Gaz xususiy shaklga va hajmga ega emas.
Suyuqlik biror idishga quyilsa, o'sha idish shaklini egallaydi. Lekin o'z xususiy hajmini saqlaydi. Do'konlarda salqin ichimliklarni 1,5 l, 1 l va 0,5 lli idishlarda sotilishini yaxshi bilasiz. Avtomobil yonilg'ilari ham litrlab olinadi. Suyuqliklarda molekulalar yaqin joylashganligi tufayli o'zaro tortishish kuchlari sezilarli bo'ladi. Shunga ko'ra o'z hajmini saqlaydi. Lekin og'irligi ta'sirida «yalpayib» idish shaklini oladi. Suyuqlik molekulalari orasidagi tortishish kuchi suyuqlik shaklini saqlay oladigan darajada katta emas. Shunday bo’lsa-da, suyuqlikni siqish juda qiyin. Bir tajribada suvni siqish uchun uni qo'rg'oshin shar ichiga quyib, og'zi kavsharlangan. Shundan keyin sharni qisish uchun uni og'ir bolg'a bilan urilgan. Bunda suv qisilmasdan sharni yorib sizib chiqqan.
Suyuqlik xususiy hajmga ega, lekin shaklga ega emas.
Atrofimizdagi ko'pchilik narsalar qattiq jismlardan iborat. Ruchka, parta, uy, mashina va h.k. Ularning barchasi o'z shakliga ega. Ularning shaklini o'zgartirish uchun katta kuch sarflash kerak. Qattiq jismlarda molekulalar (atomlar) suyuqliklarga nisbatan ham yaqin joylashadi. Bundan tashqari ular tartib bilan joylashadi. Joylashgan o'rnida tebranib turadi.
Masalan, osh tuzini olsak, uning molekulasi NaCl, ya'ni Na – natriy va Cl – xlor atomidan tashkil topgan. Atomlarning o'zaro joylashishi 2-rasmda keltirilgan.
Atomlarning joylashish tartibi jismning qattiqlik darajasini o'zgartirishi mumkin. Masalan, qalam, ko'mir va juda qattiq modda – olmos, brilliant bir xil uglerod (C) atomlaridan tashkil topgan. Lekin joylashish strukturasi turlichadir.
Qattiq jismlar xususiy hajmga va shaklga ega.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Idish hajmining yarmini gaz bilan to'ldirish mumkinmi?
2. Nima sababdan suyuqlik oqadi?
3. Nima sababdan suyuqlik molekulyar harakat tufayli zarrachalarga to'liq ajralib ketmaydi?
4. Moddada uning ayrim molekulalarining hajmi, modda hajmiga tengmi?
5. Baholash
6. Uyga vazifa berish.
Mavzuni o’qib kelish. Suv, gaz, qattiq jismlar o'xshash va farqli tomonlarini ko'rsatuvchi "Venn diagrammasi" tuzib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |