Mavzu: Flotatsion reagentlar va ularning tasnifi


Download 312 Kb.
bet8/9
Sana14.05.2023
Hajmi312 Kb.
#1458080
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ruda

5. Faollashtiruvchilar mineral zarracha-suv ajralish chegarasida ta'sir etadi. Ular minerallarning flotatsiyalanish xususiyatini yaxshilash uchun qo'llaniladi. Faollashtiruvchilar to'plovchini mineralga bog'lanishiga imkoniyat yaratadi. Faollashtiruvchilarning ta'siri mineral zarracha yuzasida to g plovchi oson adsorbsiyalana digan parda hosil qilishi yoki mineral zarrachadan so'ndiruvchini chetlashtirishidadir. To g plovchi lo g g e ridan lo g g'ri ta'sirlashmaydigan yoki kuchsiz ta'sirlashadigan minerallarning flotatsiyasida mineral zarracha yuzasi Caollashtiruvchi parda bilan qoplanadi. So'ndiruvchi pardasining erishi so'ndiruvchining ta'sirini yo'qotish kerak bo'lganda amalga oshiriladi.
Flotatsiya amaliyotida faollashtiruvchilar sifatida mis kuporosi (CuS04 5H20), sulfat kislota H2S04, eruvchi sulfidlar (ko'pincha Na2S) va kislorod ishlatiladi.
Mis kuporosi sfaleritni faollashtirish uchun ishlatiladi. Uning faollashtiruvchi xususiyati shundan iboratki, agar sfalerit so'ndirilgan bo'lsa, u sianidni bog'laydi va sfalerit yuzasida sfalerit bilan mustahkam bog'langan mis sulfidini hosil qiladi. Ksantogenat mis sulfidi pardasida sfaleritning tabiiy yuzasidagiga nisbatan mustahkamroq bog'lanadi. Mis kuporosi pirit va pirrotinni kuchsizroq faollashtiradi.
Sulfat kislota pirit va pirrotinni faollashtirish uchun ishlatiladi. Faollashtirish mineral zarracha yuzasidagi temir gidroksidi pardasini eritishdan iborat bo'lib, buning natijasida mineral flotatsion qobiliyatini tiklaydi.
Natriy sulfidi rangli metallar oksidli minerallarini sulfidlashtirishda ishlatiladi. Bunda mineral zarracha yuzasida oksid parda hosil bo'ladi. Bo'tanada mineral parda bilan ta'sirlashish va kislorod bilan oksidlanish natijasida erkin sulfid ionlarining soni astasekin kamayib boradi va ular yo'qolishi bilan ksantogenatni oksid parda yuzasida hosil bo'lgan sulfid parda yuzasida adsorbsiyalanishiga imkoniyat tug'iladi. Shu paytda oksidlangan minerallar yaxshi flotatsiyalanadi. Keyinchalik, sulfid parda oksidlanadi va unga mahkamlangan ksantogenat bilan birgalikda qatqat bo'lib ko'chadi hamda flotatsiya to'xtaydi. Flotatsiyani qayta tiklash uchun qayta sulfidlash amalga oshiriladi.
Havo kislorodi sulfidli minerallar yuzasini va bo'tanadagi erkin sulfid ionlarini oksidlash natijasida faollashtiradi. Sulfidli minerallar yuzasining qattiq oksidlanib ketishi ham zararli, chunki bunda to'plovchining sarfi ortib ketadi.

Download 312 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling