
komponentlar payvandlash joyini yuqori darajada turg’un qiladi. Yoyning
barqarorligi elektrodlar oralig’ining ionlanish darajasiga bog’liq bo’ladi. Havodagi
malekulalarni ionlarga ajralishi juda yuqori haroratda sodir bo’ladi. Shu sababga
ko’ra yoyni turg’unlash uchun uning yonish oralig’ida oson ionlanadigan
komponentlardan, bo’r (SaSo3), potash (K2SO3) va titanli kontsentrat (asosi TiO2
bo’lgan) kiritiladi.

Download 131.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling