Elektrodni va elektrod qoplamini tanlash


Detallarni elektr yoyi vositasida payvandlash yo’li bilan tiklash


Download 131.62 Kb.
bet2/3
Sana05.05.2023
Hajmi131.62 Kb.
#1430520
1   2   3
Bog'liq
Elektrodni va elektrod qoplamini tanlash

Detallarni elektr yoyi vositasida payvandlash yo’li bilan tiklash
Elektr yoyi vositasida payvandlash gaz alangasida payvandlash kabi, eritib
payvandlashga kiradi. Bunda elektrod bilan detal o‘rtasida hosil bo‘lgan elektr
yoyi ta'sirida detalning metali suyuqlanib, payvandlash amalga oshiriladi.
Elektr yoyi vositasida payvandlashda, detal metali elektr yoyi ta'sirida
suyuqlantiriladi. Bundagi issiqlik manbai ionlashgan gazlar va materiallar bug’i
orasidagi elektr tokining turg’un razryadi natijasidagi elektr yoyidir. Yoy
ustunining markazidagi haroratning eng katta qiymati 6000 0C ga yetadi.
Oddiy sharoitlarda elektrod bilan detal oralig'idagi havoli (gazli) muhit
elektr tokini o‘tkazmaydi. Gazli muhit tok o‘tkazuvchan bo‘lishi uchun uni
ionlashtirish, ya'ni mazkur gazli muhitda yetarli darajada ozod elektronlar va iontar
hosil qilish kerak. Elektr yoyi vositasida payvandlashda gaz oralig'ining ionlash
usuli va elektr yoyining hosil bo‘lishi quyidagicha sodir bo‘ladi.
Elektr payvandchi elektrodni detalga teg’izishi bilan elektr yoyi yonganda
elektrod uchi biian detal yuzasi orasida nozich kontakt hosil bo’ladi, natijada
eleklrod uchining detal yuzasiga tegib turgan nuqtasi yuqori haroratgacha qizib
ketadi. Payvandchi elektrodni detaldan ajratgan paytda detal bilan elektrod
orasidagi havoli muhit tok o‘tkazuvchi bo‘lib qoladi, chunki bu oraliq metall bug'i
va gazlarning ionlashgan zarrachalari bilan to‘yingan bo‘ladi. Shu sababli, elektrod
bilan detal orasidan elektr toki uzluksiz o‘taveradi va elektr yoyining yonishi
uzluksiz davom etadi. elektr yoyi zaryadi haddan tashqari yorug' nurlanishi va
yuqori haroratga (6000-7000°C) ega bo‘ lishi biian ajralib turadi.
Elektr yoyi bilan payvandlashda, payvandlanadigan detal metall stolga
qo’yiladi, elektr manbaidan keltirilgan tokning bu kantakti stolga, ikkinchisi esa
elektrod qistirilgan tutqichga ulanadi. Tok ulangandan keyin elektrodni ishlash
imkoniyati tiklash lozim bo’lgan detalga tegizish, keyin esa detal yuzasidan tezda
4-6 mm masofaga uzoqlashtirish kerak. Shunda detal bilan elektrod orasida elektr
yoyi hosil bo’ladi. hosil bo’lgan yoy detalning metalini va elektrodni(payvandlash
elektrodning ko’pi 3500-40000C atrofida erib qaynaydi) suyuqlantiradi, natijada
suyuqlangan metall detal yuzasiga o’tirib payvandlash choki hosil bo’ladi.
O’zgaruvchan tok bilan payvandlashda tokning qutubliligi davriy ravishda
o’zgarib turadi. Payvandchi elektrodni detalga tegizishi bilan elektr yoyi yonganda
elektrod uchi bilan detal yuzasi orasida nozik kontakt hosil bo’ladi, bunda elektrod
uchining detal yuzasiga tegib turgan nuqtasi yuqori haroratgacha qizib ketadi.
Payvandchi elektrodni detaldan ajratgan paytda detal bilan elektrod orasidagi
havoi, o’tkazuvchi bo’lib qoladi, bunda bu oraliq metall bug’i va gazlarning
ionlangan zarrachalari bilan to’lgan bo’ladi. Shu sababli elektrod bilan detal
orasida elektr toki uzluksiz o’taveradi va elektr yoyining yonishi davom etadi.
Yoy 2-4 mm uzunlikda yonishni ta'minlash uchun elektrod bilan ishlash
imkoniyati tiklanayotgan detal orasidagi kuchlanish 18-22 v bo’lishi kerak. Yoyni
yonish paytidagi kuchlanishi tok manbaining salt yurish kuchlanishi, ya'ni tok
o’zgarmas bo’lganda payvandlash generetorining, yoki tok o’zgaruvchan
bo’lganda transformatorning kuchlanishi yuqori bo’lishi kerak. Tajriba shuni
ko’rsatadiki yoy hosil qilish uchun zarur kuchlanish, ya'ni o’zgarmas tok
generatorining kuchlanishi 25-40 v va o’zgaruvchan tok transformatorining
kuchlanishi 55-65 v bo’lishi kerak.
Dastaki usulida elektir yoyi vositasi bilan payvandlashda, payvandlash yoyi
uzunligi, demak tok qiymati hami vaqti-vaqti bilan o’zgarib turadi. Elektrod
metalli bilan detall metalli bir tekis suyuqlanishi uchun payvandlash toki
qiymatining o’zgarishi uncha katta bo’lmasligi kerak.

Download 131.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling