Mavzu: fizikadan binarli ma'ruzalarni tashkil qilish va o'tkazish usullari reja: kirish I bob. Fizika o'qitish va fizik bilimlar berishning ahamiyati va vazifalari
II BOB. FIZIKADAN MA'RUZALARNI TASHKIL QILISH VA O'TKAZISH USULLARI
Download 67.59 Kb.
|
Mavzu fizikadan binarli ma\'ruzalarni tashkil qilish va o\'tkazis-fayllar.org
II BOB. FIZIKADAN MA'RUZALARNI TASHKIL QILISH VA O'TKAZISH USULLARI
2.1.Fizika o‘qitish jarayonida ma’ruzalar tashkil qilish O‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi va o‘zaro bog‘langan ishlarida foydalaniladigan o'qitish maqsadlariga erishish uchun yo‘naltirilgan faoliyat usullariga o'qitish us- lublari deyiladi. Fizika darslarida turli ko‘rinishdagi o‘qitish uslublari: hikoya, tushuntirish, leksiya, namoyish qilish, masala yechish, o‘quvchilarni darslik bilan mustaqil ishlashi, kino- film va teleko‘rsatuvlardan foydalanish, o‘quvchilardan so‘rash, yozma sinov ishlari va boshqalardan foydalaniladi. M.N.Skatkin va LYa. Lerner hamma o‘qitish uslublarini beshta guruhga bo‘ladi (bilish faoliyatining xarakteriga ko‘ra): tushuntirishni tasvirlash (ilyustratsiya)uslubi, reproduktiv (esda qolganlarni tiklash) uslubi, muammoli bayon etish uslubi, savol-javob (evristik) uslubi va tadqiqot uslubi. Yu.K. Babanskiy hamma o‘qitish uslublarini uch guruhga bo'ladi: -o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish uslublari; -o‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish va motivatsiya lash uslublari; -o’quv bilish faoliyatining samaradorligini nazorat qilish uslublari. Fizika o‘qitish amaliyotida o‘qitish uslublarini guruhlashda quyidagicha uchta belgiga asoslaniladi: 1) o‘quvchilar bilim oladigan manba, 2) o‘qituvchi faoliyatining xarakteri, 3) o‘quvchi faoliyatining xarakteri. Bu belgilarga asoslangan holda hamma o‘qitish uslublari uchta katta guruhga bo‘linadi: og'zaki, ko‘rgazmalilik va amaliy uslublarga. Og‘zaki uslubda o‘qituvchi asosan so‘z orqali tajriba va ko‘rgazma yordamida o‘quvchilarga bilim beradi. Bu uslubga hikoya, ma’ruza, tushuntirish, suhbat, telehikoya, tele- ma’ruza, kitob bilan ishlash kiradi. Og‘zaki uslubda asosiy bilim manbai so‘zdir. Ko'rgazmali uslubda asosiysi o‘qituvchi hodisa va narsalami ko‘rsatadi. Bu yerda so‘z boshqacharoq ahamiyatga ega bo‘ladi. So‘z yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarning mantiqiy fikr- lashlarini va kuzatishlarini to‘g‘ri yo‘naltirib boradi, hodi- salarning alohida tomonlarini sharxlab beradi. Ko'rgazmali uslubga tajribalar, sxema, diafilm, rasm, chizma, kinofilm- larni namoyish qilish kiradi. Amaliy uslub — bu laboratoriya ishlari, fizik amaliyot, sinfdan tashqari kuzatish va tajribalar, tarqatma materiallar bilan ishlash, masala yechish va boshqalar. Bu uslubni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar yangi bilim olish bilan birga tajriba qilish, o‘lchash, qidirish, masala yechish va nazariy bilim- larni qo‘llash malakalariga ega bo‘ladilar. Hamma uslublar guruhi dars jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishlarini nazarda tutadi. Bu uslublarni qo‘Ilash o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga, ularda qiziqish, istak, diqqat, mehnatsevarlik kabi sifatlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Hamma o‘quv masalalarini hal qilishda bironta uslub uni- versal yoki maroqli emas. O‘quv-tarbiyaviy ishlarning sama- rali bo‘lish sharti fizika darslarining maqsadiga ko‘ra, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda turli uslublarni qo‘llashdir. Og‘zaki bayon tajriba va ko‘rgazmalar bilan bog‘liq holda olib boriladi, masala yechish esa tushuntirish, rasm va chiz- malar bilan bog‘langan. Har bir uslub uslubiy usullar bilan amalga oshiriladi. Uslubiy usul o'qitish uslubining tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o'quvchilaming alohida-alohida ba- jaradigan amallaridir. Masalan, laboratoriya ishini: 1) oldin o‘qituvchi tushuntiradi, keyin o‘quvchilar bajarishadi; 2 ) ba- jarish yo‘lini yo‘riqnomasidan o‘rganib, keyin bajarishadi; o‘qituvchi masala qo‘yadi, o‘quvchilar uni bajarish re- jasini tuzadilar, asboblarni tanlaydilar, keyin ishni bajaradi- lar; o‘quvchilar nazariy materialni takrorlaydilar, ishni ba- jarish rejasini tuzadilar va uni bajaradilar. Uslubiy usullar uchta umumiy guruhga bo‘linadi: manti- qiy, tashkiliy va texnik.Hodisalar va jismlarning turli belgilarini aniqlash, ular- ning o‘xshashligi va farqini solishtirish, xuiosalami ta’riflash, umumlashlii ish, muammo qo‘yish kabilar mantiqiy usul- lardan iboratdir. Tashkiliy usullar yordamida o‘quvchilarning diqqati t'ushu- nishga va ishlashga yo‘naltiriladi. Masalan: 1. Doskaga berilganlar yozilgandan keyin hamma o‘quvchilar bitta masalani yecha- dilar. 2. O‘quvchilar kartochkalar bo‘yicha turlicha masala- larni yechadilar. 3. O‘quvchilar mashq qilib olgan natijalarini avtomatik qurilma yordamida nazorat qiladilar. Texnik usulda maxsus tarqatma materiallardan foydalani- ladi. Masalan, didaktik kartochkalar yordamida masala yechish individual holatga keltiriladi; frontal tajribalar uchun asboblar tarqatiladi. Uslublar kabi usullar ham bir biri bilan bog‘langan holda qo‘llaniladi. 0‘qitish jarayonida mantiqiy fikrlash uslublari kcng qo‘llaniladi. Mantiqiy fikrlash uslublari induksiya va deduksi- ya, abstraksiya va umumlashtirish; tahlil va sintcz, analogiya (o‘xshatish), modellashtirishdan iboratdir. «lnduktiv xulosa chiqarish — shunday xulosa chiqarishki, uning natijasida ma’lum bir sinfning ayrim predmellari biliin- lari asosida sinfning hamma predmetlarining bilimi to‘g‘risida umumiy xulosalar hosil bo‘ladi». O'quvchilarni tajriba va kuzatish natijalarini tahlil qilish- ga, umumiy va bosh narsalarni aniqlay olishga, bunga asosan induktiv umumlashtirishni hosil qilishga o'rgatish ularda fizik fikrlashlarni rivojlantirish uchun zaruriy shart hisoblanadi. Nazariy, abstrakt fikrlashni kengaytirish uchun fizikani o‘rganish jarayonida abstraktlash, ideallashtirish, o‘xshatish bilan o'quvchilarni tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Hodisaning ikkinchi darajali, muhim bo‘lmagan xossalarini e'tiborga olmay murakkab tabiat hodisalarini soddalash- tirib o‘rganish abstraksiyalashdir. Abstraksiyalash natijasida muhim bo‘lmagan tomonlar va hodisalarning belgilari sod- dalashadi. «Toza» ko'rinishda qarab chiqiladi. Maktabda «tekis» va «tekis tezlanuvchan» harakat o‘rganiladi. Tabiatda turli jismlar (mashina, samolyot, kemajning harakati faqat ayrim yaqinlashish bilan abstrakt ko‘rinishdagi harakatlarning biriga taalluqli bo‘lishi mumkin. Barcha empirik o‘rnatilgan qonun- lar asbtrakt qonunlardir. Fizika darslarida materialni nazariy ochib berishda ab- straksiyalashning boshqa turi — ideallashtirishdan, ya’ni real obyektning modelidan foydalaniladi. Aniq predmetlar emas hayoliy modellargina nazariy tekshirishlarning obyektlari hisoblanadi. Fizikada atom, molekula, atom yadrosi, gaz, absolut qattiq jism va h.k. modellar qo‘llaniladi. Model xossasini real obyektga o‘tkazishning asosi o‘xshatish uslubidir. O‘xshatish bo‘yicha qandaydir obyekt (model) haqida olingan bilim boshqa, kamroq o'rganilgan obyektga ko‘chiriladi. Bu ko‘chirish o'rganiladigan obyekt- lar o‘zlarining muhim belgilarining o‘xshashligi asosida amalga oshiriladi. Agar o'xshatish o'rganiladigan obyektlar o‘zaro izomorfizm munosabatida bo‘lsalar (masalan, hodisalar bir xil formulalar bilan ifodalansa), u holda o'xshatish bo‘yicha xulosa chiqarish ehtimoliy bo‘lmay, balki haqiqiy bo'ladi. Fizika darslarida og‘zaki bayon tajriba, grafika, jadval va rasmlarni ko‘rish va tahlil qilish, masala yechish bilan uzviy bog‘langan holda olib boriladi. Suhbat — o‘quvchilar bilimi va malakasiga asoslangan holda savol-javob bilan yangi materialni o‘quvchilar ongiga yetkazishdir. Suhbat rejasida quyidagilar o‘z aksini topishi lozim: suhbatning har bir bosqichiga mos keluvchi mantiqiy ketma-ket savollar guruhi tuzilgan bo‘lishi; ko‘rsatilgan tajriba va ko‘rgazmalar ro‘yxati va ularni namoyish qilish o‘rni; doskaga va 0‘quvchilarning daftarlariga yoziladiganlar ko‘rsatilishi. Suhbat orqali quyidagi masalalar hal qilinishi mumkin: fizika qonunlarini frontal tajribalar asosida tushunti- rish; fizika hodisalarining tabiatini ochib berish; tajriba va ko‘rgazmalar asosida fizik tushunchalarning mohiyatini ochib berish; bilimni takrorlash va to‘Idirish; qo‘yilgan muammoni hal qilish yo‘llarini aniqlash; o‘quvchilar bilimini sinash. Hikoya — materialni ketma-ket obrazli qilib bayon qilish. Hikoya uslubi quyidagi masalalarni hal qilishda samara beradi: turli ixtirolarning va qonunlarning ochilish tarixi, olim- larning hayoti bilan tanishtirish; fan va texnika yutuqlari bilan tanishtirish; o‘rganilganlarni fan va texnikada qo‘llanilishi bilan ta- nishtirish; tabiatda va texnika qurilmalarida kuzatiladigan hodisa- larni tasvirlash. Hikoya aniq, mantiqan ketma-ket, obrazli bo‘lishi, jadal- ligi (tempi) o‘quvchilarni qabul qilishiga va materialning qi- yinligiga qarab tanlanishi lozim. Hikoya tajriba va ko‘rgazmalar bilan to‘ldirib boriladi-. Tushuntirish — tajriba va ko'rgazmalar yordamida og‘ir mavzularni ketma-ket mantiqiy bayon qilishdan iborat. Bu uslub isbotlab tushuntirib, asoslab berishni talab etadigan ushbu mavzularni o‘tishda qo‘llaniladi: fizik asbob va mashinalarning tuzilishi va ishlashini o‘qitishda; nazariyalar asosida hodisalarning mohiyatini (tabiati- ni) ochib berishda; hodisalarning o‘zaro bog'lanishlarini ochib berishda; jismlarning xossalarini atom molekular va elektron nazariyalar asosida tushuntirishda; fizik qonunlar asosida texnologik jarayonlarni tushun- tirishda. Tushuntirish suhbat bilan birga olib borilsa, o‘quv- chilarning faolligi ortadi. Ma’ruza — hikoya va tushuntirishga qaraganda ilmiy to- mondan qat'iy uzoq vaqt talab etadigan bayon qilish uslub- laridandir. Bu uslub ko‘proq yuqori sinflarda qo‘l keladi. Chun- ki u asosan to‘la bir darsga mo'Ijallanadi. Ma’ruza o‘quvchidan abstrakt tafakkur qilishni, uzoq vaqt diqqat bilan tinglay olishni, konspekt olishni, qonun va xulosalami ta'riflay olishni talab qiladi. Hamma og'zaki bayon uslublari tajriba va ko‘rgazmalar bilan to'ldirib boriladi. O‘qituvchi darsda ham ma’ruzachi, ham tajriba ko'rsatuvchi rolini bajaradi. Uning tili aniq va qat'iy bo‘lmog‘i, jadalligi o'quvchilarning qabul qilishlarini ta’minlamog‘i lozim. Download 67.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling