Mavzu: fonetika, leksikologiya,morfologiya,grafika,sintaksiz bo‘limlariga oid mashg’ulotlarni o‘rganish. Reja
Download 70 Kb.
|
Mavzu № fonetika, leksikologiya bo‘limlariga oid mashg’ulotlarn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
MAVZU: FONETIKA, LEKSIKOLOGIYA,MORFOLOGIYA,GRAFIKA,SINTAKSIZ BO‘LIMLARIGA OID MASHG’ULOTLARNI O‘RGANISH. REJA: Nutq tovushlari va harf haqida. Talaffuz va imlo me’yorlari. Bo‘g’in va urg’u haqida ma’lumot. Bir ma’noli va ko‘p ma’noli so‘zlar. So‘zning ma’no jihatidan turlari. O‘zbek tili leksikasining boyish manbalari. Atamalar va lug’at turlari haqida. Adabiyotlar: 1. Abdulahatova R, Yusupova T, Dosanov K “Til ta’limida uzviylik va uzluksizlik” Toshkent 2008 yil. 2. Asqarova M va boshqalar “O‘zbek tili praktikumi” Toshkent 2006 yil (lotin). 3. Almamatov T, Yodgorov Q, Pochayeva G “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi” (metodik qo‘llanma) Jizzax – 2006 yil (lotin). 4. Ahmedov S., Qosimov B., Qo‘chqorov R., Rizayev Sh. 5-sinf adabiyot darsligi.,. “Sharq” nashriyoti Toshkent 2007 yil. Fonetika bo‘limini o‘rganish uchun 50 soat dars soati berilgan bo‘lib, shundan 3 soat mustahkmlash va 4 soat takrorlash uchun mashg’ulotlar berilgan. Fonetika grafika bo‘limi bilan uzviy bog’liq bo‘lganligi uchun darslikda ham ikki bo‘lim bir-biriga solishtirish asosida berilgan. Bo‘lim boshida tilshunoslik va uning bo‘limlari haqida qoidalar berilgan. Tilning ichki tuzilishidan qaysisini o‘rganishga ko‘ra tilshunoslik fani bir necha bo‘limlarga bo‘linadi. Tilning tovush tuzilishi fonetika bo‘limida, harflar tizimi esa grafika bo‘limida o‘rganiladi. So‘z va uning ma’nolari leksikologiya bo‘limida, so‘z turkumlari morfologiya bo‘limida, gap va gapda so‘zlarning bog’lanishi sintaksis bo‘limida o‘rganiladi. Og’zaki nutqning eng kichik, boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan qismi nutq tovushi deyiladi. Tovushning yozuvdagi ifodasi harf deyiladi. Tovushlar nutq a’zolari orqali hosil qilinadi, nutq tovushlari nutq a’zolarining qayerida paydo bo‘lishiga qarab turlarga bo‘linadi: lab tovushlari, til tovushlari, burun tovushlari, bo‘g’iz tovushi. Fonetika va grafika bo‘limini solishtirib o‘rganishda talaffuzi a imlosi har xil bo‘lgan, ya’ni aytilishi bilan yozilishi orasida farq bo‘lgan tovushlarni o‘rganish katta ahamiyatga ega. Chunki mustaqil yozma ishlar yozishda o‘quvchilar yuqoridagi tovushlar bilan so‘zlar xato yozish hollari ko‘p uchraydi. Masalan, b jarangli tovush p jarangsiz tovush kabi, d – t kabi talaffuz qilinganda noto‘g’ri yozib qo‘yishi mumkin. Boring, farzant kabi. Fonetika bo‘limida shu bilan birga yangi o‘zbek alifbosi, talaffuz va imlo me’yorlari, ayrim unlilar va undoshlar talaffuzi va imlosi, qush undoshlar va tutuq belgisining ishlatilishi kabi, shuningdek, urg’u va bo‘g’in haqida ma’lumotlar berib o‘tilgan, shunga mos ravishda mashq va topshiriqlar havola eting. Bo‘g’inga ajratish va bo‘g’in ko‘chirish tushunchlarning farqli tomonlarini sodda mashqlar orqali tushuntirilgan. Talabalar darslik bilan ishlaganda undagi mavzuga oid mashqlarning barchasini o‘rganib, berilgan topshiriqlar ustida ishlab chiqishi lozim. Chunki sodda ko‘ringan ayrim mashqlarni tushuntirish murakkab bo‘lishi, uni hamma talabalar ham baravar birdek to‘g’ri tushunmasligi mumkin. Bo‘lim oxirida test ustida ishlash va nazorat diktanti olish kabi topshiriq bilan yakunlanadi. Download 70 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling