4. O’tgan mavzuni mustahkamlash:
Diffuziya hodisasining sababi nimada?
Nima sababdan temperatura ortishi bilan diffuziyaning borishi tezlashadi?
Gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda kuzatiladigan diffuziya hodisasiga misollar keltiring?
O’zaro aralashmaydigan suyuqliklarni bilasizmi.
5. O’quvchilarni baholash:
Dars yakunida faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantirilib baholanadi.
Olgan baholar o’qituvchi tomonidan o’quvchilar kundaliklariga qayd qilinadi.
6. Uyga vazifa:
Mavzuni o’qish
Amaliy topshiriqni bajarish
1.Stakanga suv quying va unga sekin eriydigan qand bo’lagini tashlang. Suvni aralashtirmay uni asta sekin tatib ko’ring. Vaqt o’tishi bilan uning shirinligini o’zgarishini aniqlang.
2. Piyolaga issiq choy quyib, uhga choy qoshiqda shakar solib aralashtiring. Asta-sekin oz-ozdan yana shakar solib, choyda erishini kuzating. Shakarning ma]lum miqdoridan so’ng solingan shakar erimay qoladi. Sababi haqida o’ylab ko’ring.
FIZIKA
Mavzu: Qattiq jism, suyuqlik va gazlarning molekular tuzilishi.
Darsning maqsadi:
Talimiy maqsadi:
― moddalarning turli holatidagi molekulyar tuzilishi bilan o'quvchilarni tanishtirish.
― turli muhitlarda diffuziya hodisasini o`rganish va undan amaliyotda foydalanish ko`nikmalarini hosil qilish.
Тarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish va muomala madaniyatini shakllantirish.
Rivojlantiruvhci maqsadi: O’quvchilarni mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o’stirish va ijodkorlikka undash.
Do'stlaringiz bilan baham: |