Mavzu: Fizika nimani o’rganadi? Fizik hodisalar. Darsning maqsadi: Talimiy maqsadi
Download 1.79 Mb.
|
6 sinf Fizika kompetensiyalik NAMUNA
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: O`qituvch dars jihozlarini darsga tayyorlaydi, o`quvchilardan davomat olinadi. 2. O`tilgan mavzu bo`yicha “Aqliy hujum” metodidan foydalanib darsni mustahkamlash. 4.. Yangi mavzu bayoni: O’tilgan mavzulardan gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda molekulalar to’xtovsiz va tartibsiz harakatlanishini bilib oldingiz. Uni tasdiqlovchi hodisalarda diffuziya hodisasidir. Diffuziya lotincha so’z bo’lib diffuziya- tarqalish, sochilish degan ma’noni anglatadi. Diffuziya- deb Bir modda molekulalarining ikkinchi moddaga, ikkinchi modda molekulalarining birinchi moddaga o’zaro o’tishiga aytiladi Gazlarda diffuziya hodisasi Diffuziya hodisasiga misol tariqasida xonada to’kilgan atir hidining tarqalishi, suyuqlikka solingan shakar yoki tuzning erishini keltirich mumkin. Xonada atirning to’kilgan vaqtini belgilab, undan bir neche metr masofada o’tiraylik. Uning hidini darhol emas, balkima’lum vaqtdan so’nggina sezamiz.Nima sababdan shunday bo’ladi? Chunki atir bug’langanda molekulalarga ajralib, havo molekulalari orasiga kirishadi. Molekulaning tezligi katta bo’lsa-da, u o’z yo’lida juda ko’p marta havo molrkulalari bilan to’qnashib, o’z yo’nalishini o’zgartiradi. Suyuqliklarda diffuziya hodisasi Suyuqliklarda diffuziya hodisasini kuzatish uchun quyidagi tajribani qilaylik. Stakan yoki piyola olib, bir choy qoshiqchada shakar solaylik, so’ngra juda sekin, shakar bilan aralashib ketmaydigan holda suv kuyaylik. Birozda song stakan tagidagi suv hiralashganini ko’ramiz. Bu shakar qiyomi. Stakanni shayqatib yubormasdan bir ho’plam ishib ko’ring. 15-20 minutda so’ng yana ichib ko’ring. Suv mazzasi qanday o’zgargan. Endi tajribani suv va margansofka bilan o’tkazaylik. Bunda diffuziyaning borishini stakandagi suv rangining pastida boshlab o’zgara boshlanganligi orqali kuzatamiz. Qattiq jismlarda diffuziya hodisasi. Juda yaxshi silliqlangan qo’rg’oshin va oltindan yasalgan ikkita plastinani olib, bir-birining ustiga qo’yishgan. Ular ustidan yuk bostirib, xona temperaturasida 4-5 yil qoldirishgan. Shundan so’ng ularni olib qaralsa, plastinalar bir-biriga taxminan 1 mm kirishib ketganligi kuzatilgan. Demak, diffuziya hodisasi gazlarda tezroq, suyuqliklarda sekinroq, qattiq jismlarda juda sekin boradi. Diffuziyaning borish tezligi temperaturaga ham bog’liq. Temperatura ortishi bilan diffuziya tezlashadi. Diffuziya hodisasi tabiatda muhim rol oynaydi. Masalan, diffuziya tufayli havoda sanoatdan chiqqan zaharli gazlar tarqalib ketadi. Nafas chiqarilganda chiqqan Karbonat angdrid gazi ham burun atrofida to’planib qolmaydi.Sabzavotlarni tuzlash ham diffuziya hodisasiga asoslangan. Diffuziya inson va hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Masalan, hayvondagi kisloroddiffuziya tufayli inson terisi orqali organizmga kiradi.Diffuziya tufayli oziqlantiruvchi moddalarhayvonlar ichagidan qonga o’tadi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling