Mavzu: Fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Darsning maqsadi: Talimiy maqsadi


Download 1.79 Mb.
bet5/15
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1052239
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
6 sinf Fizika kompetensiyalik NAMUNA

Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
O`qituvchi dars jihozlarini darsga tayyorlaydi, o`quvchilardan davomat olinadi.
2. O`tilgan mavzu bo`yicha “Aqliy hujum” metodidan foydalanib darsni mustahkamlash.
O’qituvchi dars jihozlarini tayyorlaydi. Songra uy vazifalarini tekshirish ucnun o’quvchilarni kichik guruhlarga bo’lib olamiz.
3.Uy vazifalarini tekshirish uchun “aqliy hujm”, kichik guruhlarda ishlash metodidan foydalanamiz.
1- guruhga. Madda tuzilishi haqida
2-guruhga Atom qanday tuzilishga ega
3- guruhga Sizningcha zarrachalar cheksiz bo’lishi mumkinmi.
3. Yangi mavzu bayoni:
Biz kundalik turmushda choy qaynatish uchun idishga suv solib, uni isita boshlasangiz, undan bug’ chiqa boshlaganini ko’rasiz. Birozdan so’ng qaynaydi va qaramasangiz qurib qoladi. Qishda tashqarida qoldirilgan suv muzlab qoladi.Suv nima sababdan bug’lanib ketdi? Suv va muz tuzilishida qanday farqlar bor? Su kabi savollar biz insonlarni qiziqtirib kelgan.
Modda tuzilishi haqidagi dastlabki tushunchalar Yunon olimi Demokritga tegishli edi. Unga ko’ra hamma narsalar juda mayda zarrachalar- “atom” lardan tashkil topgan . Moddaning eng kichik zarrachasi atom bo’laklarga bo’linmaydi deb qaralgan. Atom so’zi ham yunoncha “bo’linmas bo’lakcha” degan ma’noni anglatadi. Demokritning bu haqda yozgan asari bizgacha yetib kelmagan. Uning fikrlari boshqalarning yozgan asarlarida keltirilgan. Roziyning bunday nazariy qarashlari Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino tomonidan rivojlantirildi. Bu haqida ularning o’zaro bir-biriga yo’llagan maktublarida so’z boradi
Beruniyning Ibn Sinoga yozgan savollaridan birida shunday deyilgan:- “Ba’zi faylasuflar atom bo’linmaydi, undan ham kichikroq bo’lakchalar yo’q deb aytadilar, bu- nodonlikdir. Ikkinchilari esa, atom bo’lina beradi, bo’linishga chegara yo’q, deb qayd qiladilar. Bu esa o’takatgan nodonlikdir. Chunki atomning bo’linishi cheksiz bo’lsa, moddiyat yo’q bo’lib ketishi mumkin. Bu bo’lishi mumkin emas, chunki moddiyat abadiydir. Bu masalada sizning fikringiz qanday?” – deb so’raydi.
Ibn Sino o’zining Beruniyga yo’llagan javobida Arastu va Ar-Roziyning Atomning bo’linishi cheksiz davom etadi deb tushunmaslik kerakligini va bo’linishning chegarasi borligini aytib o’tadi. Hozirgi kunda atomning murakkab tuzilganligi to’la tasdiqlangan . Atom yadrodan va elektron qobiqdan iborat. Yadro ham yanada kichikroq bo’lgan zarrachalar-protonlar va neytronlardan tashkil topgan. Proton va neytronlar ham undan kichik bo’lgan zarrachalardan tashkil topganligi haqida ma’lumotlar topilmaqda. Bu bo’linish chegarasi bormi yoki yo’qmi degan savolga Siz aziz o’quvchilarimizdan kelajakda javob olamiz degan umiddamiz.
O`qituvchi yangi mavzuni boshlashda o`quvchilarga “Klaster” metodi bo`yicha muammoli savollar beriladi.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling