Mavzu: Fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Darsning maqsadi: Talimiy maqsadi
Download 1.79 Mb.
|
6 sinf Fizika kompetensiyalik NAMUNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Baholash
3. Yangi mavzu bayoni:
Qadimda yashagan odamlar to'la-to'kis tabiatga bog'liq bo'lgan. Chunki ular hech narsani o'z qo'li bilan yaratmasdan, atrofida borini iste'mol qilishgan. Yog'in-sochin, sovuq va yovvoyi hayvonlardan g'orlarda bekinib, jon saqlagan. Asta-sekin ov qurollarini o'ylab topgan, olovdan foydalanishni o'rgangan. Bu jarayonda uning turmushi yengillasha borgan. Shunga ko'ra, tabiatni o'rganish, undan foydalanish va unga ta'sir ko'rsatish boshlangan. Tabiat haqidagi bilimlarni o'rganish va ular asosida tabiat boyliklaridan samarali foydalanish natijasida insoniyat sovuq qotish, qorong'ulikda qolish, och qolish kabi holatlardan va ko'pchilik kasalliklardan qutula oldi. Inson yer yuzi bo'ylab, havoda va suvda bemalol harakat qilmoqda. Tabiiy bilimlar ichida fizika yetakchi o`rinni egallaydi. Birinchi mavzuda aytib o`tilganidek, uning o`rganadigan sohasi keng qamrovlidir. Fizikaning har bir o`rganilgan yangi qonuniyatlari jamiyat rivojlanishiga kuchli ta'sir ko`rsatadi. Shunga ko`ra, O`zbekistonimizda ham fizika fanining rivojlantirishi bo`yicha keng ko`lamli ishlar olib borilmoqda. Bu ishlar bilan asosan O`zbekiston Fanlar akademiyasiga tegishli ilmiy-tadqiqot institutlari hamda oliy o`quv yurtlari qoshidagi laboratoriyalardagi olimlar shug`ullanadilar. Mexanik hodisalar bilan M.T. O`rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida, issiqlik hodisalari bilan Fanlar akademiyasining Issiqlik fizikasi bo`limida akademik P.Q. Habibullayev rahbarligida ishlar olib boriladi. Yorug`lik hodisalariga doir ishlar «Fizika - Quyosh» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida o`rganilmoqda. Elektr hodisalari bilan Fanlar akademiyasining Elektronika instituti va Fizika-texnika institutida shug`ullanishadi. Bundan tashqari fizikaning amaliy tatbiqi sifatida «Kibernetika» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida bozor iqtisodiyoti sharoitida respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishi boshqaruvining usullari, modellari va yangi informatsion texnologiyalarni yaratish bilan shug`ullanadi. Koinot fizikasiga doir tadqiqotlar akademiyaning Astronomiya institutida olib boriladi. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 1. Jamiyat rivojlanishida fizikaning ahamiyati qanday deb o'ylaysiz? 2. O'zbekiston Fanlar akademiyasi qoshida fizikaga taalluqli qanday ilmiy tekshirish institutlari faoliyat ko`rsatadi? 3. Osmon jismlari haqidagi ma'lumotlarni qayerdan olish mumkin? 5. Baholash
Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling