Mavzu: Fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Darsning maqsadi: Talimiy maqsadi
Download 1.79 Mb.
|
6 sinf Fizika kompetensiyalik NAMUNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Yangi mavzu bayoni
Darsning borishi:
Darsning blok chizmasi
1. Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Muammoli vaziyatni o'rganish» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi. 2.Uy vazifalarini tekshirish. 1. Demokritning atom nazariyasi nimalardan iborat? 2. Beruniy atom tuzilishi to’g’risida ibn Sinoga qanday savollar yo’llagan? 3. Ibn Sino modda tuzilishi haqida qanday fikrlar aytgan? 4. Ar-Roziyning atomlar haqidagi fikrlari nimalardan iborat? 3. Yangi mavzu bayoni: Yangi mavzu mazmunini ochish uchun o’quvchilarga shunday savol qo’yilishi mumkin: 1. Nima sababdan aynan bitta modda qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo’lishi mumkin? 2. Moddaning qanday eng kichik zarrachasi uning asosiy xossalarini saqlab qoladi? Savollarga javob qidirish borasida molekula tushunchasi kiritiladi. Darslikda keltirilgan moddalar molekulasining tuzilishi ko’rsatiladi. Plakatlardan boshqa moddalar molekulalarining tuzilishi ham ko’rsatiladi. Shundan so’ng atom tushunchasi kiritiladi. Sinfga quyidagicha savol tashlanadi: 1. Agar moddalar atom va molekulalardan tashkil topgan bo’lsa, nega biz ularni ko’rmaymiz? Shunda ularning juda ham kichikligi, lekin ulardan ayrimlarini birgalikda o’lchab ko’rish mumkinligi aytiladi. Sizga ma'lumki, har bir moddaning o`ziga xos xususiyati bor. Masalan, shakar – shirin, tuz – sho`r va h.k. Shakarni olib hovonchada maydalaylik. Shu maydalangan unni yalab ko`rsak, shakar mazasi qolganligini sezamiz. Oldingi mavzuda aytilganidek, uni yanada mayda bo`laklarga bo`lib borsak, shirin maza saqlanib qoladimi? Tajribalar ko`rsatadiki, moddaning xossasi uning zarrasi ma'lum o`lchamgacha bo`linsa, saqlanib qoladi. Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarrachaga molekula deyiladi. Molekula lotincha moles – massa so'zidan olingan bo'lib, "kichik massa" degan ma`noni bildiradi. U bir yoki bir necha atomdan tashkil topishi mumkin. Masalan, suv molekulasi 3 ta atomdan tashkil topgan. Unda 1 ta kislorod va 2 ta vodorod atomi bor. Biz nafas oladigan kislorod molekulasi ikkita bir xil kislorod atomidan iborat. Nafas chiqarganda chiqadigan karbonat angidrid gazi esa bitta uglerod va ikkita kislorod atomidan tashkil topgan. Har bir atom va molekulani o`ziga xos harflar va raqamli harf bilan belgilash qabul qilingan. Masalan, kislorod atomini – O harfi bilan, molekulasi ikkita atomdan tashkil topganligi uchun O2 shaklida belgilanadi. Karbonat angidrid molekulasi – CO2, suvniki – H2O ko`rinishda belgilanadi. Shunga ko`ra, suv molekulasini atomlarga ajratsak, ikkita vodorod va bitta kislorod molekulasi alohida holatda suv xossasini bermaydi. Juda ko`p atomlardan tashkil topgan molekulalarda atomlarning o`zaro joylashishi ham uning xossalarining o`zgarishiga sabab bo`lar ekan. Hatto aynan bitta nomdagi atomlardan ba'zilari ichki tuzilishi bilan boshqasidan farq qilishi mumkin ekan. Tabiatda aynan bir xil jismlar yo`q. Hattoki egizaklar ham nimasi bilandir farq qiladi. Shu farqlari bilan ota-onasi ularni ajratib oladi. Lekin aynan bitta moddaning molekulalari bir-biridan farq qilmaydi. Masalan, tarvuzdan, dengiz suvidan bug`lantirib tozalangan suv molekulasining buloq suvidan olingan molekuladan farqi yo`q. Atom va molekulalar juda kichik bo`lganligidan ko`z bilan ko`rib bo`lmaydi. Uni hatto oddiy mikroskop tugul, eng yaxshi optik mikroskop (eng kichik ko`rish o`lchami 0,000002 mm) da ham ko`rib bo`lmaydi. Unda uning o`lchamlarini qanday qilib o`lchaymiz? Bir qarashda uni bajarib bo`lmaydigandek ko`rinadi. Shunday tajriba o`tkazaylik. Kengroq suvli idish (tarelka) olib, unga bir tomchi yog` tomizaylik. Shunda yog` tomchisi suyuqlik sirti bo`ylab yoyilib ketadi. Chunki eng ustki qatlamdagi molekulalar «toyib» ketib yoniga, undan keyingi qatlamdagilar ham xuddi shunday yoniga tushib yoyiladi. Oxirida faqat bitta qatlam qoladi. Yoyilgan yog` tomchisi doira shaklida bo`lsa, uning diametri shtangensirkul bilan o`lchanib, yuzasi S hisoblanadi. Bitta tomchi hajmini aniqlash uchun alohida kichik menzurkaga 50–100 tomchi yog` tomizilib, hajmi V belgilanadi. Shunda tomchi hajmi
bo`ladi, n – tomchilar soni.
Yoyilgan tomchi hajmi V1 = d · S ga teng bo`lganligidan yog` qatlamining qalinligi
bo`ladi. Tomchining hajmi taxminan V1 = 0,001 sm3 va yuzasi S = 5000 sm2 bo`lsa, qatlam qalinligi yoki molekula diametri d = 0,0000002 mm ga teng bo`ladi. Hozirgi zamon usullari bilan o`lchangan molekulalar diametrlari ham shu tartibda ekanligi aniqlangan. Bu raqamning kichkinaligini quyidagi misolda ko`rish mumkin. Bir dona vodorod molekulasini kattalashtirib, olma ko`rinishiga olib kelinsa, olmaning kattaligi Yer sharidek bo`lar edi. Hozirgi kunda maxsus elektron mikroskoplar yordamida katta o`lchamdagi molekulalar bilan birga ayrim atomlarning rasmini ham olish mumkin. Vodorod atomining o`lchami 0,00000012 mm ga, molekulasining o`lchami esa 0,00000023 mm ga teng. Oqsil molekulasining o`lchami 0,0043 mm atrofida ekan. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 1. Atom va molеkula bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? 2. Molеkula tarkibida nеchta atom borligini qanday bilish mumkin? 3. Molеkula kattami yoki baktеriyalarmi? Baktеriya o`lchamini botanika yoki zoologiya kitoblaridan qarab solishtirib ko`ring. 4. "Molekula" so`zining ma'nosi nima? 5. Atom va molekula qanday o'lchamga ega? Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling