Mavzu: foiz risklarining iqtisodiy mohiyati va uni yuzaga kelish sabablari


Download 20.81 Kb.
bet2/8
Sana25.02.2023
Hajmi20.81 Kb.
#1230468
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mavzuuuuuu

Chunki bunday o‟zgaruvchan holatlar bank faoliyati davomida yuqori risk qilishga olib keladi. Zamonaviy bank tizimini risksiz tasavvur qilib bo‟lmaydi. Bankning risksiz operatsiyasi yo‟q, uning barcha operatsiylari risk bilan bog‟liq bo‟lib, ularning darajasi operatsiya turiga qarab har xil bo‟lishi mumkin. Binobarin, bank amaliyotida riskni umuman yo‟q qilish mumkin emasligi bois, uni oldindan ko‟ra bilish, uni kamaytirish choralarini ko‟rish lozim.

Har qanday iqtisodiy faoliyat foyda olishga qaratilganidek tijorat banklari faoliyatida ko‟zlangan natija - bu birinchi navbatda foyda olishdir. U risk bilan bog‟liq bo‟ladi. Shu tufayli tijorat banklari oldida turgan birinchi masala – bu risk va foydalilik o‟rtasidagi optimal darajaga erishishdir. O‟zbekistonda bozor munosabatlari tamoyillarining amal qilishi tijorat banklaridan o‟z faoliyatlari bilan bog‟liq risklarni boshqa xo‟jalik sub‟ektlariga nisbatan ko‟proq o‟rganishlarini talab etadi. Chunki, tijorat banklari o‟z faoliyati bilan bir tomondan, o‟z aksiyadorlari oldida javobgar bo‟lsalar, ikkinchi tomondan, o‟z mablag‟larini ishonib topshirgan va bank xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlar oldida majburiyatga egadirlar.

Risk – faoliyat yuritish davomida turli xil omillarning o‟zgarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‟lgan xatar yoki xatarlar majmuasidir.

Risk – faoliyat yuritish davomida turli xil omillarning o‟zgarishi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‟lgan xatar yoki xatarlar majmuasidir.

Har qanday iqtisodiy sub‟ekt faoliyat yurgizar ekan, u risk bilan to‟qnash keladi. Bu risk har qanday vaqt va sharoitda yuzaga kelishi mumkin. Bu riskdan qo‟rqmay, uni boshqarib daromadni ko‟paytirish har bir sub‟ektning maqsadi va vazifasi hisoblanadi. Shunday ekan risklarni o‟rganish, ularni kelib chiqish sabablarini aniqlash va boshqarish metodlarini o‟rganish iqtisodchilarning vazifasi hisoblanadi.

Bank risklari to‟g‟risida iqtisodchi olimlarning fikrlari xilma-xil bo‟lib, ular bu tushunchaning mohiyatini turlicha talqin qilayotirlar. Buning sababi shundaki, risk keng ma‟noli, faoliyatning, jarayonlarning turli bosqichlarida uchrab turuvchi ko‟p qirrali tushunchadir.


Download 20.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling