Mavzu: Fizika o’qitish jarayonida o’quvchilarni ilmiy izlanishlarga yo’naltirish


Download 120.5 Kb.
bet2/3
Sana02.01.2022
Hajmi120.5 Kb.
#195674
1   2   3
Bog'liq
gulhayo ismoilova kurs ishi metodika uzoqova

Mavzuning dolzarbligi: bilimlar rivojlanishida tabiat va jamiyat hodisalarini har tomonlama tekshirishning umumiy masalalari bilan bog'liq bo'lgan turli fanlar tushunchalarining o'zaro bog'liqligi katta ahamiyata ega

Mavzuning maqsadi va vazifalari: ilmiy izlanishga to'g'ri yo'naltirib jamiyatga yetuk barkamol shaxs yetkazish. O'quvchidagi qobiliyatni to'g'ri rivojlantirib undagi shakllanayotgan ilmiy salohiyatini kuchaytirish, olingan bilimlarini xato va kamchiliklarini ajrata olishi va uni hayotga tadbiq eta olishlikdir.

Mavzuning ilmiyligi va ahamiyati

Ma’naviy hayotda ham amaldagidek,

kimki bilimga tayansagina to’xtovsiz

kamol topadi va yutuqlarga erishaveradi.

U. Jeyms

1.Ilmiy bilish tushunchalarning mohiyati va o’quvchilarda bilimlar

tizimining mavjudligi
Inson o’z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, ya’ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan balki, o’zining ruhiy – ma’naviy dunyosini ham bilib boradi.

Bilish – moddiy va ma’naviy borliqning inson miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faollik aks etuvchi jarayondir. Aniq fanlar dunyoni turli tomonlarini ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o’rganibgina qolmay uni keng tarzda ochib beradi.

Bu to’g’rida turli qarashlar mavjud. Forobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulug’bek, Navoiy o’z asarlarida – inson tabiat va jamiyatni hamda o’zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi. Inson aqli – faol, u bilishning asosiy qurolidir. Ular inson bilishi ma’lum narsalardan noma’lum narsalar tomon rivojlanib boradi deb ko’rsatadi.

Ingliz F. Bekon (XVII – XVIII asr) – inson bilishi sezgilardan boshlanadi, bilishning manbai tajribadir. F. Dekart – birdan bir to’g’ri bilish tafakkurdir. Sezgilar tafakkurning asosi, quyi bosqichidir. Tafakkur esa eng yuqori bosqichidir deydi.

Ilmiy bilish – oddi bilishdan farq qilib, u borliqdagi predmet va hodisalarning qonuniyatlarini, uning mohiyatini chuqur anglab yetishdir.

Ilmiy bilish usullari deganda, inson fikr yuritishi jarayonida ilmiy bilishning barcha sohalari va bosqichida foydalanishi tushuniladi yoki insonning sezgi, idrok, tasavvuridan iborat hissiy qobiliyatlari asosida narsalarni maqsadli o’rganishdan iborat bo’lib obyektning tashqi jihatlari, xossa va belgilari to’g’risida bilim hosil qilishdir yo’llaridir.

Ideallashtirish garchi abstraktlashtirishning bir turi bo’lsada, bilishning nisbatan mustaqil usulidir. Matematikada “nuqta”, “chiziq” yoki fizikada “ideal gaz” kabi tushunchalar ideallashtirish natijalari bo’lib hisoblanadi. Ideallashtirish jarayonida narsaning real xossalaridan imkon qadar uzoqlashiladi. Ideal obyekt deb ataluvchi narsa hosil qilinadi, uning yordamida real obyektlarni bilish uchun nazariy tafakkurdan foydalaniladi. Masalan, moddiy nuqta tushunchasi haqiqatda bironta ham obyektga mos kelmaydi. Biroq, ideal obyekt bilan ishlayotganda biron bir mexanik qurilma, suniy yo’ldosh, quyosh tizimi sayyorasi kabi real obyektlarni nazariy tushuntirish va ular tabiatini taxmin qilish imkoniyatiga ega bo’linadi. Induksiya tajribaviy fanlar uchun tadqiqot usuli hisoblanadi. Ushbu usuldan foydalanganda fikr aniq, alohida bilimdan, fakt – ma’lumotlarni bilishdan umumiylikni, qonunlarni bilish tomon harakatlanadi. Induksiya asosida induktiv xulosalar yotadi. Ular muammoli bo’lib, to’liq va ishonchli bilimni bermaydi. Bunday xulosalar go’yoki fikrni umumiy qonuniyatlarini ochishga tomon yo’l boshlaydi xolos.

Eksperiment hodisalarni o’rganishda fanning muayyan maqsadga yo’naltirilgan uslubi bo’lib, bu uslub yordamida hodisalar sodir bo’lishi aniq qayd etilgan sharoitlarda, tadqiqotchi tomonidan qayta hosil qilinishi va nazorat qilinishi mumkin. Eksperimentning kuzatishga nisbatan bir qator afzalliklari bor. Masalan, ekperiment davomida o’rganilayotgan hodisa kuzatilibgina qolmasdan, tadqiqotchi ixtiyoriga bog’liq ravishda qayta tiklanishi ham mumkin yoki u orqali tabiiy sharoitda kuzatish mumkin bo’lmagan hodisalarga xos xossalarni aniqlash ham mumkin. Bu usul o’rganilayotgan hodisani murakkablashtiruvchi holatlarni farqli tarzda, uni maqbul ko’rinishda o’rganish imkonini beradi va uning bir qator turlarini ichida fizik turi ham mavjud.

Fizika – bu shunday fanki, u nazariy va eksperimental tadqiqot metodlaridan foydalaniladi. Bu metodlarni logikasi vaholanki o’qib bilim olish va ilmiylik uchun muhimdir. O’qitish va ilmiy bilish jarayonlarini munosabati (shu bilan bir qatorda o’quv va ilmiy bilish metodlarini funksiya munosabatlar) ularni prinsipal farqi va ko’p tomonlarini umumiyligini ko’rsatadi. Ilmiy bilish metodlari yangi bilimni olishda operatsiya va usullar uyushmasidan tashkil topadi, shuningdek ilmiy bilish tizimlar usullaridan iborat bo’ladi.

Ilmiy bilishdan o’quv bilishning farqi barchasida oldin (avval) bilish natijasining yangiligi subyektiv harakterga ega bo’lib, u faqat tushunadigan subyekt – o’quvchi uchun ahamiyatli bo’ladi. Bundan tashqari maktab o’quvchisining bilmaslikdan bilishlikka harakati o’qituvchi rahbarligida har xil o’qitish metodi yordamida, o’quvchi faoliyatini tashkil qiladigan va ular tomonidan qo’llaniladigan o’quv bilish metodlarini aniqlaydigan usullari qo’llaniladi. O’qituvchi tomonidan metod, usul va o’qitish vositalari tanlanishi o’quvchilik bilim o’zlashtirishni eng qisqa yo’lini hisobga olish bilan amalga oshiriladi, ya’ni nazariy bilim va eksperiment, induksiya va diduksiya, logik va ularni dialektik birlikda induktiv aqliy xulosalash kabi eng ratsional birikuv (o’qitishning maqsadi nuqtai nazaridan) natijasida amalga oshiriladi (yo’lga qo’yiladi).

Bilim – kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik, ma’lumotlar va uning inson tafakkurida aks etishi. Uni qonuniyat ham deb yuritishimiz mumkin. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea hodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch bilim hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan ma’lumotlarimiz bilim darajasiga ko’tarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirilish lozim: birinchidan, bu ma’lumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonchli bo’lishi; uchinchidan, bu ma’lumotlar dalillar bilan asoslangan bo’lishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud ma’lumotlarni bilim darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmaslikdan bilishga, mavhum bilimlardan mukammal va aniq bilimlar hosil qilish tomon boradi. Bilimlarni tadqiq etuvchi ta’limot – epistimologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy – kundalik (sog’lom aql) va ilmiy bilim shakllari ajratib ko’rsatiladi. Bilim kishidan kishiga ma’lumot (axborot) orqali o’tadi. Uni o’zgartirib bo’lmaydi. Uni bilib, uning xususiyatidan kelib chiqib, ish yuritiladi.

O’quv jarayonida ilmiy bilishlar o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida egallaydigan ilmiy bilimlar tizimining elementi asosida paydo bo’ladi. O’qish jarayonida ilmiy tekshirish ishlarida va kishilarning amaliy faoliyatidan keng foydalanadigan, fanda qat’iy tasdiqlangan va qabul qilingan tushunchalarni ta’lim muassasi o’quvchilarida shakllantiriladi.

O’quvchilarda ilmiy bilish, qarash va tushunchalarni shakllantirish murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, unda o’quvchilar asta sekin tushunchalarning mazmunini to’liq egallashga yaqinlashadilar. Bu jarayonda, xuddi ilmiy bilishdagi singari tushunchalarning rivojlanishi, ularning boyishi ushbu tushunchaning boshqalari bilan yangidan yangi bog’lanishlarning o’rnatilishi sodir bo’ladi. Bu rivojlanish murakkab dialektik xarakterga ega.

Ayrim hollarda bilimlarning ortishi tushunchaning shakllanishiga o’zaro chambarchas bog’liqligi o’quvchilarning ularning kundalik tajribasidanma’lum bo’lgan fakt va hodisalarni taxlil qilishdan boshlanishi mumkin.

Fizika o’qitish jarayonida ilmiy bilishni tushunchalarni yaxshi o’zlashtirish orqali ham boyitiladi, uning hajmi aniqlaniladi, boshqa tushunchalar bilan bog’lanishi va munosabati borgan sari to’laroq ochib boriladi. Masalan, “atom” tushunchasining rivojlanishi xuddi shunday sodir bo’ladi: atom haqida molekula tarkibiga kiradigan moddaning juda kichik zarrasi sifatidagi tasavvurdan musbat zaryadlangan yadrodan va manfiy zaryadlar yig’indisi absolyut qiymati jixatidan yadroning musbat zaryadlari yig’indisiga teng bo’lgan elektron qobiqdan tashkil topgan, murakkab tuzilishga ega bo’lgan atom haqidagi tushunchaga rivojlantiriladi. Fizika va ximiya kurslarini o’rganish bilan birga “atom” tushunchasi atomni harakterlaydigan boshqa tushunchalar tizimi bilan o’sib boradi. Bu “modda”, “elektron”, “energiya’, “harakat” va boshqa tushunchalarga ham tegishlidir. Ammo bu tushunchalarning xosil bo’lishida aniq xissiy qabul etish bosqichi butunlay ishtirok etmaydi, degan ma’noni bildirmaydi. U VII-VIIIsinflarda fizikani o’rganishda, kundalik kuzatishlarda o’rinli edi. Mavjud faktlar umumlashgan tushunchalarning shakllanish vaqtiga kelib o’quvchilar ongida ishlab chiqilgan va umumlashgan bo’ladi. Misol uchun “harakat” haqidagi umumlashgan tushunchani shakllantirishda biz harakatning har xil ko’rinishlari: mexanik, issiqlik, elektr harakatning maydon shakliva hokazolar haqidagi o’quvchilarning bilimiga tayanamiz. Bu tushunchalar asosida yotgan faktlar ilgari qandaydir yo’llar bilan bevosita kuzatish yo’li bilan yoki asboblar yordamida shakllangan edi. Turli ko’rinishdagi harakatning o’ziga xos xususiyatlarini taxlil qilish asosida moddiy obyektlarda sodir bo’ladigan umuman o’zgarish sifatidagi, materiyaning mavjudlik usuli sifatidagi, materiyaning atributi sifatidagi yanada umumiyroq “harakat” tushunchasi shakllanadi.

O’rta umumta’lim muassasasida o’quvchilarda shakllanadigan fizik tushunchalar mazmunining taxlili, tushunchalarning mazmuniga, o’quvchilarning fikrlash darajasining rivojlanishiga, o’qitishning avvalgi bosqichlarida olingan bilim zaxiralariga bog’liq holda o’quv jarayonida tushunchalarni shakllantirishning turli usullari qo’llanishi kerak, degan xulosaga olib keladi.

2. Fizika o’qitish jarayonida ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirish
Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir. Mazkur tizim doirasida ijtimoiy-g’oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma’naviy – axloqiy, estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e’tiqodlar asosiy tarkibiy unsurlar sifatida namoyon bo’ladi.

Muayyan dunyoqarashga ega bo’lish shaxsda atrof – muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni, sub’ektlarga nisbatan ma’lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to’laqonli anglash va ularni bajarishga nisbatan ma’suliyat tuyg’usiga ega bo’lishi uchun zamin yaratadi.

Shaxsda dunyoqarash izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta’lim tarbiyaning yo’lga qo’yilishi, uning turli yo’nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etishi, shuningdek, o’z o’zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi. Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta’lim muassasalarida o’qitilishi yo’lga qo’yilgan aniq, tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta o’zlashtirilishi muhim o’rin tutadi.

Dunyoqarash o’z mohiyatiga ko’ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo’lmagan) dunyoqarash tarzida aniqlanadi. Ilmiy dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o’zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlik kasb etgan g’oyalar yotadi.

Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida aqliy tarbiya muhim o’rin tutadi. Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi bilimlarni berish, uning aqliy(bilish) qobiliyati, tafakkurini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat bo’lib, uni samarali yo’lga qo’yish asosida dunyoqarash shakllanadi. Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi. Uning shakllanishida ilmiy qarash va e’tiqod o’ziga xos o’rin tutadi.

Ilmiy qarash (yunoncha “idea” – g’oya, tasavvur, tushunchalar yig’indisi) – muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g’oya bo’lib, u shaxs tomonidan mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o’zlashtirilganda, bilimlarni bir biri bilan taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida yuzaga keladi. O’quvchilarni ijodiy fikrlashga o’rgatish, ixtirochilik ko’nikmalarini shakllantirish ular tomonidan ilmiy izlanishlarni olib borish va ma’lum ilmiy qarashlarni ilgari surilishiga zamin yaratadi.

Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shaxsda ilmiy tafakkurning yuzaga kelishini ta’minlaydi.

Ilmiy tafakkur – inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuvni anglatadi.


Abu Nasr Forobiyning e’tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o’zlashtirar ekan, borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha bo’lgan ma’lumotlarni o’zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi.

Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to’xtalar ekan, quyidagilarni bayon etadi: “Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni harakatimizni, oyna kabi ko’rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz odam kabidur”



O’quvchi dunyoqarashini shskllantirishning bie necha maqbul shakl, metod va vositalari bo’lib, ular sirasida ma’naviy axloqiy, ijtimoiy-g’oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzularda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahs munozaralar, ma’ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida o’quvchilarni fikrlashga undovchi amaliy treninglar, mustaqil ishlar, shuningdek, ishchanlik o’yinlari yanada samarali sanaladi.

Fizika darslarida o’quvchilar ongida dunyoni bilish mumkinligi va bilish jarayonining dialektik harakteri, dunyoning moddiy birligi materiya va harakatning ajralmas ekanligi, tabiatdagi hodisalar bir biriga bog’langanligi, moddiy dunyo hossalarining bitmas tuganmasligi, bilish jarayonining chegarasiz ekanligi tushuntirib boriladi. Bu esa ularning dunyoqarashlarini to’g’ri shakllantirish demakdir. O’quvchilar moddalarning atom va molekulardan tuzilganligini o’rganish bilan birga materiyaning ikkinchi ko’rinishi-maydon haqidagi tushuncha bilan ham tanishadilar. Butun fizika kursi davomida materiya o’zaro bog’langan ikki ko’rinishda, ya’ni modda va maydon ko’rinishida namoyon bo’lishini ko’rsatib borish lozim. Dunyoning moddiy birligi haqidagi tasavvurlarni o’quvchilar ongida to’g’ri shakllantirishda modda va maydonning umumiy xossalarini ko’rib chiqish muhim ahamiyatga egadir. 1. Massa, energiya, impuls, spin tushunchalari ham, “modda” ham “maydon” zarralarini xarakterlaydi. 2. Korpuskulyar – to’lqin dualizmi modda zarralariga ham, maydon zarralariga ham taalluqlidir. Korpuskulyar va to’lqin xossalarning birligi hamma elementar zarralarning muhim xarakteristikasidir. 3. Modda zarralari maydon zarralariga aylanishi kabi maydon zarralari ham modda zarralariga aylanadi. 4. Har ikkala ko’rinishdagi zarralar barqaror bo’lishlari ham, qisqa vaqt yashaydigan bo’lishlari ham mumkin. O’quvchilar diqqatini modda zarralari maydon yordamida turli strukturali sistemalar (atom, molekula, makroqism) hosil qilishiga qaratilmog’i lozim. Modda strukturasini maydonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Zarralar o’zaro maydon orqali ta’siralashadi. O’qituvchi fizika darslarida turli harakatlarni sekin asta o’rgatib borishi orqali o’quvchilarni harakat materiyaning ajralmas xossasi ekanligini tushunishlariga olib keladi. Maktabda avval o’quvchilar mexanik harakat bilan, keyin molekular harakat va elektronlar harakati bilan tanishadilar. Elektromagnit induksiya hodisasini o’rganish vaqtida mexanik harakat (o’tkazgichning magnit maydondagi harakati) bilan elektronlar harakati orasidagi bog’lanishga va elektromagnit maydonning hosil bo’lishiga o’quvchilar diqqatini jalb qilmoq lozim. Harakatning yo’qolmasligi energiyaning saqlanish va aylanish qonunida o’z ifodasini topadi. Energiya haqidagi boshlang’ich tushunchalar 6-sinfda beriladi. Elektr hodisalarini o’rganish jarayonida o’quvchilar uchun yangi bo’lgan harakatning va unga mos energiyaning aylanishi to’g’risidagi tushunchalar ko’rib chiqiladi. Bu yerda harakatning (energiyaning) yangi ko’rinishlarga o’tishiga ahamiyat berishi lozim. Fizika o’qitish jarayonida o’quvchilarga hodisalarning o’zaro bog’liqligi, ularning sodir bo’lish sabablari va rivojlanish qonuniyatlari tushuntirib boriladi. Masalan: deformatsiyaning sababi jismlarning o’zaro ta’siridir. Elektr zaryadining harakati(sabab) magnit maydonini hosil qiladi (oqibat). Hodisalar orasidagi bog’lanishlar haqida o’quvchilar aniq tasavvur hosil qilishlari uchun ularning diqqati hodisalar orasidagi muhim bog’lanishlarni qidirib topishga qaratilmog’i lozim. Bunda faqat fizik hodisalargina emas, balki boshqa (biologik, kimyoviy) hodisalar bilan ham bog’lanishlarni ko’rsatish imkoniyati ortib boradi. Masalan: elektr maydonining (sabab) o’simlikning rivojlanishini yaxshilashi(oqibat). Tabiatda miqdor o’zgarishlari sifatida o’zgarishlarga olib kelishini o’quvchilar ongida shakllantirib borish katta ahamiyatga ega. Bu moddaning bir agregat holatdan ikkinchisiga o’tishini tushuntirishda ko’rsatib o’tiladi. U jism ichki energiyasining o’zgarishi va molekulalarning o’zaro ta’siriga asosan tushuntiriladi. Fizika kursini o’rganib borish davomida qarama qarshiliklar kurashi, birligi qonuni ham o’quvchilar ongida shakllanib boradi. Masalan: yorug’lik va moddaning korpuskulyar to’lqini tabiati va birligini tushuntirish. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda fizika qonunlarining obyektiv harakterini ochib borish, tabiat hodisalarini bilish mumkinligini ko’rsatib borish katta ahamiyatga ega. Chunki fan qonunlari tabiat qonunlarining akslanishidir. Shuning uchun har bir qonunni o’tishda uni tajribada ko’rsatish va qo’llanilishi bilan tanishtirib borish lozim. Ba’zi hollarda qonunlar tajribaga asosan ta’riflanadi (masalan: Arximed kuchi, Om qonuni va hokazo). Ba’zi hollarda xulosalarning to’g’ligini tasdiqlash uchun tajribadan foydalaniladi. Butun fizika kursi davomida o’quvchilar dunyoni bilish mumkinligiga ishonch hosil qilib borishlari lozim. Fan va texnikaning rivojlanishi natijasida tabiatning hali o’rganilmagan va hayolga ham kelmaydigan sirlarining ochib borilishini ko’rsatish muhim ahamiyatga ega. Masalan; atom tuzilishi, koinotni o’rganish va h.k. Fizika kursini izchil o’rganish orqali o’quvchilar dunyoni bilish mumkinligiga, dunyoning hozirgi zamon fizik manzarasiga ishonch hosil qilib boradilar. Ular dialektik usulni amaliyotga qo’llash malakasiga ham ega bo’lib boradilar, chunki fizika fani rivojlanishining o’zi dialektik yo’ldir.

Fizika o’qitishda o’quvchilarning fanni bilishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish. Umumta’lim maktablarida har bir predmet o’qituvchisi dars jarayonida o’quvchining o’zlashtirish qobiliyatini e’tiborga olishi lozim. Bu esa o’quvchining psixologik xususiyatlarini yaxshi bilishni talab etadi. O’qituvchi ish faoliyatida o’quvchilarning qanday psixologik xususiyatlariga e’tibor berishi zarurligi va uning ahamiyati haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Umumta’lim maktablarida o’quvchilarni o’quv mashg’ulotlariga munosabatlarida namoyon bo’ladigan individual ruhiy xususiyatlari – diqqati, yaxshi yoki noxush kayfiyatlari, irodaviy faoliyati hamda qiziqishi va havaslari fizikani o’rganish jarayonida amal qiladigan muhim omillardandir. Ma’lumki, diqqat – aqliy faoliyatda g’oyat muhim rol o’ynaydi. Diqqatning ahamiyatini ta’kidlab, K.D Ushinskiy; “Diqqat - ruhimizda o’tib turadigan hamma narsaning eshigidir”, deb ta’lim beradi. Demak, bilimlarni puxta egallash, jumladan fizikani o’zlashtirishning zarur shartlaridan biri o’quvchilar diqqatini fizik jarayonlarni puxta bilib, o’zlashtirib olishga yo’naltirilishi unda kuchli va barqaror to’planishidir. Diqqatning o’rganilayotgan materialdan chalg’ib ketishi, parishonlik, zarur obyektga to’planmasligi yoki to’planishning qiyinligi ta’limning sifatiga, jumladan o’zlashtirish tezligiga ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ta’lim jarayonida o’quvchilar kechiradigan xilma xil ta’sirchanlik holatlar, yaxshi yoki noxush kayfiyatlar, his tuyg’ular katta rol o’ynaydi. Bu xususiyatlar diqqatning kuchli va barqarorligiga ham ta’sir qiladi. Umumta’lim maktablarida o’qituvchining pedagogik faoliyati bilan bog’liq bo’lgan omillar haqida to’xtalib o’tmoq kerak. O’qituvchining fanni va uni o’qitish uslubini qanchalik egallaganligi, darsni tashkil qilish va o’tkazish mahorati, umuman, o’qituvchining fan o’qituvchisiga xos individual sifatlari o’quvchilarda bilimlarning shakllanishida amal qiladigan omillar jumlasidandir. Bilim va malakalar hosil qilishda, jumladan, fizikani o’zlashtirishda ham o’qituvchining bilimdonlig, o’qitish uslublari bilan qurollanganligi, pedagogik mahorati juda muhim kasb etadi. Biroq, ta’limning har qanday sharoitida amal qilaveradigan universial uslublar yo’q va bunday uslubning bo’lishi ham mumkin emas. O’qitish uslubi avvalo, hosil qilinadigan bilim, jumladan, o’rganiladigan materialning mazmuni va xarakteriga mos kelishi kerak. Umumta’lim maktablarida fizika o’qitish jarayonini tashkil etish bilan birga fizika o’qitishning o’ziga xos ruhiy xususiyatlarini ham hisobga olish zarur. Ular hammadan oldin predmetning mazmuni bilan belgilanadi. O’rganilayotgan obyektning mohiyatiga kirib borish o’quvchilardan absraktlash, ideal modellarni qurish, bir ko’rinishdagi absraktlashdan boshqasiga o’tish va boshqa shu singari hayoliy amallarni bajarishni talab etadi. Bularning hammasi fizik ilmiy fikrlashni ifodalaydi, hamma hayoliy amallar o’qish jarayonida shakllanadi va yoshning ortishi bilan rivojlanib boradi.

Fizika o’qitish jarayonining ikkinchi o’ziga xos ruhiy xususiyati quyidagilardan iborat: o’qitishda ko’proq modellardan va turli ko’rinishdagi belgilardan (formula, rasm, chizma va elektr zanjiri elementlari va hokazo) foydalaniladi va o’quvchilardan belgili tasvirlardan real obyektlarga va aksincha, teskari real obyektlarni idrok qilishdan ideal tuzishga va ularning belgili tasvirlariga o’tishini amalga oshirish talab etiladi.

Fizika o’qitish jarayonining uchunchi xususiyati tajribalar ko’rsatishdan foydalanish, o’quvchilarning kuzatishlarini tashkil qilish, ularning amaliy ishlarni mustaqil bajarish bilan bog’liq xissiyotliligidir. Yoshiga qarab ruhiy xususiyatlariga mos ravishda sinflar bo’yicha o’qitish quyidagicha ko’rib chiqiladi: 6 – 7 sinflarda bolalarda abstrakt fikrlash darajasi past ekanligini e’tiborga olish lozim. Ularda ko’rsatma obrazli fikrlash ustunlikka ega, shuning uchun fizik hodisalarni tajriba va ko’rgazmalar asosida o’qitish maqsadga muvofiqdir. Shu bilan birga o’quvchilarni hodisalarning umumiy belgilarini ajratib olish, mahoratlarini shakllantirish bo’yicha ish olib borish kerak. Ularni asta sekin 6 – sinfdayoq deduksiya uslubi bilan xulosa chiqarishga o’rgatish lozim. Umumta’lim maktablarida o’quvchilarning fizikani bilishga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirish shu kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Qiziqish – o’qish, yangilikni bilish uchun eng muhim omillardan biridir. Uning ta’sirida faolllik ortadi, xotira takomillashadi, tasavvur va qabul qilish kuchayadi, diqqat, fikrni to’plash o’sadi. Fizikani o’rganishga o’qituvchi qiziqishni tarbiyalash va rivojlanishga imkon beradigan sharoitlarni bilish kerak. Ijodiy ishlaydigan o’qituvchilar o’rganishga qiziqishni rivojlantirish maqsadida turli uslublarni qo’llaydilar, yaxshi tayyorlangan namoyish tajribalaridan foydalanish va kuzatishlarni tashkil etish, darsda olingan nazariy bilimlarni amalda qo’llanilishini ko’rsatadigan masalalar yechish o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Masalan: o’quvchilarni quyidagicha masalalar qiziqtiradi. 1.Faqat suvli menzurka yordamida yog’och sharchaning massasini qanday aniqlash mumkin? 2.Faqat toshlari bilan tarozi va suv idish bilan jism hajmini qanday aniqlash mumkin?

O’quvchilarning ilmiy bilimlarini bilishga qiziqishlarini va tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishning asosiy omillari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

1. O’quv materialini ilmiy va qa’tiy sistemada bayon qilish;

2. Darsda muammoli vaziyat hosil qilish va qo’yilgan muammoni hal etishga o’quvchilarni jalb etish;

3. Darsda o’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilib borish;

4. O’quvchilar tomonidan ijodiy xarakterdagi topshiriqlarning bajarib borilishi;

5. O’quvchilar o’zlari qiziqqan masalalarni ilmiy ommabop adabiyotlardan o’rganganlarini sinfdoshlariga aytib berishlari uchun sharoit yaratish;

6. O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga adabiyotlarni o’qish, kino va telefilmlarni ko’rish va mustqail ravishda tabiat va texnika hodisalarini kuzatish orqali javob topishlari.

Fanga chuqur va mustahkam qiziqish uyg’otish uchun o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini va diqqatni faollashtiruvchi, ilmiy texnika rivojlangan sharoitda bilimning ahamiyatini tushuntirishga yordam beruvchi usullarni qo’llash lozim. O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini tarbiyalash ko’pgina texnik masalalarini hal qilishlariga yordam beradi. Umumta’lim maktablarida o’quvchilarni fizikaga qiziqishlarini uyg’otishdagi asosiy manba – o’qituvchining darsdagi faoliyati, uning shaxsiy sifati va o’quvchilarning darsdagi faoliyati, uning shaxsiy sifati va o’quvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil qila olishidir.

Fizika o’qitishda bilimlarni shakllanishi uchun o’qituvchining yangi mavzuni qay tarzda bayon etishi ham asosiy o’rin tutadi. Ushbu jarayon ko’p hollarda og’zaki bayon etishning hikoya, suhbat va ma’ruza usullaridan foydalanib o’tkaziladi. Umumta’lim maktabning yuqori sinflarida, litsey va kollejlarning 2 -3 kurslarida hikoya, suhbat, ma’ruza usullaridan foydalaniladi. Quyi sinf va 1 – kursda esa ko’proq hikoya va suhbat usullaridan foydalaniladi. Og’zaki bayon etishda o’qituvchining tovush balandligi me’yorida bo’lishi, ohangi o’zgarib turuvchi, zarur holda “ehtirosli”, sodda va ravon tilda, yoqimli ovozda yaxshi kayfiyat va ochiq chehra bilan olib borilishi muhimdir. Ko’rgazmali uslubda asosan o’qituvchi hodisa va narsalarni ko’rsatadi. Bu yerda so’z boshqacharoq ahamiyatga ega bo’ladi. O’qitish jarayonida mantiqiy fikrlash uslublari keng qo’llanadi. Mantiqiy fikrlash uslublari induksiya va diduksiya, abstraksiya va umumlashtirish, tahlil va sintez, analogiya, modellashtirishdan iboratdir. Tushuntirishning induktiv usulini qo’llashda o’qituvchi tajriba natijalarini ko’rsatish va tahlil qilish asosida o’quvchilarni yangi bilimlar olishga olib keladi. O’qituvchi fizika darslarida diduksiyadan faqat umumiy holatlardan xususiy holni keltirib chiqarishdagina foydalanib qolmasdan, shu bilan birga yangi bilimlarni nazariy darajada ochib beriladigan hamma hollarda ham foydalaniladi. Nazariy, abstrakt fikrlashni kengaytirish uchun fizikani o’rganish jarayonida abstraktlash, ideallashtirish, o’xshatish bilan o’quvchilarni tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Abstraksiyalash natijasida muhim bo’lmagan tomonlar va hodisalarning belgilari soddalashadi. Fizika darslarida materialni nazariy ochib berishda abstraksiyalashning boshqa turi – ideallashtirishdan ya’ni obektiv modelidan foydalaniladi. Og’zaki bayon qilish usulida: suhbat, tushuntirish, ma’ruza shaklida dars olib borish mumkin. Suhbatda – o’quvchilar bilimi malakasiga asoslangan holda savol-javob bilan yangi materialni o’quvchilar ongiga singdiriladi.

Inson hamma vaqt tabiatni oxirigacha bilish tomon yaqinlashuib boradi, lekin u moddiy olam qonun va xodisalarini to’la to’kis bilish darajasiga erisha olmaydi. Buning sababi shuki, tabiat cheksiz, u to’xtovsiz harakatga, rivojlanishda o’zgarishda. Shuning uchun ham inson bilimining mutlaqo haqiqatga yaqinlashuvi nisbiydir. Bundan bizning hamma bilimlarimiz nisbiy ekan, degan xulosaga kelmaslik kerak. Har qanday haqiqat nisbiyligiga qaramay, unda mutloq haqiqat elementlari saqlanadi.

Bilish odam bolasining tug’ilishidan boshlanadi, tabiat va ijtimoiy muhitga moslashish, unga faol tahsir o’tkazish jarayonida u takomillashib boradi. Inson bilimini, unda borliq qanday holda paydo bo’lganligiga qarab, oddiy (kundalik) va ilmiy bilimlarga ajratish mumkin.

Oddiy (kundalik) bilish kishilarning odatdagi o’z kundalik hayotlarida borliqdagi predmet va hodisalarni bevosita o’z sezgi a’zolari va tafakkurlari orqali bilishdir. U kishilarning kundalik hayotiy tajribalari, malakalari va amaliy ishlari orqali hosil bo’ladi. Oddiy bilish hamma kishilarga xos bilishdir.

Ilmiy bilish esa, oddiy (kundalik) bilishdan farqlanib, u borliqdagi predmet va hodisalarning qonuniyatlarini, ularning mohiyatini bilishdir. Ilmiy bilish, fanda ilmiy tadqiqotlar va ilmiy izlanishlar olib borish asosida amalga oshadi. Shu sababli ilmiy bilish uzoq davom etadigan, muayyan usullar va yo’llar bilan amalga oshiriladigan murakkab, ziddiyatli bilishdir. Bu esa tushunchalarni ham bilishga ta’sir qilmay qolmaydi.

Tushunchalarning muhim bo’lmagan belgilarini o’zlashtirish bo’yicha mashqlar muhim belgilarni aniqlashda katta ahamiyatga ega. Ularni bajarish tushunchalarni egallash jarayonini tezlashtiradi. Bu ko’rinishdagi mashqlarning moxiyatini quyidagi misolda tushuntirib beramiz. VII sinf o’quvchilari uzoq vaqtgacha bosim kuchini jismning og’irligi bilan bir xil deb hisoblab keldilar. Bu shunday tushuntiriladiki, odatda “bosim kuchi” tushunchasini shakllantirishda bosim jismning og’irligi ta’sirida vujudga keladigan misolni keltirish bilan cheklanadi. Bu shunga olib keladiki, o’quvchilar ongida har qanday bosim kuchi vertikal yo’nalgan ekan deb singib qoladi.




Download 120.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling