Mavzu: Fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Darsning maqsadi: Talimiy maqsadi


Download 1.79 Mb.
bet1/15
Sana24.12.2022
Hajmi1.79 Mb.
#1052239
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
6 sinf Fizika kompetensiyalik NAMUNA




Mavzu: Fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar.


Darsning maqsadi:
Talimiy maqsadi: O’quvchilarga Fizik hodisasi haqida tushuncha berish. Ularning bilim ko’nikma va malakalarini oshirish.
Тarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish va muomala madaniyatini shakllantirish.
Rivojlantiruvhci maqsadi: O’quvchilarni mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o’stirish va ijodkorlikka undash.
FK1- fizik jarayon va hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi.
TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Dars turi: Yangi bilimlar berish
Dars jihozlari: darslik o`quv filmi, kоdоskоp yoki kоmpyutеr, mavzu bo`yi cha yaratilgan slaydlar to`plami, эkran, dоska, bo`r.
Darsda foydalanadigan metodlar. “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Savol-javob”, “Blets”
Darsning borishi:


1. Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, navbatchilikni nazorat qilish
O'qituvchi dars jihozlarini darsga hozirlaydi, uy vazifalarini so'rash maqsadida foydalanadigan «Muammoli vaziyatni o'rganish» interfaol metodi uchun savollarni tayyorlab qo'yadi.
2.Uy vazifalarini tekshirish.
1. Massa markazi deganda nimani tushunasiz?
2. Jismlarni massa markazi amalda qanday aniqlanadi?
3.Devorga o’ng tomoningiz bilan suyanmasdan yopishib
turing . Endi chap oyog’ingizni kotaring. Bu holatda
qola olasizmi? Nega?
4.Nima sababdan ko’pchilik yurganda qo’lini silkitib yuradi?
3. Yangi mavzu bayoni:
Fizika so’zi grekcha “fyuzis” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, u tabiat degan ma’noni anglatadi. Bu so’zni fanga birinchi bo’lib qadimgi yunon mutafakkiri Aristotel kiritgan.
Nima sababdan bu o’quv predmetini o’rganish kerak?
Atrofga qarasangiz yog’ayotgan qor yoki yomg’irni, suzib yurgan bulutlarni, oqayotgan ariq yoki daryolarni ko’rasiz bularning barchasi tabiatga kiradi. Inson ham tabiatning bir bo’lagi hisoblanib, undagi o’zgarishlar uning hayotiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Tabiatda bo’layotgan jarayonlarning qonuniyatlarini o’rganish,undan unimliroq foydalanish imkonini beradi. Qonuniyatlarni o’rganish borasida inson o’z mehnatini yengillashtiradigan mashinalarni o’ylab topgan. Kundalik turmushimizni elektrsiz, yoqilg’isiz, toza suvsiz tasavvur qila olmaymiz.
Elektr energiyasini hosil qiladigan generatorlar, elektr va yoqilg’idan foydalanib ishlaydigan qurilma va mashinalarning asoslarini fizika fani o’rgatadi. Mashina va mexanizmlarini boshqarish, sozlash ishlarini bajarishda, uy-ro’zg’or texnikasidan unumli foydalanishda ham fizikadan olgan bilimlaringiz asqotadi. Fizika bizni o’rab turgan nihoyatda ulkan va murakkab olamning eng umumiy xossalarini, uning eng umumiy harakati turlarini, bu harakatlarni tavsiflovchi qonunlarni hamda hadisalar orasidagi munosabatlarni o’rganadi.Harakatning fizika o’rganadigan eng sodda va umumiy turlari (mexanik harakat, issiqlik harakati), harakatning boshqa hamma turlari, ularning xususiyatlaridan qat’iy nazar, fizika qonunlariga bo’ysunadi. Dunyoda yuz berayotgan xilma-xil o’zgarishlar tabiat hodisalarini tashkil etadi. Fizika tabiat hodisalarini o’rganish va bu hodisalarni tavsiflovchi qonunlarni hamda hodisalar orasidagi munosabatlarni aniqlash uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni kuzatishlar va tajribalar asosida oladi.

Mexanik hodisalar



Modda tuzilishi



Issiqlik hodisalari



Yorug’lik hodisalari



Tovush haqida tushuncha



Fizik jismlar deb, tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan barcha jismlarga aytiladi. Masalan, quyosh, yulduzlar, sayyoralar, toshlar, idishdagi suv, xonadagi havo va h.k.
Fizik sistema yoki jismlar sistemasi deb, ayrim fizik hodisalar xuddi bitta jismdagidek namoyon bo`ladigan jismlar to`plamiga aytiladi. Masalan, avtomobilning harakati. Bunda avtomobilning barcha qismlari vaqt davomida ma'lum yo`l o`tadi.
Fizik hodisalar deb, moddani tashkil etgan zarralar o`zgarmay qolgan holda sodir bo`ladigan hodisalarga aytiladi. Masalan, toshning tushishi, g`ildirakning aylanishi, suvning qaynashi va muzlashi, ko`mir yonganda issiqlik chiqishi, lampochkadan yorug`lik chiqishi, radiodan ovoz chiqishi.
Fizik muhit deb, fizik hodisa va jarayonlar sodir bo`ladigan moddiy fazo yoki muhitga aytiladi. Ko`pgina hodisalarda bir vaqtning o`zida ham fizik, ham kimyoviy hodisalar ro`y berishi mumkin. Masalan, cho`ntak batareyalari va akkumulyatorlarida ro`y beradigan hodisalar.
Fizik hodisalarni bevosita kuzatish va tajribada tekshirish orqali qonunlar yaratiladi.
Fizik qonun deb, hodisalarni xarakterlovchi kattaliklar orasidagi miqdoriy bog`lanishdan iborat bo`lgan ifodaga aytiladi.
Kuzatish deb, sodir bo`layotgan hodisaga ta'sir ko`rsatmasdan, uning xususiyatini o`rganishga aytiladi. Masalan, jismlarning Yerga tushishini o`rganishda bu hodisani ko`p marta kuzatgandan so`ng qonuniyat topiladi. Buning uchun tajribalar o`tkaziladi. Tajribalar o`tkazishda o`lchash ishlari olib boriladi. Shunday qilib fizik bilimlarning manbai kuzatishlar va tajriba o`tkazishlardan iborat ekan.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Fizik hodisalarga misollar keltiring.
2. Fizika sozi qaysi tildan olingan?
3. Fizik qonun deb nimaga aytiladi?
4. Fizik jismlar deb nimaga aytiladi?

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling