Mavzu: fizikadan binarli ma'ruzalarni tashkil qilish va o'tkazish usullari reja: kirish I bob. Fizika o'qitish va fizik bilimlar berishning ahamiyati va vazifalari


Fizikani o'qitishda ma'ruzalarni o'tkazish usullari va shakllari


Download 67.59 Kb.
bet5/9
Sana10.11.2023
Hajmi67.59 Kb.
#1763025
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu fizikadan binarli ma\'ruzalarni tashkil qilish va o\'tkazis-fayllar.org

2.2. Fizikani o'qitishda ma'ruzalarni o'tkazish usullari va shakllari
Muammoli o'qitishda fizika o'qituvchisi murakkab tushunchalarni tushuntirishda muntazam ravishda muammoli vaziyatlar hosil qilib boradi va o'quvchilarning bilish faoli- yatlarini shunday tashkil qiladiki, ular mustaqil ravishda faktlarni tahlil qilib, hodisalarni kuzatib xulosa chiqaradi- lar va umumlashtiradilar, tushuncha va qonunlarni ta'riflaydilar, bilimlarini yangi muammoli vaziyatlarga qo‘llaydilar, masala yechadilar, labarotoriya ishlarini bajaradilar.
Muammoli o'qitish o'quvchilarning fikrlash qobiliyat- larini aktivlashtiruvchi muammoli vaziyat hosil qilish bos- qichidan boshlanadi. Keyingi bosqichlari: muammoni aniq- lash, uni hal qilish usullarini aniqlash, muammoni hal qi- lish, xulosani ta'riflash va yakun yasashdan iborat.
Muammoli vaziyat qiyinligi o‘quvchilar tomonidan uni hal etishga kuchlari yetadigan bo'lsin va bu qiyinchilikni yengishga ularda qiziqish uyg‘ota olsin. Masalan, kutilmagan muammoli vaziyatlarni quyidagicha hosil qilish mumkin: is- siq xonada efirni bug‘latib suvni muzlatamiz (bug‘Ianish ho- disasi), kuchli bo'ronda uyning tomi ajrab yuqoriga ko‘tarilib ketishi (Bernulli qonuni). Bularni fizika nuqtayi nazaridan qanday tushuntiriladi?
Muammoli o'qitish bir necha xil bo‘lishi mumkin.
  1. O‘qituvchi muammoni o'rtaga qo‘yib, uni o‘zi hal qiladi yoki u fanda qanday qilinganini ko'rsatadi (muammo- li bayon qilish).


  2. O‘qituvchi muammoli vaziyatni hosil qilib, uni hal qilishga o‘quvchilarni ham jalb qilib boradi (evristik suhbat).


  3. 0‘qituvchi muammoni ta'riflab, uni hal etishni o‘quv- chilaming o'zlariga tavsiya etadi (eksperimental masala, uy vazifasi va kuzatish ko'rinishida).


  4. O‘qituvchi muammoni o‘quvchilarning o‘zlari qo‘yish- lariga va uni hal etish yo‘llarini topishga undaydi.


Endi muammoli vaziyatlarni hosil qilish yo‘llarini ko‘rib chiqaylik.




  1. O‘rganiladigan hodisaning fan, texnika va hayotdagi ahamiyatini ochish orqali muammoli vaziyat hosil qilish. O‘rganiladigan materialning texnika va hayotda qo‘llanilishini juda ko‘p mavzularda aytib, o‘quvchilarning fikrlashlarini faollashtirishga imkoniyat juda katta, chunki fizika texnikaning asosini tashkil qiladi. Shuni ham aytish kerakki, o‘quv- chilar teleko‘rsatuvlardan, ommabop kino va adabiyot- lardan, radiodan va h.k. dan ko‘plab axborotlar oladilar. Shu- ning uchun o‘quvchilarga ular eshitgan texnika va boshqa yutuqlarining mohiyatini o‘rganiladigan hodisa orqali bilish va ochib berish mumkinligini aytib, unga o‘quvchilar e’tiborini jalb qilish lozim. Buni misolda ko‘raylik.
  1. Mexanikaning asosiy masalasi harakatdagi jismning ixti- yoriy paytdagi holatini aniqlashdan iborat ekani, mexanika uni hal qilishini aytib, buning texnikadagi ahamiyatiga to‘xtalamiz. Bu asosiy masala snaryadlarning, ballistik rake- talaming, uchuvchisiz samolyotlaming, sun’iy yo‘ldoshlaming trayektoriyalarini hisoblashda zamrligini, bu usulda juda katta aniqlikda hisoblanayotgani, yer yo‘ldoshlari aniq trayektoriyalarda uchayotgani («Venera»,»Mars»), kosmik kemalar o‘zaro va stansiyalarga aniq biriktirilayotganini aytib, uning ahamiyati qanchalik kattaligini uqtiramiz.


  2. Suyuqliklarda elektr tokini o‘rganishda muhim texnik masalaning hal qilinishi, ya'ni toza mis va boshqa metallar- ning olinishida, qoplash ishlarida ahamiyati kattaligi aytib o‘tiladi.


  3. Fotoeffektni o‘tishda televideniye, tasmaga tovushni yozish va eshittirish, quyosh batareyallarida fotoeffektning ahamiyatini aytib, yer sun'iy yo‘ldoshlarida quyosh batare- yalari o‘rnatilgani, yengil bo‘lishi, apparatlarning elektr energiya bilan ta'minlanishi, lunaxod 1 yil davomida elektr energiya bilan ta'minlangani aytib o‘tiladi.


  4. Amper, Lorens kuchlarini o‘tishda dvigatellarning, tezlatgichlarning ishlashidagi ahamiyatiga to‘xtalamiz.


Bu usullar o‘rganiladigan mavzularni hayot bilan bog‘laydi< ahamiyatini ko‘rsatib beradi. Mavzuni o‘tib bo‘lgandan keyin uni texnikadagi mohiyatini ochib berishga yana bir to‘xtalib o‘tish o‘quvchilar diqqatini unga jalb qi- ladi.





  1. Download 67.59 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling