Mavzu: Folklor va badiiy adabiyot munosabatlari. Folklorizm tushunchasi. Individual ijodkorning xalq og'zaki ijodidan foydalanish mahorati


Download 1.54 Mb.
bet2/4
Sana05.04.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1273494
1   2   3   4
Bog'liq
Folklor va badiiy adabiyot munosabatlari.Folklorizm tushunchasi. Individual ijodkorning xalq og\'zaki ijodidan foydalanish mahorati.

Folklorshunoslik - xalq ijodi haqidagi fan. F. turli davrlarda va turli mamlakatlarda etnografiya, adabiyotshunoslik, musiqashunoslik, antropologiya va sotsiologiyaning bir qismi sifatida qaralib kelgan. Keyinchalik xalq sanʼatini (xalq ogʻzaki ijodi, musiqa folklori, raqsi, teatri, sirki kabi) oʻrganuvchi mustaqil va maxsus fan sifatida rivojlanadi. Filologiya va sanʼatshunoslik fanlari bilan uzviy bogʻliqdir. F.ning asoslari qad. dunyo estetik tafakkuriga borib taqaladi. Kad. dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urfodat va marosimlar haqidagi qaydlari, yozuvchi va bastakorlarning folklor toʻgʻrisidagi dastlabki fikrlari F. uchun muhimdir. Turkiy xalklarda folklor materiallarini yozib olish boʻyicha dastlabki tajribalar 11 a.dan boshlab koʻzga tashlanadi (Maxmud Koshgʻariynit "Devonu lugʻotit turk" asaridagi folklor materiallari). Shu bilan birga, yozuvchi va shoirlar tomonidan ertaklar, miflar, afsona va rivoyatlarni qayta ishlash jarayoni ham boshlandi.

19-asr oʻrtalaridan boshlab folklorni ilmiy prinsiplar asosida toʻplash va nashr etishning yanada kuchayishi F.da yangi yoʻnalish — "sayyor syujetlar" nazariyasini yuzaga keltirdi. Bu nazariya tarafdorlari oʻxshash syujet, motiv va obrazlardagi murakkab jarayonlarni hisobga olmay, ularni bir xalqdan ikkinchi xalqning shunchaki oʻzlashtirishi, deb talqin qildilar. Antropologik maktab tarafdorlari esa, xalq ijodidagi oʻxshash hodisalarni turli millat va irklarning umumiyligi bilan izohlamoqchi boʻldilar

Ijtimoiy hodisalarni bunday biologik qonunlar asosida tushuntirishga urinish hozirgi zamon F.da turlituman oqimlarni (freydizm, neomifologizm vab.) yuzaga keltirdi. Folklorni xalq tarixi bilan bogʻliq holda oʻrganishda tarixiy maktab vakillari katta ishlar qildilar. Folklor asarlari syujetlarining tarixiygeografik tarkalish arealini belgilash, ularni tasniflash, sistemaga solish va kataloglashtirishda fin maktabi vakillari ham birmuncha yutuklarga erishdilar. Hozirgi paytda dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridagi tegishli intlarda folklor sektorlari mavjud. Shuningdek, turli mamlakatlarda xalqaro yoki muayyan mintaqa boʻyicha har xil jamiyatlar ham bor. Mas, YUNESKO quzuridagi Etnologiya va folklor xalkaro jamiyati, Xalq musiqasi xalqaro kengashi, Folklor oʻrtoklik jamiyati kabilar shunday ilmiy tashkilotlardir.


Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling