Mavzu: Flotatsion reagentlar va ularning tasnifi


Yirik zarrachali mahsulotni flotatsiyalash


Download 312 Kb.
bet2/9
Sana14.05.2023
Hajmi312 Kb.
#1458080
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ruda

Yirik zarrachali mahsulotni flotatsiyalash. Odatda, flotatsiyalanuvchi minerallar yirikligining yuqori chegarasi 0,5 mm ni tashkil qiladi. Agar bo'tanani mashinaga berishdan oldin aeratsiyalansa va havo bilan to'yintirilsa, flotatsiyalanuvchi zarrachalar o'lchamini I mm gacha ko'tarish mumkin.
Ultraflotatsiya usuli — yanchilgan mineral-tashuvchi yuzasiga flotatsiyalanuvchi mineral mayin shlamlarining tanlab yopishishiga asoslashgan. Mineral-tashuvchining yuzasi flotoreagentlar yordamida gidrofob qilinadi. Tashuvchi sifatida barit, dala shpati, ohaktosh, ba'zan esa flotatsiyalanuvchi mineralning nisbatan yirikroq fraksiyasi ishlatiladi. Tashuvchi mineralning yuklangan zarrachalari havo pufakchalariga shlamlarga nisbatan osonroq yopishadi va bu yanchishda oson shlamlanuvchi rudalarni ham boyitishga imkon beradi. Mineral-tashuvchilar flotatsiya yoki boshqa usullar bilan amalga oshiriladi.
Ionli flotatsiyada ko'pikli flotatsiya prinsiplari suvli eritmalarda molekula yoki ion holida joylashgan sirt aktiv moddalarni ajratishda ishlatiladi. Buning uchun eritma ustidan gaz pufakchalarining oqimi o'tkaziladi va hosil bo'lgan ko'pik ajratib olinadi. Ionli flotatsiyani eritmadagi qimmatbaho komponentning miqdori juda kichik bo'lganda, shuningdek, suvni sirt aktiv moddalardan tozalashda ishlatiladi.
Flokular flotatsiya — bu minerallashgan havo pufakchalariga alohida zarrachalarning emas, balki zarrachalar guruhining birikil), agregat holidagi ko'pik hosil qilish bilan boradigan flotatsiya turidir. Flotatsiyada flokula hosil qilish uchun ma'lum sharoitlar yaratiladi.
Flotatsiya jarayoni boshqa boyitish jarayonlari bilan birgalikda ham qo'llanilishi mumkin. Masalan, flotogravitatsiya — bir vaqtning o'zida konsentratsion stolda va flotatsiya usulida boyitish. Flotocho'ktirish — cho'ktirish mashinalarida flotatsiya reagentlarini qo'llab boyitishdir.
1. Flotogravitatsiya. Flotogravitatsiyaning mohiyati boyitishning flotatsiya va gravitatsiya usullarini birlashtirishdan iborat. Flotogravitatsiya odatdagi konsentratsion stol yoki vintli separatorlarda amalga oshiriladi. Flotogravitatsiya birinchi marta volframli va qalayli boyitmalarni tozalash maqsadida ishlatilgan. Bu usulning afzalligi shundaki, unda bir xil zichlikka ega minerallarni ham ajratish mumkin. Ajratiladigan mineral zarrachalarning o'lchami 3 mm ga yetadi. Flotogravitatsiya mahsulotlariga ajraluvchi dastlabki ruda minerallarining gidrofobligini oshirish uchun flotoreagentlar bilan ishlanadi. Stol yuzasida harakatlanganda flotoreagentlar bilan ishlangan minerallar yuzaga qalqib chiqadi va suv bilan yuvilib tushadi. Gidrofil minerallar stol yuzasida harakatlanib, odatdagi gravitatsiya usulida ajratiladi.Flotatsion reagentlar deb, flotatsiya jarayonini boshqarish va tartibga keltirish maqsadida bo'tanaga kiritiladigan kimyoviy moddalarga aytiladi. Ular minerallarni tanlab flotatsiyalanishi uchun sharoit yaratadi, ya'ni foydali minerallarni puch tog' jinslaridan va bir-biridan ajratish uchun hamda flotatsiyalanuvchi mineral zarrachalarni yuqoriga ko'tarib olib chiquvchi mustahkam havo pufaldari bilan to'yinishini ta'minlaydi.
Hozirgi vaqtda foydali qazilmalarni flotatsiyalashda ishlatiladigan flotatsion reagentlarning turlari xilma-xildir. Ularning orasida organik va noorganik moddalar, suvda yaxshi eriydigan va amalda erimaydigan tabiiy va sintetik birikmalar uchraydi.
Flotatsion reagentlar ishlatish vazifasiga qarab shartli ravishda 5 guruhga bo'linadi: to'plovchilar, ko'pik hosil qiluvchilar, so'ndiruvchilar, faollashtiruvchi va muhitning boshqaruvchilari. Flotoreagentlarning oxirgi uch guruhi umumiy nom bilan modifikatorlar deb birlashtiriladi.

Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling